XRESTOMATIYA (TERMA KITOB)DA BOSILGAN MASAL
VA ERTAKLAR
O„zi tutilgan o„g„ri
Bir o„g„ri kechasi bir boyning imoratiga kirib, har xil narsalarni
o„g„irlab chiqayotgan vaqtida, oyog„idan bir narsaga ilinib yiqilib,
hamma joyni dupirlatib yubordi. Boy eshitib, xizmatkorini uyg„otib
aytdi: “Qaragil, qarang„uda kim bor ekan”. Xizmatkor aytdi: “Pishak-
dur, qaramoq darkor emas”. Boy aning so„ziga qaramasdan, qo„liga
sham yoqib olib omborxonaga kirdi. O„g„ri bularning kelayotganini
bilib, olgan narsalarini joy joylariga qo„yib, burchakda tamaki turgan
ekan, ani ichini kavlab, o„zi yashrundi. Boy xizmatkori ilan u yon bu
yon qarab, hech kimni ko„rmadi. Boy aytdi: “Odam bor, shekilli”.
Xizmatkor uyqudan ko„zini ocholmay aytar erdiki: “Pishakdur yoki
olbastidur”. Ammo o„g„ri tamakiga o„ranib yotganda, tamakini hidi
burniga kirib, dimog„ini qichitib, xushkurmoqi kelib, og„izlarini
yopib, harakatlanib, azoblanur erdi. Oxiri tamaki hidiga chidolmay,
o„g„ri xushkurib yubordi. “Endi chiqib ketib turgan boy o„g„rining
ovozini eshitib, ani topib olib keraklik jazosini berdilar.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |