O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Tarjimalar vositasida o„zbek tili lug„at manbaining boyishi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
10.9. Tarjimalar vositasida o„zbek tili lug„at manbaining boyishi O„rta Osiyo, jumladan O„zbekistonning Rossiyaga qo„shib olini- shidan ilgari ham rus, internatsional so„zlar og„zaki va yozma adabi- yotlar, jumladan tarjima ishlari orqali kirib kelganligi ma‟lum. Bu jarayon XIX asrning 70-yillaridan keyin yana tez rivojlandi. O„zbekis- tonda rus tili targ„ibotchilari Sattorxon, Isoqxon va boshqalarning tarixiy, ilmiy asarlarida, demokrat shoirlar Muqimiy, Furqat va Avaz she‟rlarida rus, internatsional so„zlarni anchagina uchratamiz. Rasmiy yozishmalar, diplomatik hujjatlarning tarjimalarida narsa- larning nomlari, unvonlar, mansab-darajalar, turli kasb terminlari aynan ruscha olingan. Chunonchi, “choynak”, “lampa”, “samovar”, “magazin”, “mashina” va shu kabi yuzlab so„zlarning tilimizga kirib kelishi siyosiy-iqtisodiy, savdo-sotiq munosabatlarining o„zaro mus- tahkamlanishi bilan bog„liq. Ruscha va internatsional so„zlar tarjima asarlari orqali o„zbek tili- ga turli yo„llar bilan kirib keldi. Chunonchi: 1. Ilgari ruscha so„z berilib, so„ngra o„zbekcha so„zlar bilan izoh- lanadi. Masalan, “Ko„klush, ya‟ni ko„k yo„tal degan kasal xususida” (“Turkiston viloyati gazeti”, 1884-yil, 2-iyul); “Toshkand shahridag„i podshohlik bankadag„i omonat kassa, ya‟ni pul saqlanadurg„on joy- ning nizomlari xususida” (“Turkiston viloyati gazeti”, 1884-yil, 18- avgust); “Bufet, ya‟ni taomlar tayyorxonasi” (“Turkiston viloyati gazeti”, 1895-yil, 26-aprel); “Unversitet degan katta madrasa” (“Turkiston viloyati gazeti”, 1896-yil, 1-iyun). 2. Aksincha, ilgari o„zbekcha so„z berilib, so„ngra ruscha izohlash yo„li bilan; masalan, “vaziri xazina – министр финансов” (“Turkis- ton viloyati gazeti”, 1881-yil, 30-may). 3. Ruscha so„zni qavs ichida berish yo„li bilan; masalan, “Che- chak em emlamoq xususida barcha fuqarolarning manfaati uchun Tur- kiston General gubernatori joriy qilgan farmoyishlari ushbudir (инструкция)” (“Turkiston viloyati gazetasi”, 1878-yil, 22-aprel). 4. Ruscha so„zni tarjima qilmay, aynan o„zini olish yo„li bilan; masalan, “Agar xat bitmoqni bilmagan odam апелляционный degan 141 ariza bergan vaqtda, biror odam aning tarafidin qo„l qo„ymag„an bo„l- sa, ul ariza iltifotga olinmaydur” (“Turkiston viloyati gazeti”, 1884- yil, 12-yanvar). Rossiya imperatorining farmoyishlari, Turkiston General guberna- torligining buyruqlari tarjima qilinib bosilganda, bir qancha rus va internatsional so„zlar, o„zbek tilida ekvivalenti bo„lmagani uchun, aynan olindi. Masalan, «император», «министр», «сенат», «гене- рал», «адъютант», «лейтенант», «манифест», «ротмейстр», «пол- ковник», «генерал-майор» va b. Turli tabaqa va guruhlarning nomlari ham tarjima vaqtida o„zicha qoldirilgan. Masalan, «князь», «граф», «дворян», «гражданин», «мужик», «мешчанин» va b. Aloqa va transportga oid juda ko„p ter- minlar ham tarjima asarlarda ruscha shaklda olindi. Masalan, «почта», «телефон», «телеграф», «перевод» (pulni pochta orqali yuborish), «адрес», «бланка», «поезд», «вагон», “vog„zal” («вокзал»), “istansa” («станция»), «извощик», «билет» va h. Masalan, “Ushbu tubanda yozilgan kitoblarni olmoqni xohlagan odamlar xoh oqchalik xat, xoh zakaznoy xat va xoh telegram birlan perevod qilsalar bo„la- dur”. (“Turkiston viloyati gazeti”, 1898-yil, 11-aprel). 1914-yil jahon urushi boshlanishi bilan o„lkada chiqadigan gaze- ta-jurnallar urushning borishi, frontlardagi ahvol haqida telegraf xa- barlarini va markaziy gazetalardagi materiallarni tarjima qilib, ayrim so„zlarga izohlar berib chiqardilar. Masalan, “Sadoyi Farg„ona” gaze- tasida “Lug„atlar va ta‟riflar” sarlavhasi ostida bir bo„lim tashkil qilinib, unda rus va internatsional so„zlar tarjima qilib berildi: Kamondir – urush boshlig„i, askarni boshlab yurgizadigan to„ra. Ayruplan (аэроплан), derjabil (дирижабль). Ayrostat (аэростат) – havoda uchg„uvchi mashina. Gidroplan (гидроаэроплан) – havoda uchub, suvda ham yuzgu- chi mashina. Krayser (крейсер) – zirhli kema – usti temir bilan yopilg„an urush kemasi. Drednout – urush kemasining eng kattasi. Minonos (миноносец) – katta urush kemalarig„a yordamchi kichik kemalar. Istribitel (истребитель) – xarob, halok qiladurg„an (muxrib) kema. 142 Rus adib va olimlari o„zbek tilida yozilgan badiiy va tarixiy asar- larni rus tiliga tarjima qilib, o„zbek klassiklari va o„tmish tarixiy vo- qealar bilan rus xalqini tanishtirdilar. O„zbek tilidagi asarlarni ruscha- ga tarjima qilishda N.S.Likoshin, N.P.Ostroumov, N.N. Pantusov, S.I.Polyakov, I.Berezin, A.G.Tumanskiy, V.L.Vyatkinlarning xizma- tini qayd etish lozim. Tarjimachilik ishlari XX asrning 20-yillaridan boshlab misli ko„rilmagan darajada o„sib, taraqqiy qilib ketdi. Qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Jahon adabiyoti namuna- lari muntazam ravishda o„zbek tiliga tarjima qilindi. Tarjimaning hamma sohalari bo„yicha atoqli tarjimonlar yetishib chiqdi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling