O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Sattorxonning ma‟rifatparvarlik g„oyalari va tarjimonlik
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
10.6. Sattorxonning ma‟rifatparvarlik g„oyalari va tarjimonlik
faoliyati Biz XIX asrning ikkinchi yarmidagi tarjimachilik harakatini tek- shira turib, Sattorxon haqida yangi-yangi qiziqarli materiallarga duch keldik. Shulardan biri “Туркистон вилояти газети”da 1890-yilda o„zbek va rus tillarida chiqqan “Bir chimkentlik musulmon o„tgan voqealarni yodig„a olib yozg„ani” memuari bo„lib, unda muallifning nomi qo„yilmagan bo„lsa ham, Sattorxon yozganligi ma‟lum bo„ldi. Chunonchi, bu xotira keyinchalik to„plamlarda bosilib chiqqanida uning muallifning – Sattorxonning nomi ochiq qo„yilgan edi. Ushbu xotiraga qaraganda, Sattorxon o„zi tug„ilgan (1843-yil) Chimkent shahrida o„qib, u yerda boshlang„ich ma‟lumot olganidan so„ng, Tosh- kentdagi Shukurxon madrasasida o„qigan. Sattorxonning iste‟dodi, zehni uning arab, fors tillarini tez va yaxshi o„rganib olishiga imkon bergan. U 1862-yilda, 19 yoshida Chimkentda muftilik qila boshlagan. Ammo bundan muqaddam uning o„rnida ishlab turgan mutasavvuf 121 qozilar unga qarshi ig„vo qiladilar. Shundan so„ng u Toshkentga ketishga majbur bo„ladi. Bu haqda Sattorxon shunday yozadi: “1883-yilda men, – deb yozadi Sattorxon, – Turkiston viloyatida sartiya tilida chiqib turgan rusiya gazetig„a tarjimonlikka tayinlanib, 1884-yilda, birinchi avgustda Turkiston viloyatining uchitelskaya seminariya madrasasig„a sartiya va forsiy tilini mukolama qilib tur- moqqa tayinlanib, mansabda 1889-yil 1-martgacha turub, andin keyin Sirdaryo muzofotidag„y oblast mahkamasida yer solig„ini tayiv qiladi- gan komissiyasig„a tarjimonlikka tayinlandim. Ushbu mansabda va mazkur gazetada alhol ham tarjimonlikda turibman”. Oradan to„rt o„tgach, 1893-da Sattorxon Chimkentga qozi bo„lib saylanadi va 1899-gacha shu vazifada ishlaydi, bolalarini rus tuzem maktabiga berib o„qitadi. Umrining oxirgi yillarini (1899-1901) Sat- torxon Toshkentda og„ir ahvolda o„tkazadi. Uni, bir tomondan, chor, amaldorlari o„zlari uchun “begona” deb hisoblasalar, ikkinchi tomon- dan, o„zbek ruhoniylari “kofir”likda ayblab, bo„hton ustiga bo„hton yog„dirar edilar. Sattorxon moddiy tomondan qiynalib, Chimkentdagi uyini sotadi, Toshkentdagi uyini esa ijaraga qo„yib, o„zi ish topolmay azob chekib, faqirlikda 1901-yil 22-dekabrda 58 yoshida vafot etgan. Uning vafotidan so„ng, gazetalarda o„zbek va rus tillarida chuqur ta‟ziyalar bildirilib, Sattorxonning oliyjanob ma‟rifatparvarlik ishlari, rus xalqining do„sti, rus tili, madaniyatining targ„ibotchisi ekanligi qayd etildi. Shuni aytish kerakki, Sattorxon o„zining o„tkir maqola- larini o„zbek gazetasida turli taxalluslar ostida bostirib chiqardi. 1883- yilda “Туркистон вилояти газети”ga ishga kirishi bilanoq “mulla Abdullo”, keyinchalik yana boshqa taxallusda maqolalar yozib, rus tilini targ„ib qilar edi. U shunday yozadi: “Umid qilamiz va ishona- mizkim, imkoni boricha o„zlaringiz o„rusiya tilini bilmoq to„g„risida, xususan farzandlaringizni ham o„rusiya tiliga o„rgatmoqda taraddud qilursizlar deb. Agar o„rusiya tilini bizlar o„zimiz bilmasak va bolala- rimiz bilmasalar, bizlar har to„g„rida qiyinlik holda bo„lub, har vaqtda zarar va ziyon tortsaq kerak. Masalan, har vaqtda bizlar o„rusiya xalqi birlan aralashib va ishlashib turamiz, nechukkim, bizlarga alhol huku- mat yurgizib turg„an o„rusiya xalqidur. Boshimizga bir ish va da‟vo – janjal tushsa, albatta, noiloj hokimlarga bormay bo„lmaydur. Hokim- larga arz qilganda o„zimiz o„rusiya tilini bilmagan sababdin, bizlar birla hokimlar o„rtasida bir tarjimon turub, bizlarning arzimizni hokimlarga aytadur”. Sattorxon rus tilini o„rganish masalasi hayotiy 122 zaruriyatdan kelib chiqqanini aytadi: “Bizlar o„rusiya xalqi birlan har vaqt uchrashib turamiz, chunonchi savdo va bo„lak ishlar xususida so„zlashib turmoqimiz zarur bo„lib turibdur. O„rusiya tilini bilmagani- miz sababidin o„z foydamizni qilishga qisqalik qilib qolamiz. Agar aytsakkim, “o„rusiya tilini bilmoq bizlarga zarur emas, tarjimon birlan ishimiz bitadur”, lekin har vaqt va har soat tarjimonni topib bo„lmay- di. Bizlar o„rusiya xalqi birlan bozorlarda va ko„chalarda va yo„llarda va do„konlarda uchrashib, savdo va yo bir zarur ish xususida so„zlash- moqchi bo„lsak, shu zamon tarjimon topmoq ko„p mahol ishdur. Ma- bodo agar tarjimon uchrab qolsa ham, o„zimiz so„zlashgan barobari, albatta, bo„lmaydur”. XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan iste‟dodli, taraq- qiyparvar olim, murabbiy, rus tilining birinchi targ„ibotchisi va birin- chi jurnalist, juda ko„p badiiy, tarixiy, tibbiy asarlarni rus tilidan o„zbek tiliga tarjima qilgan Sattorxon umrining oxiriga qadar tarjima ishlari bilan shug„ullandi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling