O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
2.4. Ta‟lim va mahalliy til Qo„lyozmalar tarjimasining tarbiyaviy ahamiyati XV-XVI asrlar- dan ancha oldin qaror topgan. Ilk mahalliy tildagi talqinlar lotin qo„l- 21 yozmalariga kiritilgan bo„lib, bir qancha Yevropa tillari shakillanishi borasida salmoqli ma‟lumot bilan ta‟minlaydi. Ingliz tiliga kelsak, masalan, Lindisfarn Injilning (eramizning 700 yillarida ko„chirilgan) X asrga oid Nortumbrayn lahjasidagi nusxasida lotindagi asliyat matndan so„zma-so„z tarjima qilinib, qatorlar orasiga qo„shib qo„yilgan. Bu satrosti tarjimalari tobe tushuncha bo„lib, so„zma-so„z tarjima metodining uslubiy afzalliklarini taqazo etadi, biroq ayni paytda tillar- aro transfer jaroyoni mavjud ekan, bu tarjima deb hisoblanadi. Nima bo„lganda ham satrosti tarjima metodi asrlar davomida Yevropa tillari paydo bo„lishiga shohid bo„lgan yozma tarjimaning bir shaklidir. IX asrda Qirol Alfred (871-899 hukmdorligi davrida) bir qancha lotincha matnlarni tarjima qiladi (yo tarjima qilinishiga sababchi), tarjima maqsadi Daniya bosqini vayronagarchilikdan saqlab qolingan ta'lim eski monastiri markazlarini tiklash orqali inglizlarga yordam berish edi. “Cura Postoralis” (cherkov ruhoniylar uchun qo„llanma) tarjima- siga yozgan so„zboshisida Alfred tarjima matnlar vositasida o„qitishga chorlaydi, chunki tarjima chet tilidagi ma‟lumotni ona tilidagi tayyor mahsulidir, shuningdek, adabiy ingliz tilini mukammal bilishini ta‟kidlaydi. Boshqa barcha nasroniy xalqlar singari rimliklar o„z maqsadlari uchun matnlarni tarjima qilgan, ushbu matnlar haqida Alfred fikr bildirib shunday deydi: “Agar e‟tirozingiz bo„lmasa, shuni bilishingiz kerakki, muhim adabiyotlar qatorida ommaviy barcha bilishi zarur bo„lgan kitoblarni ham barcha birdek tushunadigan tilga tarjima qilamiz”. Tarjima bir vaqtning o„zida muhim ahamiyatga ega (ritorikani) stilistikani o„rganish vazifasidan uzoqlashgan holda aniq siyosiy aha- miyatga ega bo„lib, o„zida ma'naviy va didaktik maqsadni jamlagan vazifani bajaradi. Tarjima tushunchasi yozish mashqi va orotorik uslubni yaxshilash usuli singari yetti gumanitar fanni o„qitishga asoslangan o„rta asrlar ta‟lim tizmining muhim komponenti bo„lgan. Bu tizim uzoq o„tmishga borib taqaladi, yunon nazariyotchilari- dan Kvintiliyanning (I asr) “Institutio Oratoria” nomli sermazmun asa- rida fanning ikki yo„nalishiga asos soladi. Trivium (grammatika, reto- 22 rika va dialektika) va Quadrivium (arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya), falsafiy bilimlarga asosi trivium hisoblanadi. Kvintiliyan berilgan matnning ma‟nosini aytib berishning foydali ekanligini ta‟kidlaydi, bu o„quvchiga ikki tomonlama ham matning tuzulishi tahlili ham mubolag„a va chegaralashni galma-galdan ekspe- rement qilishda yordam beradi. Uning ko„rsatmasiga asosan parafraza mashqalar to„plamini tash- kil etadi va ikki muhim etap: birinchi parafrazaning boshlang„ich ya- qinligi va ikkinchi bosqichda yozuvchi o„zining uslubidan ko„proq qo„llaydi. Kvintiliyan o„quvchini ijodiy qobiliyatini kengaytirish va rivoj- lantirish uchun orginal lotin matnlarini parafraza qilingan varianti sifatida grekchadan lotinchaga tarjima qilishni tavsiya qiladi. Shu jumladan, Kvantiliyanning tarjimani stilistik mashq sifatida targ„ib qilishi, albatta, asliyat tilidagi grekcha matnlarni lotin tiliga tar- jima qilishdir, chunki asrlar davomida Yevropada lotin ta‟lim tili hisoblangan. Lekin X asrdan boshlab mahalliy adabiyotning paydo bo„lishi tarjima rolini boshqa tomonga burib yubordi. Alfred ilm targ„iboti saifatida tarjimaning ahamiyatini tarannum etdi va u uchun tarjima mahalliy tildagi orginal matnning yaratilishi uchun xizmat qilardi. Jianfranko Folrna o„zining vulgarizm va tarjimaga oid maqolasida o„rta asr tarjimasi vertikal ravishda, ya‟ni mahalliy tilga alohida nufuz yoki qiymatga ega asliyat tilidan (masalan Lotin) tarjima qilish yoki gorizontal ravishda, ya‟ni asliyat ham, tarjima ham bir xil qiymatga ega bo„lishi (masalan, provansal tilidan italiyanchaga, fransuz tilining norman shevasidan ingliz tiliga) mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Rojer Bekon (1214-1292) ham tarjimalarning tasnifini keltirgan, ya‟ni qadimiy tillardan lotinga va zamonaviy mtnni mahalliy tilga tar- jima qilish, Dante (1265-1321) ham shunday tasniflarni keltiradi, ikki- si ham tarjimani ma‟naviy va estetik xususiyatlarini san‟at va ta‟lim bilan bog„laydi. Masalan, Bekon tarjimadagi yo„qotishlar muammosi va uning aksini muhokama qiladi. Horatsiy esa bu masalani ancha ilgari musho- hada qilgan. Unga qadar Dante ko„proq tarjimaning barchaga tushu- narli bo„lishi muhim ekanligiga e‟tibor qaratgan. Biroq ikkisi ham 23 tarjima mashq va qiyosiy uslubga qaraganda ko„proq ma‟lumotni qamraydi, deb tan oladi. Shu bilan birga, o„n beshinchi asrning boshida shakllangan badiiy tarjimaning farqli jihatlari ko„p, Folenaning qiyosi faqatgina kichik qismini yoritgan xalos. Vertikal yondashuv alohida ikki turga ajraladi, satrosti tarjima yoki so„zma-so„z usul, Sitseronning ma‟noviy tarjima metodiga qarshi Kvintiliyan parafraza usuli, gorizontal yondashuv kompleks masala- larni, imitatsiya va o„zlashtirish usullarini qamrab oladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling