O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Er kishiga hikmat agar bo„lsa yor, Oqibat ul-amr murodin topor 2
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
1
Er kishiga hikmat agar bo„lsa yor, Oqibat ul-amr murodin topor 2 . Tarjima asarlarida kuzatilgan maqol va aforizmlar bilan o„zbek xalq maqollari va matallari o„rtasida o„xshashlik va yaqinlikni ko„ra- miz. Bu hol xalqlar o„rtasida qadim zamonlardan beri davom etib kel- gan do„stlik va o„zaro munosabatdan dalolat beradi. Masalan, “Do„s- ting uchun zahar yut”, “Do„stingni yomonlagandan qoch”, “Ahmoq do„st yovdan yomon”, “Ahmoq do„stdan aqlli dushman yaxshi”, “Haq joyiga qaror topar” va h. Xalq ichida keng tarqalgan “Kalila va Dimna”, “Alf layla va layla” (“Ming bir kecha”), “Chor darvesh” va boshqa badiiy tarjima asarlarda hikmatli so„zlar ko„pincha nazm bilan tarjima qilingan. “Kalila va Dimna”dan: Qilmag„onni qilsa bo„lur har zamon, Qilg„ondin so„ng pushaymonliq yomon. Do„st yuzluk dushmaningdin nari qoch – O„tdir ul, kuydurmasdin suvni soch 3 “Chor darvesh”dan: Rostliq keltur – topormushsan najot, Rostliq bir chashmai obi hayot 4 Ba‟zi bir aforizmlar aynan o„ziday tarjimasiz qoldirilib, keyingi satrda uning ma‟nosi talqin qilib berilgan. Masalan, “To„tinoma”dan ba‟zi bir misollar: Chunonchi, donolar aytibdurlarkim: Bayt: Kunad hamjins bo hamjins parvoz, Qabutar bo kabutar, boz bo boz. 1 O„sha kitob. –B.208. 2 O„sha kitob. –B.209. 3 O„sha kitob. IV tom, II kitob. –B.232. 4 O„sha kitob. –B.308. 108 Maymunning g„arazi bu erdiki, bu ikki jonivor (kabutar – J.Sh) bir yerda bo„lsa, bir-biri birla suhbat qilub, xursand va masrur bo„lg„aylar. 1 Biz quyida fors adabiyoti klassigi Shayx Muslihiddin Sa‟diy Sheroziyning pand va nasihat to„la, hikmatli so„zlar majmuidan iborat “Rahimo tarjimai Karimo” degan asarining Sirojiddin Mahdum Shav- kat tomonidan qilingan tarjimasi xususida ikki og„iz so„z aytmoqchi- miz. Asar “kirish” va “xotima” va 21 bobdan iborat. 1. Qaramning madhi bayonida. 2. Saxovatning sifoti bayonida. 3. Baxilning mazammati bayonida. 4. Tavozu‟ning sifoti bayonida. 5. Takabburning mazammati bayonida. 6. Ilmning fazilati bayonida. 7. Johillarning suhbatidan qochmoq xususida. 8. Adolatning sifoti bayonida. 9. Zolimning mazammati bayonida. 10. Qanoatning sifoti bayonida. 11. Hirsning mazammati bayonida. 12. Ibodatning sifoti bayonida. 13. Shaytonning mazammati bayonida. 14. Muhabbat sharobining bayonida. 15. Vafoning sifoti bayonida. 16. Shukrning fazilati bayonida. 17. Sabrning fazilati bayonida. 18. Rostlikning sifoti bayonida. 19. Yolg„onning mazammati bayonida. 20. Haq taoloning sifoti bayonida. 21. Maxluqotdin umid uzmoq bayonida. Mana shu 21 bobdan to„rt bobi (1, 12, 13, 20-boblar) diniy aqida- larga oid bo„lib, qolgan 17 bobi xulq-atvor, ilm-fan, vafo-muhabbat, adolat va rostlikka oid hikmatli so„zlar, zolim va zulmga qarshi aytil- gan otashin iboralar, avlodlarga foydali o„git-nasihat to„la maqollar- dan iborat bo„lgan boblardir. Tarjimon-shoir har qaysi bobda ko„p falsafiy iboralarga izoh beradi, sharhlar yozadi. Ayniqsa hikmatli so„z- lar tarjimasi diqqatga loyiqdir. 1 Ўзбек адабиѐти. IV том, II китоб. –B.252. 109 Shayx Sa‟diyda: “Baxil, takabburlar haqida: Takabbur makun zinhor, ey pisar, Ki ro„ze zi dastash daroiy basar. Ilm haqida: Mayomuz chuz gar oqili, Ki be ilm bundan buvad chohili. Johillar haqida; Chu chohil kase dar chahon xor nest, Ki nodontar az chohili kor nest. Sabr va qanoat haqida: Saburi turo komroni dihad. Qanoat ba harhol avlotar ast, Qanoat kunad har ki nek axtar ast. Vafo to„g„risida: Magardon zi ko„i vafo ro„y dil, Ki dar ro„y chonon naboshi xijil. Rostlikni sifati bayoni: Bih az rosti dar chahon kori nest, Ki dar gulbuni rosti xori nest. Yolg„onchi va yomonlik haqida: Dug„ur odamiro kunad sharmsor, Durug„ odamiro kunad be viqor. Makun bad ki bad bini az yori nek, Nameruyad az tuxmi bad bori nek.”. Sirojiddin Shavkat tarjimasida: “Takabburdin, albatta, qil o„zni pok, Ki bir kun qo„lidan o„larsen halok. O„qush aylamoq doyim oqil ishi, Ki beilm bo„lmoq – bu johil ishi. Jahonda chu johil kishi xor yo„q, Ki johil kabi bir yomon kor yo„q. Saburiy sening maqsadingni berur, Balovu-alamdan seni qutqarur. Qanoat hama vaqt aro xo„b erur, Qanoat qilur kimki-mahbub erur. O„gurma vafo ko„yidin ro„yi dil, Ki yor oldida bo„lmag„aysan xijil. Go„zal rostdin dunyoda kori yo„q, Ki sadbargida rostning xori yo„q. Durug„ odamini qilur sharmisor, Durug„ odamini qilur be viqor. Yomon bo„lma, ko„rg„ung ziyonini yor, Yomon tuxmidin unmag„ay yaxshi bor.”. Tarjimon Sirojiddin Shavkat ba‟zan Shayx Sa‟diyning baytlarini tarjima qilmay, aynan o„zini qoldirgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling