O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Он в другой раз закинул невод,-
Пришел невод с травою морскою, В третий раз закинул он невод,- Пришел невод с одною рыбкой, 1 Keyingi nashrida “Pushkin nom” deb olingan. 131 С непростою рыбкой, - золотою. Buni Ali Asqar shunday tarjima qilgan: “Bir kambag„al chol kampir xotini ilan ko„k dengizni[ng] kanorida bir yerto„la uyda isti- qomat qilar erdi. Chol to„r bilan dengizdan baliq tutar erdi va xotuni charx yigirib, kalava qilar erdi. Shul ahvolda bular mazkur yer uyda miqdor o„ttiz uch sana umr kechirmishlar erdi. Bir kuni mazkur chol turini olib borib dengizg„a soldi, to„ri faqat balchiq olib chiqdi. Yana tashladi, dengiz tagida o„sadurg„an o„tlar chiqdi. Uchinchi marotaba tashlab erdiki, birgina baliq chiqdi, ammo ul baliq rasmiy baliqlardan emas, taajjub va g„ayr muqarrar bir tilla baliq erdi”. Mana bu keltirilgan misoldan ko„rinib turibdiki, tarjima originalga monanddir. Yuqoridagi misralarning mazmunini to„la va keng aks ettiruvchi bu parchada ba‟zi bir kitobiy jumlalar asarning uslubiga ma‟lum darajada ziyon yetkazadi. “Turkiston viloyati gazeti”da chiqqan she‟riy tarjimaning kim tomonidan qilinganligi aytilmagan. U masnaviy yo„lida tarjima qilingan. Qofiyalar sistemasi “аа бб вв гг” bo„lib, bu tartib asar oxirigacha saqlangan. Mazkur she‟riy tarjimada ba‟zi bir epizodlar to„g„ri berilgan, ularda soxtalik, zo„rma-zo„rakilik yo„q, chunonchi, cholning xotini dvoryanka bo„lib olgach, uning fe‟l-atvorida yuz bergan o„zgarishlar tasvirini ko„ring: Kelibon ko„rsa ul ajuzani pir, Faxri saodat etardi ul kampir. Egnida shol va zarafshonlar, Xizmatini qilurdi jononlar. Ba‟zi jononlarga adovatlik, Ba‟zilarg„a bo„lib siyosatlik, Shul zamon pir anga salom qilib, Arz etardi anga qiyom qilib: - “Bo„yla tabiat bilan tabiat chog„, Qolmagandir ko„ngil ora bir dog„” 1 . Ammo bu she‟riy tarjimada bir qancha satrlar qo„shilgan va ba‟zilari tushib qolgan, arabcha, forscha so„zlar ko„p. Ertakni sodda tilda berish o„rniga og„ir iboralar ishlatilgan. Masalan, ertakning boshlanishini olib ko„raylik: Bir hikoyat ekan bidoyatdin, 1 Туркистон вилояти газетаси. 1902, 14 август. 132 Har kishi fahm etar diroyatdin. Pir mardeki ul qilurdi sayd, Mohilar yo„lig„a solurdi qayd, Manzil erdi anga labi daryo, Hafar kuhi edi anga ma‟vo. Sayd chun ittifoq chiqmish edi, Qutini sayd ila qidirmish edi. Ko„k dengiz der, anga solub to„rin, Qildi sa‟y-u, taraddudu, zo„rin, Olibon ko„rsa to„rga to„lmish loy, Ul malul o„ldi, qildi boz bajoy, Ko„rdi ikkinchisida to„r ko„torib, Xas-xashak ekan, ani chiqorib, Soldi to„rni uchinchi martaba ul, Sarig„ oltin balig„ chiqordi bu yo„l. Agar bu satrlarning asl nusxasi bilan solishtirsangiz, bir qancha jumlalar tushib qolganini ko„rasiz: chol bilan kampir o„ttiz uch yil umr ko„rgani, kampirning urchiq yigirishi va boshqalar tarjima qilil- magan, buning o„rniga “Bir hikoyat ekan bidoyatdin, Har kishi fahm etar diroyatdin, Hafar kuhi edi anga ma‟vo” kabi ortiqcha misralar qo„shilgan. Ertakning eski tarjimasi bilan keyingi tarjimasi bir-biriga solishtirilsa, katta farq borligi yaqqol ko„zga tashlanadi: O„tgan choqda dengiz bo„yida Chol va kampir umr suripti, Yerto„lada - eski uyida O„ttiz uch yil birga turipti, Chol to„r solib ovlarkan baliq, Kampir esa yigirar urchiq. Chol dengizga to„r solsa bir gal, Baqa yaproq tushipti yolg„iz: To„r solganda chol ikkinchi gal Ilinipti dengiz o„lani. To„r solganda chol uchinchi gal, To„rga tushmish bir mitti baliq, Jo„n baliqmas, naq oltin baliq. (Mirtemir tarjimasi). Asl nusxaning quyidagi ikki misrasi: Хоть бы взял ты с нее корыто, 133 Наше-то совсем раскололось eski tarjimada naq o„n to„rt misra bilan berilgan: Aytdikim: – Bul nechuk balohatdur, Xalqaro tushmagan balodatdur. O„ylamasmu kishi nadir holi, Kimga qilmish ziyon jahon moli, Garchi shoh o„lsa ham yig„ar amvol, Tark qilmas xirojini bir sol. San agar shohdin baland o„lsang, Ayb emas qut uchun agar so„rsang. Xonamiz ichra yo„q bir asbobim, Bu chuqurda turarga yo„q tobim, Bul kuni bir xusus odatim, Sindi-yu o„rtada dili chokim, Jomashovdurki, ul kerak bizga, So„ragaysan agarchi yo„q o„zga. Mirtemir tarjimasi esa asl nusxaga to„la monand: Hech bo„lmasa bitta tog„ora – Olmaysanmi undan oxir sen, Tog„oramiz, bilasan, teshik. Personaj tili individual xususiyatlarini aks ettirishda ham bu ikki tarjima o„rtasida tafovut borligi quyidagi misollardan aniq bo„ladi: 1. Piri zan boz anga qilib janjal Aydikim: - “Naylaram muni tanho, Bizga lozim edi yangi ma‟vo”, “Qayta bor!” - deb, xitob qilib... I. Urishipti kampir battarroq, “Ey tentak chol, go„l, devona chol! Kir tog„ora boy qilarmidi. Jo„na tentak, baliqda borgil, Ta‟zim qil-u, uy so„rab olgil”. II. “Bul nechuk”, – deb, imorati oliy, Loyiq ermas anga turon voliy, Manga ko„p hullai g„arib kerak, Hech kishi ko„rmagan ajib kerak, Bir necha xodimi dilovorlar Ham yana ne‟mati sarosarlar”. II. “Ey tentak chol, go„l, devona chol! Kelib-kelib uy so„rabsan-da! Jo„na darrov baliq yoniga, Ta‟zim qilg„il unga sen tag„in, Qora dehqon bo„lmayman ortiq Men – begoyim bo„lish istayman” III. “Shul kun oltun baliqg„a III. “Tez bor, ta‟zim qilgil 134 borgaysan, Anga bu so„zlarimni aytgaysan: “Bo„yla davlat netay farog„at yo„q. G„ayra tobi‟ bo„lurg„a toqat yo„q. Xohlarman malika bo„lmoqni Orzu dodi raiya so„rmoqni” baliqqa, Ortiq men begoyim bo„lmayman. Poshsho xotin bo„lish xohlayman” I.O.Sultonov “Baliqchi va baliq ertagi”ning she‟riy tarjimasiga yuksak baho beradi. U shunday deb yozadi: “Tarjimon to„g„risida shuni aytish kerakki, u tekstning ma‟nosini juda to„g„ri tushungan, uni aniq, to„la-to„kis berishga hamda kitobxonga tushunarli qilib ifodalashga harakat qilgan. Bu tarjima XIX asr o„zbek adabiyotining eng yaxshi namunalaridan biridir”. A.S.Pushkin asarlari tarjimasining ahamiyati juda katta. Ularni o„qigan o„zbek demokrat yozuvchilari shoirdan ilhomlanib, ozodlikka chorlovchi o„tkir asarlar yozganlar. Ma‟rifatparvar shoir Furqat Push- kin asarlarini o„qib, ularning ta‟siri ostida yangi-yangi she‟rlar yozdi. Adabiyotshunos olimlarimizning yozishlariga qaraganda, o„zbek ada- biyotining asoschisi Hamza Hakimzoda Niyoziy Pushkin she‟rlarini rus va o„zbek tillarida o„qib, undan ilhomlanib, yuksak badiiy asarlar yaratdi. Pushkin asarlarining tarjimalari adabiyotimizga, shoirlarimiz- ning ijodiga katta ta‟sir etdi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling