O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Ilmiy jamiyatlar va ularning asarlari tarjimasi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

10.3. Ilmiy jamiyatlar va ularning asarlari tarjimasi 
O„rta  Osiyo  Rossiya  tarkibiga  qo„shib  olingandan  keyin  mamla-
katda  juda  muhim  voqealar  ro„y  berdi.  Shulardan  biri,  Toshkent  va 
boshqa shaharlarda bir qancha ilmiy  jamiyatlarning tashkil topishidir. 
Ilmiy jamiyatlar fan yutuqlarini targ„ib qilish, o„lka tarixini o„rganish, 
xalqqa tibbiy yordam ko„rsatishda, qishloq xo„jalik ishlab chiqarishida 
o„z  zamonasining  mashina-texnikasini  kiritishda  katta  ahamiyat  kasb 
etgan  edilar.  Bu  ilmiy  jamiyatlarda  rus  olimlaridan  V.V.Bartold, 
V.V.Radlov,  N.I.Veselovskiy,  P.I.Xomutov,  V.L.Vyatkin,  A.P.Shi-
shov,  L.V.Oshanin,  M.S.Andreyev,  M.I.Slonim,  M.I.Shishovalar  be-


 
116 
vosita qatnashganlar. O„lkaning geografik tuzilishi, yer osti boyliklari, 
ishlab  chiqarish  kuchlarini  o„rganishda  rus  olimlari  –  P.P.Semenov-
Tyanshanskiy, I.V.Mushketov, A.P.Fedchenkolar hissa qo„shganlar. 
 “Туркистон  вилояти  газети”ning  1896-yil  2–4-sonlarida  “Arxeolo-
giya  havaskorlari  Turkiston  to„garagi  ustavi”ning  tarjimasi  bosildi. 
Tarjima  ustavning  moddalarini  tushuntirib,  uzundan-uzun  jumlalar 
bilan, ko„p narsalarni o„zidan qo„shib, sharhlab berdi. Masalan, o„sha 
ustavning  nomi  –  “Устав  Tуркестанского  кружкa  любителей 
археологии”  so„zlarining  o„zbekcha  tarjimasini  qarang:  “Turkiston 
viloyatida  qadimgi  vaqtda  bo„lgan  shaharning  asorat  va  nishonlarini 
va ko„hna imoratlarini va eski asbob va idish va har xil pullarni topib, 
ilm,  tarix  ma‟nosida  bilmak  va  saqlamoq  uchun  Toshkent  shahrida 
barpo  bo„lgan  arxeologicheskiy  degan  alohida  jamoaning  sa‟y-hara-
katlari qoida va nizomlari ushbudir”. Asl nusxada besh so„zdan iborat 
jumla  “tarjima”da  qirq  to„rtta  so„z  bilan  berilgan!  Chunonchi,  “va” 
bog„lovchisining o„zi 8 marta takrorlangan. O„sha ustavning 1-modda-
si (§ 1) quyidagicha tarjima qilingan: 
 
R u s ch a s i: 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling