O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
2.2. Tarjima tarixida Rim Erik Yakobson tarjima Rim ixtirosi ekanligini qat‟iy ta‟kidlaydi, va bu hatto tanqidiy giperbolaning bir qismi deb hisoblansa-da, rimliklar uchun esa tarjimaning o„rni va vazifasi nima ekanligini aniqlashtiradigan boshlang„ich nuqta hisoblanadi. Sitseron va Horatsiy 1 ning tarjima haqidagi qarashlari mohir tarji- monlar avlodiga kuchli ta‟sir qilgan bo„lishi kerak edi. Ikkisi ham tar- jimani keng miqiyosda umuminsoniy mas‟uliyatni his qilish, ilm-fanni targ„ib etish va maxsus she‟r yozish mahoratiga ega bo„lishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Taxminan milodiy I asrlargacha yunonliklarni mustaqil ravishda o„zlari badiiy asar yatilmaganligi sababli yunon adabiyotida tarjima asarlar alohida o„rin egallagan. E‟tibor greklarning ijodiy tasavvuriga nisbatan yunonlarning amaliy qarashlariga tushgan bo„lib, yunonlarning grek modellarini ko„klarga ko„tarishi ularning o„ziga xosligi yo„qligidan dalolat beradi deb hisoblangan. Biroq bunday umumlashtirib keskin baholash noto„g„ri edi. Yunonlar o„zini grek an‟anasini davomchisi sifatida tan olishdi, yunon adabiy tanqidchilari esa grek matnlarini har holda tormozlan- tiruvchi omil hisoblanmish matn tilini ko„rmasdan muhokama qilishgan. Yunon adabiy tizimi lingvistik chegarlarga bo„ysunmas matn va mualliflarning iyerarxiyasini o„rnatadi va o„sha tizim asta-sekin yunon iyerarxik idealiga ta‟sir qiladi. Asliyatdagi ideal matn tarjimada ko„chirilishi kerak. Sitseron mazkur farqni yaxshi tushuntiradi: “Agar men so„zma-so„z tarjima qilsam, natija beo„xshov bo„lib chiqadi, agar men ehtiyojga ko„ra usul yoki uslubda o„zgartirish kiritishga majbur bo„lsam, fikrimcha, tarjimonlik kasbidan voz kechishimga to„g„ri keladi. 1 Horace. On the Art of Poetry, in Classical Literary Criticism. – Harmondsworth: Penguin Books, 1965. pp. 77–97. 18 Horatsiy va Sitseron ikkisi o„zlarining tarjima haqidagi mulohaza- larida so„zma-so„z tarjima bilan ma‟noviy (obrazli) tarjima orasidagi muhim bir farqni aniqlashadi. Boshqa qat‟iy “aniqlik” tushunchalariga qaraganda, ona tili va adabiyotini tarjima vositasida boyitishning asosiy tamoyili tarjima tili- dagi mahsulotning estetik mezonlariga bosim o„tkazadi. Horatsiy o„zining “She‟riyat san‟ati” asarida asliyat shaklini soxtalashtirishdan juda ehtiyot bo„lish kerak deb ogohlantiradi. Demak, so„z o„zlashtirish yo yangi so„z yaratish an‟anasi keng tarqalgan, biroq Horatsiy bo„lajak yozuvchi (tarjimon)ga shunday maslahat beradi: “Qopqonlar “(nomustaqil) itoatkor tarjimon”ni o„rab turadi deydi, shuning uchun yangi so„zlardan me‟yorida foydalanishni tavsiya qiladi. U yangi so„zlarning qo„shilishi va boshqa so„zlarning istemoldan chiqishini, bahor va kuzda barglarni almashinishiga qiyoslaydi. Ushbu tarjima orqali boyishining ikki holati tabiiy va ifodaviy jarayonini ko„rib, yozuvchi qo„llagan amaliyotni taqdim qiladi. Horatsiy va Sitseronga ko„ra, tarjimon mahorati asliyatdagi matni ongli ravishda interpretatsiya qilish, go„yo tarjima tilidagi matnni “non verbum de verbo, sed sensum exprimere de sensu”, ya‟ni so„z- ma-so„z emas, balki ma‟nosini ifoda qilish tamoyiliga asoslangan bo„lishi va tarjimani o„qiydigan kitobxon uchun mas‟uliyatni zimma- siga olishida ekanini ta‟kidlaydi. Biroq bu yerda ham yunon conseptining tarjima vositasida boyi- shiga greklarning madaniyat o„chog„i sifatida yuqori pog„onani egal- lashi va ma‟lumotli yunonlarning asliyat tilida matnlarni o„qiy olish qobiliyatini qo„shimcha ravishda ta‟kidlab o„tish kerak. Bu omillar hisobga olingandan so„ng tarjimon va kitobxon ikkisi- ning o„rni almashadi.Yunon kitobxoni umuman olganda tarjimani, xuddi metamatn bilan asliyat munosabatini bilgandek tahlil qilishga qodir. Ko„p tilli kitobxon faqatgina asliyatdagi matnga tarjima orqali yaqinlasha olgan, undan farqli o„laroq tarjima matni asliyatdagi matn orqali o„qilgan. Yunon tarjimonlari uchun matnni u tildan bu tilga o„girish go„yo qiyosiy uslubshunoslikdagi mashqlar kabi odat tusiga kirgan. Yaxshi tarjimon kitobxonni asliyat matni bilan tanish ekanligini taxmin qiladi va shu bilan chegaralanadi, uning tarjimonlik mahorati- 19 ga berilgan har qanday baho uning ijodiy yondashuvi, o„z uslubini yarata olishiga asoslanadi. Yunon tarjimasi mukammal qoidalarga asoslangan lingvistik me‟yorlar orqali yagona adabiy mahsulotning ko„rinishi sifatida paydo bo„lgan bo„lishi mumkin. Bundan tashqari, shuni ham unutmaslik kerakki, Rim imperiyasi- ning kengayishi natijasida bilingvizm va trilingvizm oddiy holatga aylanib qoldi, og„zaki va adabiy (yozma) lotin tili o„rtasidagi jarlik yanada kengaydi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling