O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
-MA‟RUZA TARJIMA TARIXI (DAVOMI)
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so„z va iboralar
3-MA‟RUZA
TARJIMA TARIXI (DAVOMI) Reja: 1. Uyg„onish davri 2. XVII asr 3. XVIII asr 4. Romantizm 5. Post-Romantizm 6. Viktoriya humkronligi davri 7. XX asr Tayanch so„z va iboralar: tarjima konsepsiyasi, tarjimon mahorati, uyg„onish davri, romantizm, post-romantizm, Viktoriya humkronligi davri 3.1. Uyg„onish davri Edmon Keri o„zining buyuk fransuz tarjimonlariga oid izlanish- larida Doletni mukokama qilarkan, XVI asrda tarjimaning ahamiyatini ta‟kidlab o„tadi: “Tarjima jangi Dolet davridan o„zining avj pallasiga kirgan. Islohot, umuman olganda, tarjimonlar orasida muhim bahs bo„lib qolgan. Tarjima davlat hodisasi va din masalasi bo„ldi. Sarbon va qirol u bilan teng mashg„ul bo„lganlar. Shoirlar va prozachilar ushbu masalani muhokama qildilar”. Davrning muhim xususiyatidan biri (Injilning ko„pgina tarjimasi- ning aksariyati ilgarigi variantlarga nisbatan o„zgarishlarsiz amalga oshirilganida aks etadi) zamonaviy ibora yoki uslubning ishlatish orqali mavjudlikni tasdiqidir. Elizabet tarjimonlarining Matison izla- nishlari bir qancha misollarda o„zining o„z aslini namoyon etadi. She‟riyatda Uvayt (1503-1542) va Surrey (1517-1547) kabi tarji- monlar asliyat matniga qilgan o„zgartirishlari tanqidga uchragan. Petrarkaning Uvayt tarjimasi o„rganib ko„rilganda, masalan, sodiqlik alohida so„zlar yoki gap tuzilmalariga emas, balki uning kitobxonni she‟r ma‟nosiga bo„lgan munosabatiga sodiqligidir. Boshqacha so„z bilan aytganda, she‟r muayyan madaniy tizimning artefaki sifatida idrok qilinadi va ishonchli tarjima mo„ljallangan madaniyat tizimida muayyan vazifani berishi mumkin. Masalan, Uvayt Petrarkni mashhur 27 1348-yilning hodisalaridagi sonetini oladi, Kardinal Jovani Kolonna va Lauranning o„limi shunday boshlanadi 1 : Rotta e I‟alta nquiet e‟l verde lauro Che facean ombra al mio stanco pensero; (CCLXIX) (Broken is the tall column (Colonna) and the green laurel tree (Laura) That used to shade my tired thought) and turns it into: The pillar pearished is whearto I lent; The strongest staye of myne nquiet mynde: (CCXXXVI) Tarjima jarayonida u Petrarkaning so„zlarini to„la so„zma-so„z, qatorma-qator yoki orginalning mungli sifatini qayta ifodalamasdan boshqacha tarjima qilgan. Yevropa uyg„onishida tarjima muhim rol o„ynaydi. Jorj Stayner 2 qayt etganidek: “Bir vaqtning o„zida tarjima portlovchi yangilik bo„lgan, ortiqchalik va tartibsizlikka havf bo„lgan, tarjimani o„ziga singdirgn, shakllantirgan, muhim xom-ashyo bo„lgan. Ustiga ustak, u o„tmish va bugun, turli millatchilik va diniy kelish- movchilik, boshni aylantirayotgan turli tillar hamda madaniyatlar o„rtasida aloqa o„rnatgan. Tarjima ikkilamchi faoliyatni anglatmaydi, balki birlamchi faoliyatdir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling