O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Maqol, matal va hikmatli so„zlar tarjimasi haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Maqol, matal va hikmatli so„zlar tarjimasi haqida. Biz yuqori-
da arab, fors, turk tillaridan qilingan maqol, matal va aforizmlar tarji-
masi naqadar og„ir ekanligini so„zlab o„tgan edik. Ruscha maqol, ma-
tal va frazologik iboralarni tarjima qilish esa yana ham kattaroq qiyin-
chiliklar tug„dirar edi, negaki, arab, fors, turk tillaridek tarjima qilish 
ishlari bir necha  yuz yillardan beri davom etgan, bu sohada katta taj-
riba  orttirilgan  bo„lib,  rus  tilidan  tarjima  qilish  prinsiplari  mutlaqo 
aniq  emas  edi.  Binobarin,  rus  tilidan  badiiy  asarlarni  puxta  tarjima 
qilishga qobiliyatli kadrlar ham yetarli emas edi. 
Tarjimonlar  matn  ichida ishlatilgan ruscha  maqol yoki  matalning 
o„zbekcha  ekvivalentini  topib  ishlatganlar:  “Куй  пока  железо 
горячо” – “Temirni qizig„ida ur”, “Дело мастера боится” – “Har ish 
ustasidan  qo„rqadi»,  “Шило  в  мешке  не  таишь”  –  “Bigizni  qofg„a 
berkitib bo„lmaydur”, “Нет дыма без огня” – “O„tsiz tutun bo„lmay-
dir”.  “Волков  бояться  –  в  лес  не  ходить”  –  “Bo„ridan  qo„rqqan 
o„rmonga bormas” kabi. Biz quyida “Muallimus-soniy” nomli kitobga 
kirgan “Rusiya maqollari”dan bir nechtasini keltiramiz: 
Haq so„z oftobdek ravshan bo„ladur, 
Yolg‟on bilan butun olamni kezarsan, ammo qaytib kelmassan, 
Hamma o„tar haq so„z qolar, 
Izzat qilsang otang birlan onangni – xudo seni tashlamas, 
Qandoq qichqirsang, shundoq sado eshitursan, 
Haydama otni qamchin birlan – hayda arfa birlan
Tupurma quduqqa – balki suv icharsan
Hovli olma – qo„shni ol, 
Temirni qizig„ida so„q, 
Tomchi toshni teshadur
Har ish ustasidan qo„rqadur, 
Erinchoqqa kuniga bayram. 
Bosh faqat telpak uchun emas
Yuz yil umr ko„r – yuz yil ilm tahsil qil
Yarqirag„onni hammasi tillo bo„lmas, 


 
139 
Birovnikig„a yopishma o„zingnikini tashlama
Salomat kishig„a tabib hojat emas, 
Urushqoq hurus semiz bo„lmaydur, 
Bo„rig„a qo„yni topshurg„ondek,  
Sigirga egar yarashg„ondek, 
Bigizni qopg„a berkitib bo„lmaydur. 
O„tsiz tutun bo„lmaydur, 
Ochning holini to„q bilmas, 
Etukchi sombusa qilsa va sombusapaz etik tiksa na bolg‟ay, 
Chiroylik uy chiroylik emas, dasturxonlik uy chiroylik
Bo„ridan qo„rqqan o„rmong„a bormas, 
Til bir, quloq ikki, kam gapirib, ko„p eshitmoq uchun, 
Ko„pg„a yugursang, ozdin quruq qolursan, 
Nima eksang shuni o„rarsan, 
Sichqong„a olum, mushukka kulgi. 
Lekin ba‟zi bir maqollarning tarjimasi sun‟iy, soxta, yuzaki chiq-
qan. Bunga misol qilib “Urushqoq hurus semiz bo„lmaydi”, “Bir mul-
laga ikki omini beradurlar, balki olmaydurlar” kabi tarjimalarni ko„r-
satish mumkin. Lekin bunday o„rinsiz tarjimalar kam. 
Yunon  faylasuflarining  yuqorida  qayd  etganimiz  kabi  hikmatli 
so„zlari  tarjimasi  alohida  ahamiyatga  ega.  Sattorxonning  zakovati, 
ko„p  yillik  tajribasi,  har  ikki  tilni  yaxshi  bilishi  bu  hikmatlarning 
o„zbek tiliga juda yaxshi tarjima qilinishiga yordam qilgan. 
Bir nechta misol keltiramiz. 
Biasning so„zlari: 
Oqil  odamlar  ahmoqlardan  foyda  hosil  qiladur,  nechukkim  alar 
ahmoqlarni  ishini  ko„rub  ibrat  oladurlar,  ammo  ahmoqlar  oqillardan 
ibrat olg„ulari kelmaydur. 
Haq  bo„lg„on  vaqtda  hech  bir  qo„rqush  kerak  emas.  Yoshlikdin 
o„tub qarilik yo„lig„a kiradurg„on vaqtda yo„l ozig„i donishdur. 
Demokritning so„zlaridan: Yaxshilik qilmoqqa qodir bo„lsang, ani 
kechiktirmag„il. Har qandoq qari odam ilgari yigit bo„lg„andur va le-
kin har bir yigitni qari bo„ladur deb aytib bo„lmaydur; shuning uchun 
qari odamlarni izzat qilmoq yigitlarni izzat qilg„andin yaxshiroqdur.  
Pifagorning  so„zlaridan:  ...Birov  bilan  so„zlashgan  vaqtda  shul 
tariqa  so„zlashmoq  kerakkim,  dushman  do„st  bo„lub  qolsun  va  do„st 
dushman bo„lub qolmasun. G„azab kelgan vaqtida so„zlamoq va hara-


 
140 
kat  qilmoq  kerak  emasdur.  So„zlasang  yaxshi  so„znigina  so„zlag„il, 
bo„lmasa xab o„lturg„il. Donishmandning aqli oltundek vazmindur.  
1885-1890-yillar mobaynida 20ga yaqin yunon faylasufining hik-
matli so„zlari rus tilidan tarjima qilindi.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling