O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Tatabbu‟ (arab. − erganish, izdoshlik) − salaflar yoki zamondosh 
shoirlarning asarlaridan ta‟sirlanib, ulardagi vazn, qofiya, radifni saq-
lagan holda, o„sha mavzu va g„oyani davom ettirib, rivojlantirib yozi-
ladigan  asar.  Alisher  Navoiy  “Xamsa”si  ham  buyuk  salaflariga 
tatabbu‟ bo„lib, “Hayrat ul-abror” − Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan 
ul-asror”, “Farhod va Shirin” − Amir Xusrav Dehlaviyning “Shirin va 
Xusrav”,  “Layli  va  Majnun”  −  Xoju  Kirmoniyning  “Gavharnoma”, 
“Sab‟ai sayyor” − Ashraf Marog„iyning “Haft paykar”, Saddi Iskanda-
riy” − Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostonlariga 


 
172 
nazira  tarzida  bitilgandir.  “Lison  ut-tayr”  esa  Farididdin  Attorning 
“Mantiq ut-tayr” masnaviysiga tatabbu‟ tarjimadir.  
Tafsir  (arabcha:  sharh,  izoh,  matnning  ma‟nosini  ochish)  –  biror 
matn  yoki  asarni  har  tomonlama  keng  va  chuqur,  mukammal  sharh-
lash.  U  ko„proq  diniy,  ilmiy,  falsafiy,  tasavvufiy  asarlarga  yozilgan. 
Sharh  esa  asosan  badiiy  asarlarga  nisbatan  ishlatilgan.  Masalan,  Abu 
Ali ibn Sino Aristotelning “Metafizika” asarini qayta-qayta o„qisa-da 
tushunmaydi. Kitob hatto yod bo„lib ketadi-yu, lekin ma‟no-mazmuni 
ochilmay qolaveradi. Abu Nasr Forobiyning unga yozgan sharhi orqa-
li asar  mohiyatini anglab yetadi. Qur‟oni karim suralarining sharhiga 
bag„ishlangan  “Tafsiri  hilol”da  avval  oyatlar  arab  tilida  keltiriladi, 
keyin uning tarjimasi beriladi, shundan so„ng sharhlashga o„tiladi. 
Sharqda tafsir yozish keng tarqalib, alohida ilmiy yo„nalish ko„ri-
nishini  olgan.  Xususan,  Qur‟oni  karim  va  Hadisi  sharifga,  boshqa 
diniy  asarlarga  tafsir  yozuvchi  mufassirlar  yetishib  chiqqan.  Abu 
Mansur  Moturidiy,  Abu  Lays  Samarqandiy,  Mahmud  Zamaxshariy, 
Faxriddin  Roziy,  Mahmud  Nasafiy  kabi  vatandoshlarimiz  shular 
jumlasidandir. 
Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg„oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, Faxriddin Roziy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag„miniy, 
Qozizoda  Rumiy  kabi  ko„plab  olimlar  Arastu,  Aflotun,  Jolinus, 
Suqrot, Buqrot kabi antik davr olimlari asarlarini tarjima qilib, ularni 
tushuntirish  uchun  tafsirlar  yozganlar.  Bu  tafsirlarning  o„zi  alohida 
tadqiqot xarakterida bo„lgan. Sharqda ilm-fan rivoji shunday borgan: 
olimlar o„zlarigacha yaratilgan asarlarni  tarjima qilganlar va sharhla-
ganlar,  ularning  yutuq  va  kamchiliklarini  ko„rsatganlar,  shundan 
keyingina o„z qarashlarini ilgari surganlar. Ilm-fan rivojining bu o„zi-
ga  xos  sharqona  usulining  asl  mohiyatini  tushunmagan  G„arb  tadqi-
qotchilari  Sharq  allomalarini  yoppasiga  sharhnavisga  chiqarganlari-
ning sababi shunda. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling