O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
L.N.Tolstoy asarlarining dastlabki o„zbekcha tarjimalari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
L.N.Tolstoy asarlarining dastlabki o„zbekcha tarjimalari. Rus
klassik adabiyoti namoyandasi, jahon adabiyotining buyuk dahosi Lev Nikolaevich Tolstoy asarlarining XX asrning 20-yillariga qadar o„z- bek tiliga qilingan tarjimalari g„oyat katta ahamiyatga ega bo„lib, tar- jima tarixida alohida bobni tashkil qiladi. Biz yuqorida adib L.Tolstoyning «Odamlar nima birlan tirik» de- gan asari «Turkiston viloyati gazeti»da 1887-yilda bosilib chiqqani haqida yozgan edik. Keyinchalik bu asar alohida kitob qilib nashr etil- di. 1902-yilda o„sha gazetada «Xudo haqni ko„radiyu, tezda aytaver- maydi» hikoyasi tarjima qilib bosildi. 8-9-sonlarga qarang. Bu tarji- malarning sarlavhasiga «Graf Lev Tolstoy nomlik Rusiyaning mash- hur musannifining tasnif qilgan hikoyati» deb yozilgan. Bu ikki hikoyaning tarjimasidan to„rt tomlik «O„zbek adabiyoti» xrestomatiyasida parchalar bosilgan (IV tom, 2-kitob, 421-430-betlar). 135 L.N.Tolstoyning o„zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari orasida asl nusxaga mazmunan to„la muvofiqlari ham bor. Masalan, “Podsho va kuynak” “Sariq ko„ylak”, “O„zi tutilgan O„gri” “Как вор сам себя видел”, “Podsho bilan qarchig„ay” “Sariq soqol”), “Qarg„a bilan uya- si” “Ворон и воронята”, “Bog‟bon” “Садовник и сыновя”), “Otasi bilan bolalari” “Отец и сыновя” va b. Eng yaxshi tarjima qililgan hikoyalardan “Bir o„g‟il bolaning g„oz taqsim qilg„oni” (“Как мужик гусей делил”) asari bo„lib, bu ham badiiy jihatdan, ham uslub jihat- dan o„sha zamon tarjimalari ichida ajralib turadi. “Ko„r kishi” hikoyasining L.Tolstoy asari ekanligiga ishonch hosil bo„ldi. Bu hikoyani Tolstoyning “Слепой шел домой” asari bilan chog„ishtirish ham bu fikrni to„la tasdiqladi. Bizningcha, uni V.Nalivkin tarjima qilgan bo„lishi mumkin. V.Nalivkin o„zbek va tojik tillarini yaxshi bilgan kuchli filolog va talantli olim edi. U 1896- yilda O„rta Osiyoda dastlab o„zbek tilida “Terma kitob” tartib berdi. Keyinchalik terma kitob xrestomatiya tuzish odat bo„lib qoldi va “xrestomatiya” so„zi ham o„sha vaqtdan beri o„zbek adabiy tilida ish- latiladigan bo„ldi. Shunday qilib, L.Tolstoyning masal, hikoyalari ter- ma kitob xrestomatiyalarga kirib, o„zbek tiliga tarjima qilina boshlan- di. Ulardan o„n sakkiztasi Ali Asqar ibn Bayram Ali Kalinenning “Muallimussoniy”ida tarjima qilib berilgan. Bular: “Chol bilan ajal” (18-bet), “Taka bilan tulki” (16-bet), “Bir bolaning bodring o„g„irlaga- ni” (20-bet), “Qarg„a bilan qurbaqa” (21-bet), “Quyon bilan qurbaqa- lar” (19-bet), “Ikki do„st” (23-bet), “Bola bilan suv podshosi” (25- bet), “Tulki bilan tustovuq” (25-26-betlar), “Podsho bilan bola” (26- bet), “Zag„cha bilan kabutarlar” (28-bet), “It” (13-bet), “Ipak qurti” (61-bet). Bu asarlarning tarjimoni ham ko„rsatilmagan. L.N.Tolstoyning “Odamlar nima birlan tirik” va “Xudo haqni ko„- radi-yu, tezda aytavermaydi” asarlarining tarjimasi haqida ba‟zi olim- lar juda salbiy baho beradilar. Masalan, “Tarjima san‟ati” to„plami- dagi “XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida rus adabi- yotidan qilingan tarjimalar” nomli sermazmun maqolada L.Tolstoy hikoyalari tarjimasining sifati haqida aytilgan quyidagi gaplarga qo„shilib bo„lmaydi: “Tarjimaning sifati to„g„risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda uning juda primitivligi, so„zma-so„z bajarilganligi, o„zbek tili grammatikasiga yot bo„lgan jumla tuzilishlarining ko„pligi bilan ajralib turadi”: Darhaqiqat, “Odamlar nima birlan tirik” hikoya- sining tarjimasida ancha jiddiy nuqsonlar bor. Lekin bu bilan uni 136 hozirgi badiiycha tarjimalar sifatiga bo„lgan talabdan chiqib “juda primitiv” deb aytish qanday bo„lar ekan? U vaqtda tarjimonlar kam- dan-kam bo„lib, bu asarning tarjima qilinishi o„z davri uchun juda katta voqea edi. “Odamlar nima birlan tirik” asarining to„g„ri va aniq tarjima qilin- gani haqida ikkita misol keltiramiz: 1. Жил сапожник с женой и детьями у мужика на квартире. ни дома своего, ни земли у него не было, и кормился он семьею сапожной работой. Хлеб был дорогой, а работа дешевая, и что заработает, то и проест. Было у сапожника однa шуба с женой, да и та износилась в лохмотья. 1. ...Bir etikchi xotuni va bolalari birlan bir dehqonning uyida ijorag„a turar erdi. Ul etikchining na uyi va na yeri yo„q erdi, va etikichilik birlan o„z bola- chaqasig„a ovqat topib berur erdi. 2. Что же, али не варила? Взяло зло Матрену. – Варила да не про тебя. Ты и ум, я вижу, пропил. Пощел за шубой, я без кафтана пришел, да еще какого-то бродягу голого с собой привел, нет у меня про вас, пьяниц, ужина. - Будет, Матрена, что без толку- то языком стрекотать! Ты спроси прежде, какой человек… 2. Semen so„radi: - Taom pishirganing yo„qmi? – deb. Matrenaning achchig„i kelib, aytdi: – Pishirsam ham senga bermayman. Ko„ramankim, aqlingni ham yo„qotib qo„yibsan. Po„stin uchun borib kamzulsiz kelding, yana bir yalang„och tentiraganni o„zing birlan birga olib kelding, sizlardek mastlarga menda kechqurungi taom yo„q, – dedi. – Ey Matryona, bas Matrena, bema‟ni biljirag„andan nima chiqadi, avval san so„ragin, bu qanday odam deb. Matnlar bir-biriga chog„ishtirib ko„rilsa, muallifning tasviri, per- sonajlarning dialoglari o„z davriga nisbatan olib qaraganda yaxshi tar- jima qilinganligi ma‟lum bo„ladi. To„g„ri, tarjimada ba‟zi so„zlar o„z o„rnida ishlatilmagan, jumla tuzilishlarida g„alizlik bor. Lekin bu kam- 137 chilik hikoya tarjimasining “juda primitiv” ekanligini ko„rsatmaydi albatta. Hikoya chiqishi bilanoq, 1887-yilda alohida kitob holida nashr qilindi. 1901-yilga borib bu tarjima ikkinchi marta ba‟zi bir stilistik o„zgarishlar bilan qayta nashr bo„ldi. Mana bu tarjimada ortiqcha so„zlar haddan tashqari ko„p: hikoya- ning asl nusxasida atigi o„ttiz to„rt so„z bo„lsa, tarjima yetmish to„qqiz so„zdan iborat – so„zlar soni ikki marta ortib ketgan! Buning ustiga, “ma‟lum bo„ldiki, qo„lga tushmagan narsaga ilgari quvonma” degan xulosa berilganki, bu ham noo„rin. Xulosa shuki, L.Tolstoyning masal, ertak va hikoyalarning tarjimalari sifati har xil: ba‟zilari juda yaxshi tarjima qilingan, ayrimlarida esa kishini afsuslantiradigan nuq- sonlar bor. Ilgari Tolstoy asarlari boshqa rus yozuvchilariga qaraganda o„zbek tiliga ko„p tarjima qilindi. A.S.Pushkin tarjimalari she‟rda, I.Krilov tarjimalari masalda birinchi manba bo„lib xizmat qilsa, L.Tolstoy asarlarining tarjimalari prozada ilk manba bo„ldi. Bu ulug„ yozuvchilar asarlarining tarjimalari o„zbek tiliga tarjima qilish tarixida asosiy o„rinni tashkil qiladi. Ularning ahamiyati katta. XX asrning 20- yillaridan boshlab ulug„ adibning asarlari o„zbek tiliga nihoyat daraja- da ko„p tarjima qilindi. Bu tarjimalarning sifati ham yozuvchi asarlari- ning dastlabki tarjimalari sifatidan qiyos qilib bo„lmaydigan darajada ustun turadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling