O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
10.8. Badiiy tarjima tarixiga doir
Badiiy tarjima siyosiy, ilmiy va publisistik asarlar tarjimasidan tamom ajralib turadi. Uning o„ziga xos xususiyatlari bor. ХХ asrning 20-yillariga qadar rus tilidan o„zbek tiliga maqol, matal, masal, ertak, hikoya, she‟rlar tarjima qilingan bo„lsa-da, katta asarlar, qissa, poema, romanlar va dramatik asarlar tarjima qilinmagan. Birinchi marta tarjima qililgan nasriy asar 1873-yilda “Turkiston viloyati gazeti”ning 5-sonida bosilgan “Hikoyat” nomidagi asar bo„- lib, unda Kavkaz asiri Kashimirovning sarguzashti yoziladi. Bu hiko- yaning davomi gazetaning bir qancha (6, 18, 25) sonlarida bosildi. She‟riy asarlar ichida dastlab tarjima qilingani I.A.Krilov masalla- ri “Fil va laycha”, “Qarg„a va tulki”, “Maymun bilan ko„zoynak” edi. (Bular “Turkiston viloyati gazeti”ning 1875-yil, 21-aprel, 10-sonida bosilgan). Birinchi ocherk – “Magilan hikoyasi” 1875-yil, 10- sentyabrda (№ 22), rus tili orqali ag„darilgan birinchi nemis ertagi “Latifa” nomli asar edi. 1885-yil 12-apreldan boshlab (Sattorxonning gazetada tarjimon bo„lib ishlashining ikkinchi yilida) yunon faylasuf- larining hikmatli so„zlari turkumi tarjima qilila bordi. “Turkiston viloyati gazeta” yunon donishmandlarining hikmatli so„zlari tarjimasi siklini bosib tugallagach, o„sha yili 10-oktyabrdan boshlab L.Tolstoyning “Odamlar nima birlan tirik” hikoyasining tarji- masini bera boshladi. 1887-yilning oxirida bu hikoya tarjimasi to„la 124 nashr etib tugallandi. 1888-yilda esa Maykovga bag„ishlangan she‟r, 1889-yilda A.Fetning she‟rlari va uning ijodiga bag„ishlangan maqola- lar bosildi. 1889-yilda “Bir rusiya shoiri”, “Ko„klam”, “Yulduzlar”, “Oy” nomli she‟rlarining satrma-satr ag„darmasi o„quvchilarga taqdim qilindi. Gazetaning 1890-yil 11-sentyabr sonida “Odam ko„ngli avsa- ri” 1 asarining tarjimasi bosilarkan, redaksiya: “Ushbu baytni biz rusiya kitobida o„qib, ushbu gazetamizda tarjima qilduk” deb yozgan. Oradan bir necha yillar o„tgach, 1899-yilda A.S.Pushkinning tu- g„ilganiga yuz yil to„lishi munosabati bilan o„tkazilgan yubiley kunlari uning haqida maqolalar va yuqorida qayd qilingan “Shoir”, “Shoirga” she‟rlari (1899-yil, 20, 28-may), “mazkur Pushkin shoir shoirlik xusu- sida bul tariqa mazmunlik nazm etibdurlar” degan nom bilan “Baxcha saroy fontani” [1899-yil, 3-iyul (nasriy yo„l bilan)] kabi asarlarining tarjimalari bosildi. Bulardan tashqari, o„sha yilning 24-iyulida shoir- ning “Baliqchi va baliq haqida ertak” nomli asari xam nasriy yo„l bilan tarjima qililgan. Mazkur asarning she‟riy tarjimasi gazetaning 1899-yil 14-avgust sonida bosilgan bo„lib, bu Pushkin asarlarining birinchi she‟riy tarjimasi edi. 1902-yilga borib L.Tolstoyning “Бог правду видит, да не скоро скажет” degan hikoyasi o„zbek tiliga o„girilib, mazkur gazetaning 22- fevral, 2-mart sonlarida nashr qilindi. (Hikoyaning sarlavhasi o„zbek- chaga tarjima qililmagan, shuning uchun biz ham asarning nomini aynan keltirdik). O„sha sonda I.A.Krilovning “Волк и журавль” nom- li masali qozoqchaga tarjima qilib berilgan. Ammo na Krilovning va na tarjimonning nomi ko„rsatilmagan, hatto sarlavhasi ham tarjima qililmagan. Gazetaning o„sha yil 24-oktabr sonida “Krilov nomli katta rus shoir musannifining timsoli “Maymun ila ko„zoynak” va “Лев на ловле” (keyingi masalning sarlavhasi tarjima qililmay ruscha yozil- gan) hamda “Tulki bilan uzum”, “Oqqush, qisqichbaqa va cho„rton” kabi masalalarning tarjimalarini ko„ramiz. 1900-1917-yillar mobaynida o„zbek tilida chiqqan terma kitob- xrestomatiyalarda ham I.A.Krilovning bir qancha masallari tarjima qilib bosildi. Masalan, Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” kito- bida “Bo„ri bilan turna”, “Tulki bilan xo„roz”, “Pashsha bilan ari”, “Qurbaqa bilan ho„kiz” masallari, Ali Asqar ibn Bayram Ali Kalinen- ning “Muallim us-soniy” xrestomatiyasida “Tulki bilan uzum”, “Bog„- 1 Sifati – maqtovlari. 125 bon bilan ayiq”, “Eshak bilan bulbul”, “Oqqush, qisqichbaqa va cho„r- ton”, G„ulomiddin Kabirzodaning “Ta‟limi soniy” to„plamida “Tikan- lik daraxt bilan bog„bon”, “Pashsha bilan ho„kiz”, “Ari bilan asalari”, Serikboy Oqaevning “Xrestomatiya, ya‟ni terma kitob”ida esa “Sich- qon bilan kalamush”, “Bo„ri bilan turna”, “Dehqon bilan ot”, “Do„sti nodon” (“Пустынник и медведь”) va boshqa masallarning tarjimalari berilgan. Bularning ba‟zilari nasriy va ayrimlari she‟riy tarjimalardir. Yuqorida qayd qilib o„tilgan kitoblarda A.S.Pushkin she‟rlari, Lev Tolstoy hikoyalari va mualliflari ma‟lum bo„lmagan masal, hikoyalar- ning tarjimalari ham mavjud. Masalan, Oqaevning xrestomatiyasida “Urus bilan tatar”, “Tulki bilan bo„ri”, “Ilgari aytma”, “Qalmoqning hikoyasi”, Kalinenning “Muallim us-soniy” xrestomatiyasida “Oʻqi bilan choʻpi”, “Sud, ya‟ni soʻrog„” va boshqalar bor. Yuqorida nomlari qayd etilgan tarjima asarlari rus tilidan o„zbek tiliga qilingan badiiy tarjima tarixining ilk sahifalarini tashkil etadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling