O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

2.5. Ilk nazariyotchilar 
O„n  beshinchi  asrda  chop  etish  uskunalarining  kashf  etilishi 
tarjima  hajmini  yanada  oshirdi.  Shu  bilan  birga,  tarjima  nazariyasini 
shakllantrishga  bo„lgan  jiddiy  urinishlar  ham  qilindi.  Tarjimaning 
vazifasi uni o„rganish bilan birgalikda o„zgarib bordi.  
Tarjima  nazariyasini  shakllantirgan  birinchi  yozuvchilardan  biri 
fransuz  gumanisti  Etiyen  Dolet  (1509-1546)  edi.  U  keyinchalik  Pla-
tonning  mangu  hayotga  ishonchsizlik  ma‟nosidagi  diologining  no-
to„g„ri tarjimasi uchun qatl qilingan. 1540-yilda Dolet tarjima prinsp-
lari bo„yicha qisqa ma‟lumotlarni “La maniere de bien traduire d‟une 
langue en aultre” (“Qanday qilib bir tildan boshqa tilga yaxshi tarjima 
qilish mumkin”) nomi ostida nashrdan chiqardi va tarjimonlar uchun 
beshta prinspni belgilab berdi: 
1)  tarjimon  muallifning  hissiyot  va  ma‟nosini  to„la  tushunishi 
kerak,  garchi  u  noma‟lumliklarga  aniqlik  kiritish  huquqiga  ega  bo„l-
gan bo„lsa-da; 
2) tarjimon ham, asliyat tili ham tarjima tili bo„yicha mukammal 
bilimga ega bo„lishi kerak; 
3) tarjimon so„zma-so„z renderlardan qochishi kerak; 
4)  tarjimon  umumiy  qo„llaniladigan  muloqot  shakllaridan  foyda-
lanish kerak; 
5)  tarjimon  munosib  ohang  ishlab  chiqarishda  so„zlarni  to„g„ri 
tanlashi kerak. 
Doletning  tamoyillari  aniq  tartibda  keltirilgan  deya  baholaniladi 
va  tarjima  tilini  tushunishga  jiddiy  e‟tibor  berish  kerak.  Tarjimon 
lingvistdan ko„ra ancha chuqur bilimga ega bo„lmog„i lozim. Tarjima 
asar tiliga ilmiy va hissiy yondashuvni talab etadi. 


 
24 
Doletning  qarashlari  Jorj  Chapman
1
  (1559-1634)  tomonidan 
“Homer  buyuk  tarjimon”  kitobida  takrorlandi.  U  o„zining  “İlliada” 
tarjimasidagi  “kitobxonlarga  maktubi”da  bu  nazariyani  takrorlaydi. 
Maktubda  Chapman  tarjimon  quyidagilarni  bajarish  kerakligini 
ta‟kidlaydi: 
1) so„zma-so„z renderlardan qochish; 
2) original “ruhi”ni berishga erishish uchun harakat
3) so„zlar va boshqa variantlar ustida ilmiy tahlil orqali tarjimada 
yo„qotishlardan qochishga intilish. 
She‟riyatning  ilohiy  ilhomlantiruvchi  Platonik  ta‟limoti  tarjimon 
uchun aks sadodir. Unda orginal “ruh” va “ohang”ni boshqa madaniy 
kontekstda  qayta  yaratish  faraz  qilinadi.  Shuning  uchun  tarjimon  har 
ikkala texnik va metafizik darajada orginalga yaqinlashgan matn uchn 
muallif va auditoriya oldida burch va mas'uliyatga ega. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling