O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O„zbek  tarjimachilik  tarixini  davrlashtirish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

O„zbek  tarjimachilik  tarixini  davrlashtirish    O„zbek  tarjima 
tarixini  davrlashtirish  ilk  bor  J.Sharipov  tomonidan  amalga  oshirilgan 
edi. Albatta, bu mukammal tasnif bo„lmay,  mavjud  ma‟lumot va  mate-
riallarga asoslanilgan edi. U quyidagicha: 
− XII-XIV asrlarda yaratilgan tarjima asarlari
− XV asrda tarjima qilingan asarlar
− XVI asrda tarjima qilingan asarlar; 
− XVII-XVIII asrlardagi tarjimalar
− XIX asrning birinchi yarmida tarjima qilingan asarlar; 
−  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XX  asrning  boshlarida  arab  va 
fors-tojik tilidan tarjima qilingan asarlar. 
J.Sharipov  o„tmishda  amalga  oshirilgan  tarjimalarni  tillar  (arab, 
fors-tojik, turk) va sohalar (tarixiy, ilmiy, falsafiy, badiiy), tarjima mak-
tablari  (Xorazm,  Toshkent,  Buxoro,  Farg„ona),  toshbosmada  nashr 
qilingan  tarjima  asarlar,  inqilobgacha  rus  tilidan  qilingan  tarjimalar, 
vaqtli matbuot sahifalaridagi tarjimalar nuqtai nazaridan ham o„rganadi. 
Keyingi  davrdagi  izlanishlar  natijasida  qo„lga  kiritilgan  ma‟lu-
motlar  IX  asr  o„rtalaridayoq  turkiy  adabiyotda  tarjimachilik  vujudga 


 
175 
kelganini  ko„rsatadi:  toxar,  xitoy,  so„g„d,  sanskrit  tillarida  yaratilgan 
mashhur asarlar turkiyga o„girilgan. Jumladan, Sharq dramaturgiyasi-
ning  ilk  namunalaridan  bo„lgan  “Maytri  simit  no„m  bitig”  (“Maytri 
bilan uchrashish ulug„ kitobi”) VIII-IX asrlarda sanskritchadagi tarji-
masi  asosida  toxar  tilidan  tarjima  qilingan  (Bu  bilvosita  tarjimaning 
dastlabki namunalaridan biri sifatida ham diqqatga sazovor). Olim va 
tarjimon Singku Seli Tutung IX asr oxiri – X asr boshlarida buddaviy-
likning maxayana mazhabi qonunlaridan iborat “Oltin yoruq” asarini, 
X asrda tan sulolasi davrida o„tgan Syu‟an‟-szanning “Syunszan kech-
mishi” safarnomasini turkiyga o„tkazadi. 
Shundan keyingi XIV asrgacha bo„lgan tarjimachilik arab va fors 
tillari  bilan  bog„liq.  1340-yilda  Qutb  Xorazmiy  Oltin  O„rdada  Nizo-
miy  Ganjaviyning  “Xusrav  va  Shirin”  dostonini,  1391-yilda  Sayfi 
Saroyi Misrda Sa‟diy Sheroziyning “Guliston” pandnomasini “Gulis-
ton  bit-turkiy”  nomi  bilan  tarjima  qilib,  chin  ma‟nodagi  o„zbek  tarji-
machiligini boshlab berdilar. 
XV  asrda  Lutfiy  mashhur  muarrix  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning 
Amir  Temur  yurishlari  haqidagi  “Zafarnoma”  nomli  tarixiy  asarini 
she‟riy tarjima qilishga kirishib, 10 ming bayt atrofida tarjima qilgan 
− tarjima nihoyasiga yetmagan. 
Bu  davr  tarjimachiligining  ham  zabardast  namoyandasi  Alisher 
Navoiy hisoblanadi. U Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” taz-
kirasini ba‟zi o„zgarishlar, qisqartirish va qo„shimchalar bilan “Naso-
yim  ul-muhabbat”  nomi  bilan  o„zbekchalashtiradi.  Ustozining  yana 
payg„ambar hadislari asosida yaratgan 40 hadisning nazmiy talqinidan 
iborat  “Chihil  hadis”  (“Qirq  hadis”)  degan  to„rtliklar  majmuasini 
“Arba‟in” nomi bilan tarjima qiladi. Hazrat Alining hikmatlari asosida 
yaratilgan 255 ruboiyni o„z ichiga olgan “Nazm ul-javohir” ruboiylar 
majmuasini bitadi. 
XVI asrda Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur Xoja Ahror 
Valining “Volidiya” risolasini she‟riy tarjima qiladi. 
Shayboniylardan  Ko„chkinchixonning  buyurtmasiga  ko„ra  buxo-
rolik  Muhammad  Ali  bin  Darvesh  Ali  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning 
“Zafarnoma”sini o„zbekchalashtiradi. 
Abdullaxon davrida “Hadoyiq ul-islom” (“Islom bog„lari”, tarjimoni 
noma‟lum)  va  “Tafsiri  Ya‟qub  Charxiy  (tarjimon  Hoji  Hamadoniy) 
asarlari o„girilgan. 


 
176 
XVII asrda Xomushiy Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sining nasr 
va nazm aralash qisqartirilgan tarjimasini amalga oshiradi. 
Fig„oniy “Kalila va Dimna”ni tarjima qiladi. 
XVIII  asrda  Husay  Voiz  Koshifiyning  “Ravzat  ush-shuhado” 
(“Shahidlar bog„i”) asari Sobir Sayqaliy tomonidan erkin usulda o„zbek-
chalashtiriladi. Muhammad Temur “Kalila va Dimna”ning Husayn Voiz 
Koshifiy  “Anvori  Suhayliy”  (“Suhayliy  nurlari”)  nomi  bilan  forschaga 
ag„dargan nusxasi asosidagi tarjimasini amalga oshiradi. “Chor darvesh” 
asari  uch  marta  −  Yorkentda  (tarjimon  Siddiq),  Buxoroda  (Xomushiy 
tomonidan she‟riy) va Xorazmda tarjima qilinadi. 
XIX  asr  birinchi  yarmida  Farididdin  Attorning  “Pandnoma”  asari 
“Nasihatnoma”  nomi  bilan,  Abdurahmon  Jomiyning  “Nafahot  ul-uns”, 
Navbahoriyning  “Durr  ul-majolis”  (tarjimon  mulla  Rahmonquli  qori), 
“Maqomoti  xo„ja  Zayniddin”  (tarjimon  Abduxalil),  Shayx  Inoyatulla-
ning  “Bahori  donish”  (tarjimon  Nurmuhammad  Buxoriy),  Sharafiddin 
Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”  (tarjimon  Xudoyberdi  so„fi  Xivaqiy), 
Kotib Chalabiyning “Jahonnamo” (tarjimon Mirbadal Boysuniy), “Hiko-
yat  us-solihin”  (tarjimon  Tolibxo„ja),  “Qissai  Mirzo  Hamdam”  asarlari 
tarjima qilingan. 
Umuman, XIX asr boshidan XX asr boshlarigacha xorazmda 120 ta 
asar tarjima qilingan. Ularning 26 tasi adabiy, 24 tasi tarixiy, qolganlari 
turli fanlarga oid kitoblar, falsafiy va didaktik risolalardir. 
XX asr o„zbek tarjimachiligi tarixining oltin sahifalarini tashkil eta-
di. O„tgan asrda asosan rus tili orqali jahon adabiyoti durdona asarlari-
ning asosiy qismi tilimizga o„girilib, ularning ko„pchiligi milliy adabiyo-
timiz  xazinasidan  mustahkam  o„rin  egalladi.  Albatta,  arab,  fors,  hind, 
tojik  kabi  Sharq,  turk,  ozarbayjon,  tatar,  qozoq,  qirg„iz,  turkman,  qora-
qalpoq kabi qardosh tillardan ham ancha tarjimalar amalga oshirildi. 
Mustaqillik  davri  tarjimachiligining  eng  muhim  xususiyatlaridan 
biri  bu  −  bevosita  tarjimaga  e‟tibor  va  rag„batning  kuchayishidir.  Bu 
davrda  arab,  fors  va  qardosh  tillardan  tarjima  qilish  ko„lami  kengayib-
gina qolmay, birinchi marta yapon, xitoy, koreys, ispan, malay, indonez 
tillaridan  tarjimalar  qilina  boshladi.  Ingliz,  nemis,  fransuz  tillaridan 
bevosita  tarjimalar  ham  tobora  ko„payib  bormoqda.  Shunday  qilib, 
Xorazm tarjima maktabi, Sho„ro davri tarjimachiligi va Mustaqillik dav-
ri tarjimachiligini o„zbek tarjimachiligi taraqqiyotining alohida bosqich-
lari sifatida ko„rsatish mumkin. 


 
177 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling