O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
§1. В Tуркестанском крае учреждается кружок любителей археологии. O„ z b e k ch a s i: §1. Turkiston viloyatida qadimgi vaqtdan qolgan mazkur ko„hna joy, shahar va imorat- larning asoratlarini bilmoq va eski asboblarni saqlamoq uchun ilm tarixini yaxshi ijtihod aylagan odamlardan arxeologicheskiy degan nom maxsus jamoa barpo bo„lindi. Ko„rasizki, yetti so„zdan iborat axborot o„zbekchaga 30 so„zlik uzundan-uzun izohlar va ta‟rif-tavsiflar bilan “tarjima” qilingan. Keyingi moddalarda ham ahvol shu. Yoyiq va cho„ziq jumlalar, takror qilingan sharhlar kelaveradi. Zotan, sarlavhada “археология”, “кружок” degan so„zlarga izoh berilgan bo„lsa-da, matn ichida uni har moddada o„nlab so„zlar bilan izohlayverish kulgili tuyuladi. Bu ustav alohida kitob “Turkiston arxeologiya jamiyati” tarzida bosilib chiqdi. Bu yerda yuqorida keltirilgan misollardagi kabi cho„ziq va uzun- dan-uzun jumlalar yo„q. Lekin tarjimon “природа” so„zini “tabiat” deb berish o„rniga “havo” deb tarjima qilish bilan qo„pol xatoga yo„l qo„ygan. Tarjimon bu maqolada “elektr”, “magnit”, “mashina”, “telegraf”, “telefon” va boshqa baynalminal so„zlarni aynan o„zicha 117 olib ishlatgan. Lekin terminologiya sohasida ayrim siyqalashtirishlar ham yo„q emas. Chunonchi, “telefon” so„zining “telepun surnay” deb olinishi g„alati tuyuladi: “Va yana elektrichestvo vositasi ilan odamlar bir-biridan miqdor, ming chaqrim masofada va ajrab qolg„onda, chu- nonchi bir odam bir shaharda va bo„lak odam boshqa shaharda o„z vatanida turub, telegraf birlan bir lahzada xabar yetkazadur va ham telepun surnay ilan to„g„ri so„zlashadur”. Shunisi diqqatga sazovorki, muallif o„z maqolasida faqat fan va texnika yutuqlarini bayon qilibgina qolmay, balki bundan tegishli amaliy xulosalar ham chiqargan: “Rossiya fuqarolari birlan yaqin turub, mazkur rusiyalardan har xil ilmning yorig„lig„ini va manfaatini olsalar bo„ladur, va agar mazkur musulmoniyalar rusiya tilini va xatini bilib, o„rganishib, rusiya kitoblarini o„qub, mazkur kitoblardan har tariqa ilmlarning bayonini bilsalar bo„ladur. Bul tariqa fahmlab, musulmoniya fuqarolarning madrasalarida turadurg„on mudarrislar va shogirdlar bo„lak fuqarolarg„a o„zlari ibrat bersalar kerak va bu vajdan mazkur madrasalarda har xil arabi va forsi ilmlardan boshqa, rusiya zabonini ham o„rgansalar kerak”. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling