O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
A.S.Pushkin asarlarining dastlabki tarjimalari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
A.S.Pushkin asarlarining dastlabki tarjimalari. A.S.Pushkin
o„limidan bir yil avval shunday yozgan edi: Butun buyuk Rossiyani chulg„ab olur ovozim, Undagi har bir ulus meni yodlaydi har choq: Mag„rur slavyan zoti, bukun vahshiy tungus ham, Fin ham, hatto o„sha sahroyi qalmoq 2 . Ulug„ shoirning bu aytgan so„zlari ro„yobga chiqdi. Uning o„l- mas asarlari dunyoning o„nlab tillariga tarjima qilinib, yer yuzidagi xalqlarning sevib o„qiladigan kitoblari bo„lib qoldi. A.S.Pushkin asarlarining O„zbekistonda tarqalishi, uning o„z- bek yozuvchilariga ta‟siri, asarlarining tarjimalari to„g„risida bir qan- cha ilmiy ishlar qilingan. Pushkin tavalludining 150 yilligi munosa- bati bilan I.O.Sultonovning «Звезда Востока» jurnalida bosilgan “Pushkin va o„zbek adabiyoti” (1949-yil, 6-son) sarlavhali va o„sha yili yubiley kunlarida adabiyotshunos M.Troiskiyning “O„zFA ax- boroti”da chiqqan “O„zbekistonda Pushkin yodgorliklari” (1949-yil, 3-son) nomli maqolalarida shoir asarlarining birinchi tarjimalari haqida axborot berilgan. A.S.Pushkinning tarjima qililgan birinchi asariga gazetada sar- lavha qo„yilmasdan, “Mazkur Pushkin shoir, shoirlik xususida bul tariqa mazmunlik nazm etibdurlar” deb yozilgan va o„sha jumla ketidan tarjima teksti bosilgan. Mazkur tarjimaning teksti 1960-yil- da chiqqan “O„zbek adabiyoti” to„rt tomlik xrestomatiyasining ikkin- 1 Хрестомати. Муаллим ус-соний. 1903. 28-бет. 2 Пушкин А.С. Танланган асарлар. 1 том. –Тошкент: Ўздаврнашр, 1949. – Б.248-бет. (М.Шайхзода таржимаси). 130 chi kitobida “Shoirga” sarlavhasi ostida aynan ko„chirib bosilgan. Biz bu tarjimani sinchiklab tekshirganimizda, u tekstning ichida bir she‟r emas, balki ikki she‟r borligini aniqladik. Biri “Shoir” («Поeт»), ikkinchisi esa “Shoirga” («Поeту») she‟rlari bo„lib, ne- gadir ular bir sarlavha ostida berilgan. A.S.Pushkinning “Baliqchi va baliq ertagi”ning bir qancha tar- jima nusxalari mavjud. “Turkiston viloyati gazeti”da bu ertakning nasriy va she‟riy tarjimasi va Ali Asqar Kalinen xrestomatiyasida nasriy tarjimasi berilgan. Biz ushbu ertakning nasriy tarjimasi xususi- da muhokama yuritganimizda Ali Asqarning originalga ancha yaqin tarjima nusxasiga murojaat etamiz. Ali Asqar bu ertakka “Baliqchi bilan tilla baliq hikoyasi” deb sarlavha qo„yib, uning tarjimasi haqi- da kichik bir kirish so„zi yozadi: “Ushbu hikoyani Pushkin nomlik 1 Rusiyani ulug„ va mo„tabar shoiri she‟r bilan yozmishdir. Ammo biz she‟r bilan tarjima qilmoq- qa qodir bo„lolmay, rasmiy til ilan tarjima qilduk, Pushkin vafot bo„lganig„a ushbu vaqtlarda bir yuz sanadin ziyod bo„lubdur”. Bizning fikrimizcha, bu ertakning tarjimasi Pushkin asarlari ichi- da eng to„g„ri va durust tarjima hisoblanadi. (Mazkur tarjima keyin- gi yillarda matbuotimiz sahifalarida e‟lon qilinmaganligi uchun uni asar oxirida berilgan ilovaga kiritdik). Ali Asqar “Baliqchi bilan baliq ertagi”ni tarjima qilar ekan, asl nusxaning nozik tomonlariga diqqat qilib, asarni mazmunan to„la tarjima qiladi. So„zimizning dalili uchun misollar keltiramiz: Жил старик со своею старухой У самого синего моря; Они жили в ветхой землянке Ровно тридцать лет и три года. Старик ловил неводом рыбу, Старуха пряла свою пряжу. Раз он в море закинул невод,- Пришел невод с одною тиной. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling