O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjima


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
10.4. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjima 
Mahalliy  xalq  bilan  rus  yozuvchilari  ijodini  tanishtirish  ishi  bir 
qancha yo„llar bilan olib borildi. Bular rus yozuvchilari haqida maxsus 
maqolalar  yozish,  yubiley  kunlarida  o„tkazilgan  tantanalar,  ularning 
ijodiy  faoliyati  to„g„risida  ma‟ruzalar  o„qish,  axborotlar  yozish,  rus 
yozuvchilarining asarlarini tarjima qilish; badiiy o„qishlar va h. 
1883-yilda “Turkiston viloyati gazeti”da Jukovskiy, A.S.Pushkin, 
N.V.Gogol, I.S.Turgenev haqida ma‟lumot berilib, bu yozuvchilarning 
asarlari  Yevropaning  bir  qancha  tillariga  tarjima  qililgani  bayon  qili-
nadi.  Chunonchi:  “Va  andoq  shoirlar  va  musanniflarning  tasniflarini 
qadrlik tutadirgan o„rusiya xalqigina emas, balki Farangiston mamla-
katlaridagi  odamlar  ham  qadrlik  ko„rib,  o„z  tillariga  tarjima  qilib, 
o„qib, ko„p foyda ko„radilar”, – deb yozadi gazeta”. Matbuot sahifala-
rida rus yozuvchilarining ijodiy faoliyatiga doir bosilib chiqqan maqo-
lalarda  ularning  asarlari  boshqa  tillarga  tarjima  qilinishi  qayd  etilar 
ekan, qissadan hissa chiqarilib, o„zbeklarning ma‟naviy hayotiga doir 
amaliy fikrlar ham aytiladi: 
“Turkiston  viloyati  gazeti”ning  1889-yil,  25-fevral  sonida  bosil-
gan “Fet nomlik rusiya shoirining shoirlik  qilg„anig„a 50 yil to„lgani 


 
118 
xususida qilingan muborakbodlik” degan axborotda shoirning yubileyi 
qanday o„tganligi haqida to„la tafsilot berilgan. 
Rus xalqining genial shoiri A.S.Pushkinning tug„ilganiga 100 yil 
to„lishi  munosabati  bilan  1899-yilda  o„tkazilgan  yubiley  tantanasini 
o„zbek xalqi o„z shoirining bayramiday o„tkazdi. A.S.Pushkinning tar-
jimai holi, ijodiy faoliyati haqida bir qancha maqolalar bosilib chiqdi. 
“Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1899)” nomli maqolada ulug„ 
rus shoirining ijodiga g„oyat yuksak baho berilib, u buyuk Firdavsiyga 
qiyos qilinadi: “Hurmatlik gazet o„quvchilarg„a bayon qilamizki, maz-
kur  Pushkin  shoir  Rusiya  mamlakatlaridagi  bo„lak  shoirlar  orasida 
musulmoniyaning Firdavsiy shoiri qatorida bosh shoir bo„lib, beniho-
yat  yaxshi  mazmunlik  va  ko„p  fosih  alfozlar  bilan  o„zini  devonig„a 
yozib, Rusiya mamlakatlarida emas, va tamomiy Yevropadagi har xil 
xalqlarning  tillariga  va  ham  ba‟zi  Osiyo  iqlimidagi  xalqlarning  tilla-
rig„a,  chunonchi  turk  va  no„g„oy  va  g„ayri  xaloyiqlarning  zabonida 
tarjima qilindi va bul vajdan biz Turkiston viloyatidagi  musulmoniya 
xalqlari uchun o„shal marhum Pushkin shoirning umri xususida gaze-
tamizda bayon qilmoqqa niyat ayladik”. 
XX asrning 20-yillariga qadar bir qancha masal, hikoyalari o„zbek 
tiliga tarjima qilingan L.N.Tolstoyning ijodini yerli xalq o„rtasida tar-
g„ib etuvchi, matbuot sahifalarida bosilib chiqqan bir qancha maqola-
lar ham bizga ma‟lum. Ulug„ adib vafotidan so„ng uning haqida yana 
yangi maqolalar yozilib, anchagina hikoyalari o„zbek tiliga ag„darildi 
va gazeta sahifalarida, xrestomatiya, terma kitoblarda bosilib chiqdi.  
XX  asrning  20-yillariga  qadar  garchi  rus  yozuvchilari  to„g„risida 
maxsus bir kitob yoki biron risola yozilmagan bo„lsa ham, gazetalar-
dagi  materiallar  o„sha  yozuvchilar  ijodi  bilan  xalqimizni,  xiragina 
bo„lsa-da, tanishtirish ishida katta ahamiyatga ega bo„ldi. 
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling