O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Maqol, matal va frazeologik iboralar tarjimasi tarixidan
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
9.4. Maqol, matal va frazeologik iboralar tarjimasi tarixidan Maqol, matal, hikmatli so„zlar va idiomatik ta‟birlarni tarjima qi- lish qiyin ish, chunki ular har bir tilning o„ziga xos xususiyatlarini o„zida aks ettiradi. Bunday xususiyatlarni boshqa til vositalari bilan ifodalash oson emas, albatta. Xalq maqol va matallari til xazinasidir. Maqol haqida xalqning o„zi yaxshi maqol to„qigan: “So„z ko„rki – maqol”, “Otalar so„zi – aqlning ko„zi”, “Yaxshi naql – tomiri aql”. Frazeologizmlarni tarjima qilish masalasi keyingi yillarda tarjima nazariyasiga doir bir qancha asarlarda ancha mukammal ishlandi. Chunonchi, G„.Salomov o„zining «Maqol va idiomalar tarjimasi» 1 nomli kitobida hamda shu mavzuda yozilgan dissertatsion ishida ma- 1 Саломов Ғ. Рус тилидан ўзбекчага мақол, матал ва идиомаларни таржима қилиш масаласига доир. –Тошкент: Ўзбекистон Фанлар академияси нашриѐти, 1961. 106 qol, matal va idiomalarga ta‟rif bergan, ularning bir-biridan farq qiluv- chi tomonlarini ko„rsatgan hamda frazeologizmlarni rus tilidan o„z- bekchaga ag„darish prinsiplarini ishlab chiqqan. Biz bu o„rinda maqol va matallarni tarjima qilish masalasini tari- xiy aspektda olib qaraymiz hamda arab va fors-tojik tillaridan tarjima qilingan asarlar materiali asosida bu muammoga yondashamiz. Shayx Sa‟diyning “Guliston” dostonida maqol, matal va aforizm- lar juda serob, umuman bu kitobning turgan-bitgani hikmatdan iborat. Bularni Sayf Saroyi ham, Ogahiy ham o„zlariga xos uslub va maroq bilan o„zbek tiliga ag„darganlar. So„zimiz dalili uchun “Guliston”dan bir necha misol keltiramiz: Shayx Sa‟diyda: “Luqmonro guftand ki: Adabro az ki omuxti? Guft: Az be adabon, har chi az ishon dar nazaram omad, az fe‟li on parhez kardam”. Sayf Saroyida: “Luqmoni hakimdan so„radilar: Adabni kimdan o„rganding? Aytti: Adabsizlardan, alarning qaysi harakatlari menga xush kelmadi, ondin ihtiroz qildim”. Ogahiy tarjimasidan misollar: Andoqkim, xiradmandlar aytibdurlar: maslahatomiz yolg„on so„z fitna angiz rost so„zdan yaxshiroqdir 1 Parhezgor bo„lmag„on olim mash‟alador bo„lg„on ko„rdur o„zgani yo„lg„a solur, o„zi yo„ldin qolur. Bayt: Ilmdin har kishiki olmadi kom, Bir mato„ olmay etdi zarin tamom. 2 Nizomiy Ganjaviyning hikmatli so„zlar to„la dostoni “Mahzan ul- asror”ni o„zbek tiliga tarjima qilgan Haydar Xorazmiy avlodlar uchun ajoyib bir yodgorlik qoldirdi. Haydar Xorazmiy tarjima qilgan afo- rizmlarni o„qir ekansiz, ularning tarjima ekanligiga ishonmaysiz, go„yo Nizomiy o„zbek tilida yozgan deb o„ylaysiz. Boy daguldur dirami bor esa, Faqir g„anidur karami bor esa. 3 1 Ўзбек адабиѐти. IV том, II китоб. –Б.354. 2 O„sha kitob. –B.370. 3 Ўзбек адабиѐти. I том. –B.207. 107 Bordur-u bermas, ne yedurur, ne yer, O„zi bila go„rgamu eltur, ne der?!! Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling