O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Arab, fors-tojik tillaridan qilingan tarjimalar orqali o„zbek
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
9.2. Arab, fors-tojik tillaridan qilingan tarjimalar orqali o„zbek
tiliga kirgan so„z va terminlar VII asrda O„rta Osiyoni zabt qilgan arab istilochilari o„z dini, o„z madaniyati va tilini O„rta Osiyo xalqlariga zo„rlab qabul qildirishga urindilar. Islom dini – hukmron din, “Qur‟on” – xudo osmondan tu- shirgan kitob, arab tili esa muqaddas til deb da‟vat qilindi. Ko„p asrlargacha arab tili O„rta Osiyoda, jumladan hozirgi O„zbekiston Respublikasi hududida ham mahkama tili, ham adabiy til bo„lib qoldi. Qadim zamonlardan beri o„zbek xalqi qo„shni xalqlar, ayniqsa forslar va tojik xalqi bilan o„zaro munosabatlarda bo„lib keldi. Ular- ning juda ko„p sozlari o„zbek tiliga kirib keldi. Buning ustiga, IX-X asrlarda O„rta Osiyoning arab hukmroligidan chiqishi va somoniylar davrida fors tilining adabiy til bo„lib qolishi bu jarayonni tezlashtirdi. Arab va fors so„zlarining o„zbek tiliga kirib kelishida tarjimonlar ham katta hissa qo„shdilar. Bundan olti asr ilgari Qutb Xorazmiy tarjima qilgan “Xusrav va Shirin” dostonida arabcha, forscha so„zlar juda ko„p ishlatilganki, ularning aksariyati hozir o„z so„zlarimiz bo„lib 1 Юсуф ва Зулайхо, инв, № 809-1, 144-варақ. 101 ketgan. Masalan, “nazm”, “asr”, “kitob”, “farmon”, “jahon”, “xur- ram”, “ishq”, “doston”, “san‟at”, “ta‟lim”, “munavvar”, “jamol”, “haq”, “xushnud”, “maqsud”, “dil” va boshqalar. Shoir Qutb yuksak badiiy nafosat va musiqiy lavhalar yaratishda bu so„zlarni o„z o„rnida, ustalik bilan ishlatgan. Sulton, farmon: Bo„yum shahring„a ko„nglum erdi sulton, Jonim andin qabul qildi bu farmon. Jahon, xurram, ishq, bo„ston: Jahon bo„stoni qayda bo„ldi xurram, Bor ersa ishqing emdi so„zla san ham. San‟at, ta‟lim: Qilib ko„rgazdi ul tosh uzra san‟at, Ta‟lim emgandi qildi ko„rkli surat. Sabr, jahl, dil: Ayitti: Sabrsizluq jahl erur, bil, Aytti: Sabr qilmoqqa kerak dil. XIV asrda yashab ijod etgan Sayf Saroyi “Guliston” asarini tar- jima qilarkan, u ham “ash‟or”, “ta‟rif”, “qanoat”, “tarbiya”, “suhbat”, “odob”, “sohib jamol”, “ustod”, “tasvir”, “ne‟mat”, “quvvat”, “zafar”, “vafo”, “oqibat” va boshqa shu kabi arabcha, forscha so„zlardan barakali foydalandi. Ash‟or: Kimi o„zganing ash‟orin menim der, Kim hayvon kibi shalg„am cho„pin yer. Ma‟ni, lafz, vazn, san‟at: Kimi ma‟ni ko„rub, lafzin tuzotur, Kimi vaznin buzub, san‟at kuzotur. Adab: “Luqmoni hakimdan so„rdilar: “Adabni kimdan o„rgan- ding?” Aytti: “Adabsizlardan”. Qutb Xorazmiy, Sayf Saroyi, Haydar Xorazmiylar arab, fors so„z- larini o„rinsiz ishlatmadilar, ular ma‟lum bir me‟yorda, ko„p hollarda ayni so„zning ekvivalenti o„zbek tilida bo„lmagan taqdirda, xalqqa qanchalik tushunarli bo„lishini hisobga olgan holda, o„z tarjimalarida ishlatdilar. Masalan, Haydar Xorazmiy o„z tarjimasida ishlatgan arab- cha, forscha so„zlarning hozirgi zamonimizda ham, aynan o„sha ma‟noda qo„llanayotganini ko„ramiz. Masalan “oqil”, “gavhar”, “ganj”, “ranj”, “meros”, “ayol”, “pisand”, “ma‟ni” va b. Guhar: Ulki bilur so„z guhari qiymatin, So„zda topar so„zlaguchining otin. 102 Qalam, qadam: Men bitgan xat bila yo„ng„il qalam, Men yurgan yo„l bilaqo„yg„il qadam. Ma‟ni, yorliq, farmon: Shayx Nizomiy damidin jon topib, Ma‟nisidin yorliqu farmon topib. Alisher Navoiy arab tiliga juda katta baho berib, shunday deb yoz- gan edi: “Barchasidin arab tili fasohat oyini bila mumtoz va balog„at taz‟yini bila mo„jiza tirozdurkim, hech takallum ahlining munda da‟vosi yo„qtur” 1 (“Bu tillarning barchasidan arab tili nafislik bilan ajralgan va badiiylik bezagi bilan mo„jiza ko„rsatuvchandirki, bunda hech bir til ahllarining da‟vosi yo„q”) 2 . Navoiy o„zining prozaik asarlarida arabcha, forscha ayrim so„z- larnigina emas, balki iboralarni ham keng qo„llaydi. Masalan: “Yana bu faqirning piri va ustozi va tariqat ahlining sohibi irshodi, jami‟ ahlulloning muqtado va shayxul-islomi hazrati mahdumiy nurul- millati vad-din Mavlono Abdurahmon Jomiy qaddasa sirrahuning ruhparvar latoyifi va ruh gustar zaroyifikim, andin har g„azal kal- vahyil - munzal va har risola kal-ahodisin nabiyil mursal oliy shon va rafi‟ makondur kim, alardin har lafz qiymatda durri samindin abdor- roq va hirqatda la‟li otashindin barq kirdorroq. Va ikkalasi mazkur bo„lg„on aziz kalomi mo„jiz nizomidin anda chashni va nasib va o„z ishq va kamoloti va nihoti holati munga izofaki, hozo shay‟un ajib! Barchasig„a ko„p qatla o„tubmen, balki ko„pin yod tutubmen, va qaso- yid va g„azaliyotlarining g„arib va latofatin bilibmen, balki g„aribroq va latifroqlarig„a tatabbu„dag„i qilibmen” 3 (“Yana bu faqirning piri va ustozi, tariqat ahlining to„g„ri yo„l ko„rsatuvchisi, xudoga yaqinlarning yo„l boshlovchisi va Shayxul-islomi hazrati mahdum-din va millat- ning nuri Mavlono Abdurahmon Jomiyning ruhparvar latifalarini va jon bag„ishlovchi asarlarini o„qig„anman, u kishining har bir g„azali xudodan kelgan vahiydek va har bir risolasi payg„ambarning hadisi- dek yuqori darajali va yuksak o„rinlidir. Har so„zi qiymatda asl marva- 1 Alisher Navoiy. Muhokamatul-luqatain. O„z, Goslitizdat. –Toshkent, 1940. – B.16. 2 Misollar “Muhokamat ul-lug„atayn”ning Porso Shamsiyev tomonidan soddalashtirilgan matnidan olingan. 3 Alisher Navoiy. Muhokamatul-luqatain. –B.31-32. 103 riddan yuksakroq va toblanishida o„tli la‟ldan ko„ra yonuvchanroqdir, bunda yuqorida mazkur bo„lgan ikki azizning mo„jizali so„zidan ta‟m va bahra bor, bunga o„zining ishq yetukligi hamda yetishgan kayfiyati qo„shiladiki, bu juda qiziq narsa! Mana shularning barchasini ko„p qatla o„qib o„tganman, balki ko„pini yodlaganman, qasida va g„azalla- rining nozik nuqtalari bilganman. Balki qiziqroq va nozikroqlari usti- da tekshirishlar qilganman”). Shuni aytish kerakki, arab, fors so„zlarining oz yoki ko„p ishlatili- shi o„sha asarning xarakteriga va janriga ham bog„liq bo„lgan. Ayrim olimlar arab, fors, rus va boshqa tillardan kirgan so„zlarni tilimiz tarkibidan chiqarish, faqat turkiy leksikani qoldirish va shu bilan til “sof”ligini saqlash kabi puristik g„oyani targ„ib qildilar. Hoji Mo„in “Oina” jurnalida “Til birlashtirmoq haqida” degan maqolasida: “Mumkin qadar ajnabiy so„zlardan tilni soflandurmoq ham til birlashdurarga xeyli yordam beradur”, – deb yozgan edi. Ayrimlar iste‟moldan allaqachon chiqib ketgan eski turkiy so„zlarni adabiy tilga kiritishga urindilar va xalq tiliga singib, fuqarolik huqu- qini olgan arab, fors so„zlarini chiqarib tashlamoqchi bo„lganlar. Masalan, “dunyo” so„zi o„rniga “ochun”, “kitob” o„rniga “bitik”, “mushkul” o„rniga “chetin” so„zini olishni va shu tariqa boshqa so„z- larni ham qadimiy “chig„atoy tili”dagi so„zlar bilan almashtirishni tar- g„ib qildilar. Ular arab, fors so„zlarigagina qarshi bo„lib qolmay, rus va internasional so„zlarga ham qarshi kurash ochdilar. Ular “samovar” o„rniga “o„zi qaynar”, “samolyot” – “o„zi uchar”, “poezd” – “otash arava”, “velosiped” – “shayton arava” va hokazolarni taklif qildilar. Albatta, har bir tilning o„ziga yarasha normalari bor. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling