O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Tayanch so„z va iboralar: terma kitob – xrestomatiya, ilmiy
jamiyatlar, adabiy tanqidchilik va badiiy tarjima, ma‟rifatparvarlik, lug„at manbaining boyishi. 10.1. Ilk tarjimalar haqida XX asrning 20-yillariga qadar rus tilidan o„zbek tiliga qilingan tarjimalar madaniyatimiz tarixida muhim o„rin egallaydi. Rus tilidan qilingan tarjimalar tarixini yaratish tarjimashunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Bu davrga qadar rus tilidan qilingan tarjimalarni chuqur ilmiy tahlil qilishga bag„ishlangan maxsus monografik ish, afsuski, hozirgacha yaratilgan emas. Lekin ayrim katta ishlar tarkibida yoki maxsus maqolalarda bu masala ma‟lum darajada o„rganilgan. Masalan, I.O.Sultonovning “Pushkin va o„zbek adabiyoti”, M.Troitskiyning “O„zbekistonda Pushkin merosi” nomli maqolalarida shoirning o„zbek tiliga qilingan dastlabki tarjimalari to„g„risida ma‟lu- motlar berilgan. Akademik T.N.Qori-Niyozov o„zining “O„zbekistoni madaniyati tarixidan ocherklar” va akademik I.M.Mo„minovning “O„zbekistonda ijtimoiy–falsafiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan” nomli monografiyalarida ham ruschadan qilingan tarjimalar haqida qimmatli fikrlar berilgan. G„.Karimov “Rus madaniyati va rus klassik adabiyotining o„zbek adabiyotiga ta‟siri masalalariga doir” va A.Boboxonov “Qardoshlar- 113 cha do„stlikning manbai” nomli maqolalarida rus – o„zbek adabiy alo- qalari tarixiga doir muhim fikrlarni bayon qilganlar. 1963-yilda A.Hojiahmedov “Rus klassik adabiyotidan ilk tarjima- lar va ularning o„zbek adabiyoti taraqqiyotidagi ahamiyati” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi yozdi va ish yuzasidan bir qancha maqolalar nashr ettirdi. Shu satrlar muallifi ham o„zining “Rus tilidan o„zbekcha- ga she‟riy tarjimaning ba‟zi masalalari” nomli asari va boshqa bir qancha maqolalarida bu haqda ba‟zi fikrlarni aytgan. O„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar tarixi haqida so„z borganda akademik V.V.Bartoldning “Turkistonda madaniy hayot tarixi” degan ajoyib kitobini tilga olmaslik mumkin emas. Rus tilidan o„zbek tiliga va o„zbek tilidan ruschaga tarjima qilgan o„zbek ma‟ri- fatparvari Sattorxon haqida N.P.Ostroumov bir qancha materiallarni beradi. O„zbekistonda rus tilining ilk targ„ibotchilari Sattorxon bilan Is‟hoqxon haqida filologiya fanlari nomzodi Olim Usmonov ham juda muhim fikrlarni bayon qilgan. N.Vladimirovaning “Rus tilidan o„zbekchaga badiiy tarjimaning ba‟zi masalalari” nomli kitobida ham Tolstoyning Oktabr to„ntarilishi- dan oldin o„zbek tiliga o„girilgan faqat ikkita hikoyasi tilga olinadi, xolos. Bu asarda Oktabr to„ntarilishidan ilgari qilingan tarjimalar haqida umuman noaniq fikrlar aytilgan: “Задолго до Октябрьской революции были попытки переводить Пушкина, Крылова, Чехова, Толстого. Правда, eти переводы не отражали полностью идейные и художественные достоинства оргинала. Их можно оценить как своеобразные сочинения на заданную тему”. Rus tilidan qilingan tarjimalar tarixini ba‟zi olimlarimiz XIX asr- ning 2-yarmidan boshlaydilar. Vaholanki, rus va o„zbek xalqlarining o„zaro aloqalari, iqtisodiy munosabatlari qadim zamonlardan beri mavjud. Bu munosabat va o„zaro aloqa jarayonida, albatta, tarjimonlar rus tilidan o„zbek tiliga va, aksincha, o„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilganlar. Rus tilidan qilingan tarjimalarning birinchi yodgorliklari diplomatik hujjatlar bo„lib, ular bir necha yuz yillar ilgari o„zbek tiliga tarjima qilina boshlagan edi. Ma‟rifatparvar shoir Furqat rus tili va madaniyatidan barcha xalq- ning bahramand bo„lishi zarur deb da‟vat qiladi. U: “...Rusiya xalqi xat va lison o„rgatmoqqa bizni taklif qilsa, murodi yomon emasdur. Balki mamlakat obod bo„lib, fuqaro va raiyalar osoyishta bo„lmoqla- rini xohlaydir. Az baski, Rusiya xalqi hamma vaqt biz musulmon xal- 114 qini davlatmand va xursand bo„lmog„imizga ko„shish qiladi” – deb yozgan edi. Rus tili va madaniyatini egallashga da‟vat qilganlar ichida ma‟rifatparvar olimlardan biri Is‟hoqxon bo„lib, u “Lug„ati sitta alsi- na” (“olti til lug„ati”) va boshqa bir qancha asarlarning muallifi ham shoirdir (u “Ibrat” taxallusi bilan she‟rlar yozgan). “Biz turkistonlik- larga birinchi zarurimiz rusiya xatidir” “(“Rusiya xati” – rus tili ma‟nosida – J. Sh.) deb qat‟iy ishongan Is‟hoqxon maktab ochib, unda rus tilini o„rgata boshladi. U tipolitografiya tashkil qilib, ilm-ma‟rifat- ga da‟vat qiladigan bir qancha asarlar va shu jumladan “Lug„at kitob” nashr qildirdi. Shoir Avaz O„tar o„g„li hamda o„z ijodiy faoliyatini XX asr bosh- larida boshlagan, Hamza va Sadriddin Ayniy ham yoshlarni rus tili va rus madaniyatini egallashga chaqirgan. Turkiston viloyatida XX asrning 20-yillariga qadar tarjimon kadr- larga ehtiyoj juda katta bo„lishiga qaramay bironta ham maxsus tarji- monlar maktabi yoki tarjimonlar tayyorlovchi kurs ochilmagan. Gar- chi o„lkada mavjud rus va rus – tuzem maktablari o„z oldiga maxsus tarjimonlar tayyorlash maqsadini qo„ymagan bo„lsa ham, bu maktab- larni bitirganlar orasidan ancha tarjimon yetishib chiqqan. Mazkur maktablarda rus tili darslarida tarjima mashqlari o„tkazilgan, kichik- kichik adabiy asarlar – masal, hikoyalar tarjima qilingan. Turkistonda ochilgan rus maktablari, gimnaziya va seminariyalarga qozoq, qirg„iz, o„zbek va boshqa mahalliy xalq bolalari ham, asta-sekinlik bilan bo„l- sa-da, kirib o„qiy boshladilar. Masalan, 1896-yilda Toshkentdagi o„g„il bola va xotin-qizlar gimnaziyasida mahalliy xalqdan 10 o„g„il va 8 ta qiz bola o„qir edi. Turkistonda 1874-yildan boshlab rus tuzem maktablari ochildi. Birinchi maktab Chimkentda ochilgan bo„lib, unda yerli xalqdan chiq- qan o„qituvchi Sattorxon birinchi bo„lib dars bergan edi. Toshkentda rus tuzem maktabi o„n yildan keyin–1884-yilda eski shaharda Said Azim boyning uyida ochildi. Unda o„zbek tili va odatla- rini yaxshi bilgan V.Nalivkin muallim bo„lib, maktabning ochilish ku- nida 39 talaba to„plangan edi. Bu maktabdan keyin Toshkentda, Tur- kistonning boshqa katta shaharlarida yana bir nechta rus tuzem mak- tablari birin-ketin ochila bordi. Toshkentdagi ikkinchi rus tuzem mak- tabi qoshidagi kechki kursda o„quvchilarning soni 30 ga yetgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling