O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
O„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
10.5. O„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar
O„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish ishlari qadim zamonlardan beri davom etib kelgan. Bu tarjimaning birinchi yozma yodgorliklari diplomatik hujjatlar, turli shartnomalar va hokazolardan iborat edi. O„sha davrda tarjimaning bu turi yanada kuchaydi. Endi tarixiy asar- lar, etnografik materiallar, folklor asarlari, ocherk, memuarlar va turli hikoyalar ham o„zbek tilidan rus tiliga tarjima qilina boshladi. O„zbek tilidan ruschaga tarjima qilingan dastlabki asarlardan biri “Boburnoma” edi. 1857-yilda sharqshunos olim N.I.Il‟inskiy “Bobur- 119 noma”ning matnini Qozonda bostirib chiqardi. 1871-yilda N.N.Pantu- sov, S.I.Polyakovlar mazkur asarning ayrim boblarini rus tiliga ag„- dardilar. (M.Sale “Boburnoma”ning to„la matnini tarjima qilib, birin- chi kitobni 1948-da chiqardi, 1958-da esa asarning to„la to„kis tarjima nashrini ta‟minladi). XVII asrga doir tarixiy asarlardan biri – Abulg„oziyning “Shajara- i tarokima” asarini sharqshunos olim A.G.Tumanskiy rus tiliga tarjima qilib, 1897-yilda Ashxobodda chiqardi. Boshqa bir tarixiy asar – “Samariya”ni Ulug„bek observatoriyasini birinchi bo„lib topgan sharq- shunos olim V.L.Vyatkin rus tiliga tarjima qilib, 1904-da Peterburgda nashr qildirdi. Musulmon odati va huquqiga oid (“Hidoya”) nomli asarni sobiq Samarqand gubernatori Grodekov rus tiliga tarjima qilib, 1893-yilda nashr qildirdi. Arab tilini mukammal bilgan Sattorxon Grodekovga o„zining qimmatli maslahatlari bilan juda katta yordam bergan edi. Rus olimlari o„zbek adabiyoti namunalarini qidirib topib, nashr va tarjima qilib, bular to„g„risida maqola va katta asarlar yoz- ganlar. Ayni zamonda ruschadan ko„pgina risola, badiiy asarlarni ham o„zbek tiliga tarjima qilganlar. Masalan, akademik A.N.Samoylovich, Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo, Sidqiy, Furqat, Bahodir, mulla G„oyib, Bahriy, Do„st Ali, Xoksor, mulla Mirzo kabi 38 ta shoirning asarini to„plash bilan birga, ularning ba‟zilarini tarjima qilishga ham kirishdi va ko„plari haqida ilmiy asarlar yozdi. Akademik V.V.Bartold turkiy tillarni, jumladan o„zbek tilini bili- shidan tashqari, fors, arab tillarini ham egallagan edi. U ko„pgina tarji- ma asarlarining mas‟ul muharriri bo„lgan. Akademik V.V.Bartold O„r- ta Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti to„g„risida yozgan asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. N.P.Ostroumov shoir Furqatning “Akt majlisi xususida”, “Tosh- kand shahrida bo„lgan na‟ma bazmi xususida”, “Suvorov haqida”, “Shoir ahvoli va she‟r mubolag„asi xususida”, “1891-22-yil yanvar- da...”, “1891-yil 10-fevralda...” kabi she‟rlarini tarjima qilib, uning asarlarini rus xalqiga birinchi bo„lib tanitdi. Tarjimon “Sattorxon Abdul G„afforovning xotiralari” (“Воспоминание Саттархана Абдул Гаффарова”), “Qo„qon shoiri Zokirjon Furqatning avtobiografiyasi” (“Aвтобиография Кокандского поeта Закирджан Фурката”) kabi memuar asarlarni ham ruschaga tarjima qilgan. Furqat 1890-yil, 5-oktyabrda Toshkent teatrida bo„lgan vaqtida “Suvorov” spektaklini ko„rganidan so„ng ilhom bilan o„zining “Suvo- 120 rov haqida” she‟rini yozadi. N.P.Ostroumov shoirning ana shu she‟rini rus tiliga satrma-satr tarjima yo„li bilan tarjima qilgan edi. Bitta misol keltiramiz. Shoir Suvorov haqidagi voqeani boshlamasdan ilgari, mug„anniyga murojaat qilib, shunday deydi: Mug„anni, nag„mani kel aylab og„oz, Urush ohangida qil pardasin soz. Teatr bazmini obod qilg„il, Tamosho ahli ko„nglin shod qilg„il. Bu satrlarni N. P. Ostroumov ruschaga shunday tarjima qilgan: Приди певец и начинай петь! Настрой свою арфу и приступай к мелодиям. Вопроизведи театральное представление, Повесели сердца слушателей... She‟rning mazmuni asosan to„g„ri berilgan. Bunda o„zbekcha soz ruscha arfa bilan almashtirib berilganligini to„g„ri deb bilmoq kerak (shoir V.Lipko uni aynan “saz” deb qoldirgan), chunki “arfa” so„zi bu o„rindа umuman “kuylovchi” obrazini aks ettirib, majoziy ma‟no kasb etgan. Afsuski, oradan rosa 60 yil o„tgandan keyin V.Lugovskoy va S.Somovalarning ruscha “tarjima”sida Furqatning ayni o„sha she‟ri butunlay o„ziga o„xshamay qolgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling