O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Uzoq va yaqin tillardan tarjima – tarjimashunoslikdagi muhim
kategoriyalardan. Lekin tarjimashunoslikdagi yaqin va uzoq tillar tushunchasi tilshunoslikdagi ayni tushunchadan farqlanadi. Ma‟lumki, o„zbek tili turkiy, tojik tili esa eroniy tillar oilasiga mansub. Boshqa-boshqa oilalarga mansubligi jihatidan ular o„zaro uzoq tillar hisoblanadi. Lekin asrlar mobaynida bir jug„rofiy hududda yonma-yon yashab kelganlari, bir xil iqtisodiy-ijtimoiy muhitda rivoj- langanlari, xo„jalik yuritish va turmush tarzidagi umumiyliklar, tarixi, 173 dini, ruhiyati va madaniyatidagi mushtarakliklar, adabiyot va san‟ati- ning yagona an‟analar asosida taraqqiy etgani bu ikki xalqning tili mutlaqo boshqa-boshqa oilalarga mansubligiga qaramay, ularda har tomonlama uyg„unlikning yuzaga kelishiga, leksik jihatdan umumiy- likning paydo bo„lishiga olib kelgan. Biz uchun Sharq tillaridan hind, xitoy, yapon, koreys tillarigina uzoq tillar maqomida. Ma‟lum bo„ladiki, o„tmishda bizda uzoq tillar- dan tarjima muammosi bo„lmagan. Chunki barcha tarjimalar fors, arab, turk tillaridan amalga oshirilgan. Uzoq tillar deganda, bizda asosan Yevropa tillari tushuniladi. Rus tili va u orqali Yevropa tillaridan tarjima qilish O„rta Osiyoning Rossiya tarkibiga qo„shib olinishi bilan XIX asrning oxirgi choraklari- da boshlandi. XX asrning 30-yillarida esa ingliz tilidan qilgan tarjima- lari bilan Sanjar Siddiq Yevropa tillaridan bevosita tarjima qilish an‟anasini boshlab berdi. Lekin bu an‟ana shu bilan qirq yilcha uzilib, 70-yillardan qayta tiklandi. Faqat istiqlol davriga kelib bevosita tarjima keng quloch yoya boshladi − ingliz, nemis, fransuz, ispan tilla- ri bilan birga birinchi marta yapon, xitoy, koreys, malay, indonez tillaridan bevosita tarjimalarga qo„l urildi. Urdu, hind, afg„on tillari- dan tarjimalar miqdori va miqyosi kengaydi. Sharh (arabcha: tushuntirish, izoh, tavsif) – usluban murakkab, qavat-qavat ma‟no qirralariga ega asarlarning mazmun-mohiyatini ochib berish, tushuntirib berish, sharhlash. Sharhnavislik Sharqda keng tarqalgan hodisa: qadim ul-ayyomdan ma‟no-mazmuni teran va serqirra, uslubi murakkab, tili og„ir, ayniqsa, ramzu timsollarga boy asarlarga turli darajadagi sharhlar yozib kelingan. Mumtoz she‟riyatda burilish yasagan lison ul-g„ayb Xo„ja Hofiz, she‟riyat mulkining sulto- ni Alisher Navoiy, Abulmaoniy Mirzo Bedil asarlariga yozilgan ko„p- dan-ko„p sharhlar asrlarni bo„ylab keladi. Qur‟oni karimning 70 foiz ma‟nosi o„z aksini topgani, 690 ta hadisga rumiyona sharh berilgani, 270 ta turli mavzudagi hikoyat o„rin olgani jihatidan Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma‟naviy” asari ham ko„plab sharh- lar uchun manba bo„lib xizmat qilgan. So„fi Olloyorning diniy-tasav- vufiy mazmundagi asarlari ham keng sharhlangan. Hind uslubida ijod qilgani, she‟rlari bir necha ma‟no qirralariga egaligi, mazmuni teran, uslubi murakkabligi uchun Mirzo G„olib asarlariga ham qator-qator sharhlar yaratilgan. Ularning barchasi tarjima va sharh omuxtasidan iborat: ya‟ni avval har bir bayt tarjima qilinib, keyin sharhlab berilgan. 174 Masalan, turk olimi Sudiyning Hofiz devoniga yozgan sharhi haqida shunday deyish mumkin. Sa‟diyning “Guliston” pandnomasini “Shavqi guliston” nomi bilan tarjima qilgan Mullo Murodxo„ja asar hoshiyasida ko„plab tushunarsiz so„z va istilohlarni izohlagan. Sharhning ham turlari ko„p. Ba‟zi sharhlar izohli lug„at xarakterida bo„lib, asar matnidagi tushunarsiz so„z va iboralarni izohlab beradi. Boshqa bir xil sharhlarda asarning g„oyaviy mazmuni izohlanadi – bu tafsirga o„xshab ketadi (Birinchi turi – izohli lug„at, ikkinchisi – adabi- yotshunoslikka yaqin). G„arb adabiyotidan tarjimalar munosabati bilan boshqa xalqlarning tarixi, an‟ana va udumlari, dini, o„ziga xos xususi- yatlari bilan bog„liq tushunchalarni sharhlash ehtiyoji paydo bo„ldi. Bunday sharhlar tarixiy xarakterga ega. Ilmiy asarlar sharhi o„z-o„zidan ilmiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, Alibek Rustamov Atoulloh Husayniyning “Badoyi‟u-s-sanoyi‟” nomli she‟riy san‟atlarga oid asari tarjimasida ko„plab ilmiy-adabiy sharhlar beradi. Davlatshoh Samarqan- diyning “Tazkirat ush-shuaro” (B.Ahmedov tarjimasi) va Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” (I.Bekjon tarjimasi) tazkiralari tarjimasida ham tarixiy, ham adabiy mavzudagi sharhlar berilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” (S.Mirzaev, B.Ahmedov tarjimasi), Nosir Xisravning “Sayohatnoma” (G„.Karim tarjimasi) asarlari tarjimasida esa tarixiy mavzudagi sharhlar yetakchilik qiladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling