O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
A.S.Pushkin “Baliqchi va baliq ertagi”ning nasriy tarjimasi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
A.S.Pushkin “Baliqchi va baliq ertagi”ning nasriy tarjimasi
Baliqchi bilan tilla baliq Ushbu hikoyani Pushkin nomlik Rusiyaning ulug„ va mo„tabar shoiri she‟r ilan yozmishdur. Ammo biz she‟r ilan tarjima qilmoqg„a qodir bo„lolmay, rasmiy til ilan tarjima qildik. Pushkin vafot bo„l- g„onig„a ushbu vaqtlarda bir yuz sanadin ziyod bo„lubdur. * * * Bir kambag„al chol kampir xotuni ilan ko„k dengizning kanorida bir yer uyda istiqomat qilar erdi; chol to„r bilan dengizdin baliq tutar erdi va xotuni charx igirib, kaloba qilar erdi: shul ahvolda bular maz- kur yer uyda miqdor o„ttuz uch sana umur kechirmishlardi: Bir kuni chol to„rini olib borib dengizg„a soldi; to„ri faqat balchiq olib chiqti; yana tashladi; dengiz tagida o„sadurg„on o„tlar chiqti; uchunchi maro- taba tashlab erdiki, birgina baliq chiqti, ammo ul baliq rasmiy baliq- lardan emas, taajjub va g„ayri muqarrar bir tilla baliq erdi va ul baliq baqudrati parvardigor tilga kelib, xud odam lafzi bilan cholg„a aytdiki: “Ey bobo, sen meni ozod qilg„il; agar ozod qilsang, men senga ko„p manfaatlar yetkururman va ham har nimaki tilasang, ani men senga muyassar qilurman”, – dedi. Muni eshitib, chol hayron bo„ldi va dilig„a xavf va haros tushdi, chunki muddat o„ttuz uch sana baliqchilik qilib, mundog„ voqeani eshitgoni ham, ko„rgoni ham yo„q erdi; ammo shundog„ xam bo„lsa chol rahm va shafqat ilan tilla baliqning iltijosini darajai qabulg„a olib, ani ozod qildi va ham aytdiki: “Xayr, bor, den- gizlarni sayr qil va lekin sandan hech narsa tama‟qilmayman”, – dedi. Andin so„ng chol kampirning oldig„a qaytib keldi va ko„rgan voqeani anga bir-bir bayon qildi. Chol aytdiki: “Men bir taajjub tilla baliq tutub oldim; ul baliq tilga kelib, “meni ozod qilg„il”, deb mendin iltimos qildi va menga nimaiki hohlasam, shuni bermoqchi bo„ldi. Men aning iltimosini qabul qilib, ozod qildim, ammo andin biror narsa olmoqqa jur‟at qilmadim”, – dedi. Bul so„zni eshitib, kampir ach- chig„lanib, cholni haqorat qilib aytdiki; “Ey ahmoq chol, loaqal bir yangi jomasho„y so„rasang bo„lmasmu edi, chunki jomasho„yimiz yorilib, ishg„a yaramay yotibdur”, – dedi. 145 “Bo„lmasa men yana boray” deb, chol bechora yangi jomasho„y tilamak maqsadi ilan dengiz labig„a keldi va tilla baliqni chaqirdi; tilla baliq darhol hozir bo„lub, choldin so„radiki, “Ey bobo, hojating nima bo„lg„ay?” – deb. Chol baliqg„a ta‟zim qilib, arz qildiki; “Ey tilla baliq, seni ozod qilg„onim uchun kampirim meni haqorat qilib, menga ko„p ozor berdi, chunki anga yangi jomasho„y darkor ekan, o„zimiz- ning jomasho„yimiz yorilib, ishg„a yaramay qolg„on ekan, rahm qilg„il menim holimg„a”. Tilla baliq javob berdiki: “Xafa bo„lma, xudog„a tavajjuh qilib, uyingga qaytg„il, yangi jomasho„y bo„lar”, – dedi. Chol kampirining oldig„a qaytib keldi, ko„rdiki: uyida yangi jomasho„y paydo bo„lubdur; ammo kampir cholni burung„idin battar haqorat qilib aytdiki: “Ey devona chol! Yangi jomasho„y tilab olibsan, jomasho„ydan nima foyda? Bor, hozir tilla baliqg„a ta‟zim ila emdi uy so„ra; tokay biz yer uyda o„lturamiz?”–dedi. Chol bechora noiloj bo„lub dengiz labig„a bordi va tilla baliqni chaqirdi, tilla baliq darhol hozir bo„lub, choldin so„radiki: “Ey bobo, hojating nima bo„lg„ay?” deb. Chol salom qilib, tilla baliqg„a arz qildiki: “Ey tilla baliq, kam- pirim menga yana ko„p izzu kulfat berdi; “bor tilla baliqingg„a, uy so„ra, qachong„acha bizlar yer uyda o„lturamiz”, deb meni haydab yubordi, rahm qilg„il meni holimg„a”, – dedi, Tilla baliq javob berdi- ki: “Xafa bo„lma, xudog„a sig„inib, uyingg„a qaytg„il, uy ham bo„lar”, – dedi. Bul javobni eshitib, chol o„z uyig„a qaytib keldi, ko„rdiki: yer uy g„oyib bo„lubdur, asorati ham qolmabdur va ani joyig„a bir chiroy- lik uy bo„lubdur va kampir uy ichida teraza oldida o„lturubdur. Kam- pir cholni ko„rub, alfoz qabig„lar birlan yana haqorat qila boshladi va aytdiki: “Ey ahmoq devona chol! Uy so„rab olibsan. Bor hozir tilla baliqingg„a! Ta‟zim ila va aytg„il: men xohlamayman mujik xotuni bo„lmoqni, xohlayman dvoronka, ya‟ni aslzoda to„ra xotuni bo„lmoq- ni”, – dedi. Chol bechora noiloj bo„lub yana dengiz labig„a bordi va tilla baliqni chaqirdi; tilla baliq darhol hozir bo„lub; “Ey bobo, senga nima darkor”, – dedi. Chol ta‟zim qilib arz qildiki: “Ey tilla baliq, kampirim burung„idin battar bo„ldi; menga hech bir tinchlik bermay- dur; ul kishi emdi mujik xotuni bo„lmas emishlar, aslzoda to„ra xotuni bo„lar emishlar”, – dedi. Tilla baliq javob berdiki: “Xafa bo„lma, xudog„a tavajjuh qilib, uyingg„a qaytg„il”, – dedi. Chol kampirini oldig„a qaytib keldi; ko„rdiki: burung„i uyning o„rnig„a bir katta va baland bir uy paydo bo„lubdur; va ul uyning oldida kampiri turubdur; ustida qimmatbaho po„stun kiygan, boshig„a 146 kimxobdin ro„mol yopgan, bo„ynig„a marvaridlar taqqon va qo„llari- g„a tilla uzuklar solg„on va oyoqlarig„a qizil safyondin etuklar kiygan, oldida farmon bardor xizmatkori, kampir alarg„a jekirib, sochlaridin tortib turubdur. Chol bul hodisani ko„rub, hayron bo„ldi; sekingina ke- lib kampirg„a salom berib: “Xotirjam bo„ldingizmi?” – deb kampirdin so„rab ediki, kampir jekirib, yomon alfozlar birlan haqorat qilib, chol bechorani otxonag„a haydab yubormoqg„a buyurdi. Bul voqeadin bir-ikki hafta o„tgandin so„ng, kampir cholni chaqi- rib olib, siyosatlar qilib, cholg„a buyurdiki: “Bor hozir tilla baliqing- g„a, ta‟zim ila va aytg„ilki, man xohlamayman dvoronka bo„lmoqni, endi xohlayman malika bo„lmoqni”, – dedi. Bul so„zni eshitib muta- xayyir bo„lub, chol ayttiki: “Nima bo„ldi sanga kampir, magar eshak miya yedingmu? Malikalardek na yura olasan va na gapura olasan, butun olamga kulgili bo„lasanku, malika bo„lmoqligingga no muno- sibliging bor?”–: dedi. Buni eshitib kampir darg„azab bo„lub, cholning jag„iga bir shapaloq urub: “Nima deysan sen menga, kim bilan gapur- ganingni bilasanmu? Bor deganda yaxshilik bilan bor agar bormasang yelkalab ham oborurlar”, – dedi. Chol noiloj bo„lub, boshini solib, dengiz labig„a bordi va tilla baliqni chaqirdi. Dengiz qopqora bo„lub ketti. Tilla baliq darhol hozir bo„lub so„radiki: “Ey bobo, hojating nima bo„lg„ay” – deb. Chol turub arz qildiki: “Ey tilla baliq, rahm va shafqat aylag„il manga, kampirim burung„idin ham jinni bo„ldi. Emdi ul kishi dvoronka ham bo„lmay, podsho xotuni bo„lar emishlar”, – dedi. Tilla baliq javob berdiki: “Xafa bo„lma, xudog„a sig„inib, uyingg„a qaytg„il”, – dedi. Chol kampirining oldig„a qaytib kelib ko„rdiki, burung„i uyni o„rnig„a shohona imoratlar paydo bo„lubdur va ul imorat ichida kam- piri malika bo„lub ustolda o„turubdur; beklar va g„ayri ulug„lar ani oldida xizmatda turubdurlar. Dasturxonda alvon-alvon musallaslar va alvon-alvon ne‟matlar tayyor turubdur va ani atrofida qo„llarig„a oyboltalar ushlag„on mahramlar hozir bo„lub turubdur. Bul hodisani ko„rub, chol qo„rqub ketti va kampirining oyog„ig„a yiqildi va aytti: “Assalom alaykum, ulug„ malika, emdi ko„nglingiz to„ldimu?” – dedi. Kampir cholg„a qaramadi va so„zig„a javob ham qaytarmadi. “Ko„- zumga ko„runmasin, tezroq yo„qotinglar jinni cholni”, – deb oldida turg„on nadimlarig„a buyurdi. Darhol beklar va mahramlar yuguru- shub kelib, bechora cholni ura-ura tashqorig„a haydab chiqordilar va muni ko„chadagi odamlar ko„rib, cholni masxara qilib: “Ey beadab 147 chol! Sanga malikaning oldida nima bor edi? Ajab bo„ldi, minba‟d aqllik bo„larsan, tegishsiz joyg„a kirmassan”, – deb qah-qah urub kulushdilar. Bu hodisadin bir-ikki hafta o„tkondan keyin kampir yana darg„a- zab bo„lib, mulozimlarini eriga yubordi. Chol bechorani darhol topib olib keldilar. Kampir cholg„a aytdiki: “Bor hozir tilla baliqning oldi- g„a va aytg„ilki, men malika bo„lmoqni ham xohlamayman, malikai dengiz bo„lmoqni va dengizda turmoqni xohlayman va ham o„sha tilla baliqing farmon bardor bo„lub manim xizmatimda tursun; nimaiki xiz- mat buyursam shuni batavfiq bajo keltursun”, – dedi. Chol so„z qay- tarmoqqa jur‟at qilolmay boshini solib, dengiz labig„a keldi va tilla baliqni chaqirdi. Bul daf‟a dengizda qattiq shamol bo„lub, qattiq to„l- qun paydo bo„ldi, ammo shundog„ ham bo„lsa tilla baliq hozir bo„lib, choldin so„radiki: “Ey bobo, hojating nima bo„lg„ay”? – deb. Chol ta‟zim aylab arz kildiki: ”Ey tilla baliq, emdi nima qilay bul badbaxt xotunimni! Emdi ul kishi malika ham bo„lmas emishlar, malikai dengiz bo„lar emishlar, darmiyon dengiz turar emishlar va ham sen o„zung anga xizmat qilar emishsan”, – dedi. Cholning bul so„zig„a tilla baliq hech bir javob bermay, shalob etib dengizg„a sho„ng„ib ketdi. Tilla baliq chiqarmukin deb chol bechora dengiz labida intizor bo„lub, ko„p kutub turdi, ammo tilla baliq, chiqmadi. Oxiri zerikib, kampiri oldig„a qaytib keldi; ko„rdiki: xudovandi karimning qudrati bilan shohona imoratlar g„oyib bo„lib, o„rnig„a burung„i o„zining yer uyi paydo bo„lubdur; yer uyining ostonida jag„iga tayonib kampiri o„lturubdur va aning„ oldida yorilgan jomasho„yi yotibdur. Bir baliqni ozod qilg„oni uchun xudovandi karim kampir bilan cholg„a shuncha davlatlar muyassar qildi, ammo kampir ul davlatlarg„a qanoat qilmay, alar hammadan mahrum bo„ldilar va ham davlat muyassar bo„lg„ondin keyin kampir cholg„a ko„p bevafoliqlar qildi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling