O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

3.3. XVIII asr 
Drayden  va  Popning  tarjima  konsepsiyalari  negizida  boshqa  ele-
ment,  ya‟ni  aniqlik  va  tushirib  qoldirish  muammosi  o„rasidagi  torti-
shuvdan  tashqari,  tarjimonning  o„quvchi  oldidagi  ma‟naviy  vazifasi 
haqidagi masala namoyon bo„ladi. 
Matn  ruhini  bir  xilda  saqlab  qolishga  bo„lgan  turtki,  zamonaviy 
talablarga javob beradigan matn tili va ma‟no uyg„unligini qayta yara-
tish talabi, keng miqiyosda ancha oldingi matnlarni qayta ko„chirishga 
sabab bo„ldi. 
XVIII  asr  tarjimalaridagi  muhim  unsur  har  bir  shaxsga  o„zining 
individual  atamasi  va  o„z  doirasida  munosib  murojaat  shakli  o„ziga 
xoslik konsepsiyasi o„zgarishi bilan bog„liq. 
Pope  misol  sifatida  Homerning  tarjimalariga  ma‟lum  munosaba-
tini  quyidagi  “The  Iliad”  asarining  Chapman  tarjimasidan  bir  lavha 
keltirib qiyoslaydi.  
                                                 
1
 Pope A. The Iliad of Homer. ed. Maynard Mack. – London: Methuen, 1967.  


 
30 
Asarda keltirilgan misollarni qiyoslaganda Pope Andramaxi azob 
chekib, tushkunlikka tushsa, Chapman Andramaxi esa o„z haq-huquq-
larini himoya qilgan jangchi sifatida namoyon bo„ladi.  
Chapmanning  to„g„ri  fe‟llardan  foydalanishi  sahna  asariga 
drammatik  bo„yoq  beradi.  Ayni  paytda  Popning  lotinlashtirilgan 
tarjimasida  kutilayotgan  o„lim  sahnasidagi  vahima  hissi  oson  qabul 
qilishnishiga urg„u beriladi  
Hattoki,  qo„rquv  sahnasi  ham  farqli  ravishda  taqdim  etiladi. 
Popning  “Xudo  yarlaqagan  Hektori”  tasviri  Chapmanning  qahramon 
o„tinishi sahnasining uzoq tasvirlanishi bilan solishtiriladi.  
She spoke; and furious, with distracted Pace
Fears in her Heart and Anguish in her Face, 
Flies through the Dome, (the maids her steps pursue) 
And mounts the walls, and sends around her view. 
Too soon her Eyes the killing Object found
The god-like Hector dragg„d along the ground. 
A sudden Darkness shades her swimming Eyes: 
She faints, she falls; her Breath, her colour flies. (Pope) 
Thus fury-like she went, 
Two women, as she will‟d, at hand; and made her quick ascent Up 
to the tower and press of men, her spirit in uproar. Round She cast her 
greedy eye, and saw her Hector slain, and bound T‟Achilles  chariot, 
manlessly dragg„d to the Grecian fleet
Black night strook through her, under her trance took away her 
feet. 
(Chapman) 
XVIII  asr  tarjimon  taqlidchi  yoki  rassom  sifatidagi  asliyat  va 
kitobxon oldidagi m‟anaviy burchi  konsepti keng tarqalgan, biroq bir 
qancha  muhim  o„zgarishlarga  uchragan  badiiy  asar  o„zgartirilishi 
jarayonini tasniflaydi va tasvirlaydi. 
Gyote  (1749-1832)  har  qanday  adabiyot,  tarjimaning  uch  bosqi-
chini bosib o„tishi lozim, garchi bosqichlar doimiy ravishda takrorlan-
sa-da,  yagona  til  tizimida  bir  paytning  o„zida  joy  olishi  mumkin, 
deydi. 
Ilk davr “bizni bizning sharoitda xorijiy mamlakatlar bilan tanish-
tiradi”.  Bu  yerda  Gyote  Lyuterning  nemischa  Injilidan  bir  parchani 
ushbu tendensiyaga  misol tariqasida  keltiradi. Ikkinchi  bosqich shun-
dan  iboratki,  so„zlarning  o„rni  almashtirilib  o„zlashtiriladi,  bu  yerda 


 
31 
tarjimon  xorijiy  matnni  o„ziga  qabul  qilib  oladi  va  uni  o„z  atamlari 
bilan qayta ishlaydi. Bu yerda Gyote Vilandning fransuz tarjima an‟a-
nalarini  keltiradi  (nemis  nazariyotchilari  tomonidan  mazkur  an‟anaga 
past  nazar  bilan  qaralgan).  Uchinchi  bosqichni  u  eng  yuqori  bosqich 
deb hisoblaydi. Bu asliyat va tarjima matni orasidagi umumiylikka eri-
shishga harakat qiluvchi bosqichdir. Bunga erishish asliyatning yangi 
shakl  va  mazmun  orasida  yangi  “manera”ni  yaratish  orqali  amalga 
oshadi.  
Gyote Homerni tarjima qilgan Voss ishiga iqtibos keltirib, uni yu-
qori darajaga erishgan tarjimon sifatida ta‟riflaydi. Gyote tarjimadagi 
yangi  orginallik  konseptsiyasi  bilan  birga  tarjimon  chuqur  unversal 
stukturalar ko„rinishini bilishga intilishi kerak deb ta‟kidlaydi. Bunday 
qarashning muammoli tomoni shundan iboratki, notarjimaviylik naza-
riyasi tomon xafvli yaqinlashib boradi.  
XVIII  asrning  oxirlari,  ya‟ni  1791-yilda  Aleksandr  Freyzer 
Taytler  ingliz  tilidagi  tarjima  jarayonlarining  ilk  sistematik  tadqiqiga 
doir  bir  tomli  The  Principles  of  Translation”  asarini  nashr  qildirdi. 
Tytler tomondan uchta asosiy tamoyil belgilab olindi: 
1)  tarjima  orginal  asar  g„oyasining  to„liq  stenogrammasini  aks 
ettirishi lozim; 
2) tarjima shakl va mazmuni asliyat bilan bir xil xususiyatga ega 
bo„lishi lozim. 
3) tarjima asliyat kabi to„liq erkinlikka ega bo„lishi kerak. 
Taytler tarjima jarayoniga aniqlik kiritish uchun tushirib qoldirish 
yoki  orttirish  tarjimonning  burchi  deb  hisoblasa-da,  “parafraza”  tu-
shunchasi  erkin  tarjimalar  ko„payib  ketishiga  olib  kelishini  ta‟kidlab, 
Drayden
1
ning ta‟sir xususiyatiga o„z munosabatini bildiradi.  
U  XVIII  asr  andozalari  asosidagi  tarjimon-rasson  solishtirishidan 
foydalanadi,  biroq  farq  shundaki,  tarjimon  asliyatdagi  bir  xil  ranglar-
dan  foydalana  olmaydi,  shunga  qaramay,  uning  tasvirida  asliyatdagi 
ta‟sir kuchi aks etishi talab qilinadi.  
Tarjimon muallifning “qalbidagi eng nozik qirralarni his qila bili-
shi kerak”, ya‟ni muallif tilidan gapirish kerak.  
Draydendan Taytlergacha bo„lgan tarjima nazariyasi san‟at asari-
ning  muhim  ruhi,  qalbi  va  tabiatini  qayta  yaratish  muammosi  bilan 
bog„langan. 
                                                 
1
 Dryden J. The Aeneid, IV. – London: Oxford University Press, 1961. – p. 212. 


 
32 
Biroq formal struktura va o„ziga xos qalb o„rtasidagi ilgarigi dix-
tonomik (qarama-qarshi g„oya orasidagi farq) ishonch yozuvchi sifati-
da oson qabul qilinadi. Davomiy ravishda ularning e‟tiborini tasavvur 
nazariyasi  muhokamasiga  qaratadi.  Oldingi  fikrdan  farqli  o„laroq, 
ijodkorning  ma‟naviy  vazifasi  Kolorij  tarjimani  “noo„rin  ko„chirish” 
ya‟ni “tarjima yangi hayot emas, balki nusxa yaratish” deb tasvirlaydi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling