115
10.2. Terma kitob – xrestomatiyalarda bosilgan tarjimalar
Rus-tuzem maktablari ochilgan dastlabki yillarda na fan dasturi,
na darslik va na biron qo„llanma bor edi. Har qaysi muallim o„z bilga-
nicha o„qitar, shuning uchun darslik va qo„llanmalarga bo„lgan ehtiyoj
va talab kundan-kunga ortib borar edi.
Rus tilini o„rgatishda, rus tuzem maktablari uchun terma kitob –
xrestomatiyalar va darsliklar tuzishda mashhur pedagog S.Grame-
niskiyning “Ўқув китоблари” katta rol o„ynadi. S.Grameniskiy rus
tuzem maktablari uchun to„rtta “Ўқув китоб” tuzib, 1895-1899-yillar
ichida nashr qildirdi. Ular qisqa fursatda bir qancha marta qayta nashr
qilindi. Masalan, uning talabalarga rus bo„lmagan o„quv yurtlarida rus
tili o„qitish bo„yicha tuzgan “Биринчи ўқиш китоб” 1906-yilga borib
olti marta qayta nashr qilingan bo„lsa, ikkinchi kitobi 1913-yilga borib
sakkiz marta qayta nashr qilindi. S.Grameniskiy o„z o„quv kitoblariga
I.A.Krilov masallari, A.S.Pushkin she‟rlari, L.N.Tolstoy hikoyalaridan
tanlab kiritgan edi.
O„zbek tilida rus tuzem maktablari uchun birinchi darslik yozgan
kishi Toshkentdagi birinchi rus tuzem maktabining muallimi Sayd Ra-
sul xo„ja Said Aziz xo„ja mufti o„g„li bo„lib, u “Ustodi avval” kitobini
1900-yilda nashr ettirdi. Kitobning nomi muqovada rus va o„zbek
tillarida yozilgan. Kitob 1913-yilga borib 14 marta qayta nashr etildi.
Qo„qon shahridagi rus tuzem maktabining muallimi Serikboy
Oqayev 1912-yilda “Xrestomatiya, ya‟ni terma kitob” ni nashr qildi.
Bu kitobning kotibi va muharriri tilshunos olim Ashur Ali Zohiriydir.
Xrestomatiyaga 60 dan ortiq masal va hikoyalar kirgan, ularning yar-
mi deyarli tarjima asarlaridir. Bular orasida I.A.Krilov, A.S.Pushkin,
L.N.Tolstoy asarlari tarjima qilib berilganligi diqqatga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: