O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
G„arb olimlarining tarjimashunoslikka oid yondashuvlari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
1.2. G„arb olimlarining tarjimashunoslikka oid yondashuvlari
Bugungi kunda insonlarning dunyo bo„ylab ko„chib yurishi aynan o„sha tarjima jarayonining ko„zgusida aks etishi mumkin, tarjima uchun matnlarning bir tildan boshqa tilga o„tishi emas, balki madani- yatlar va matnlar o„rtasidagi muhokama jarayoni, tarjimon shaxsi vositachiligi orqali barcha turdagi ishlar bajariladigan jarayon deb to„g„ri qabul qilinmoqda. Ahamiyatlisi shundan iboratki, Homi Bhab- ha 1 “tarjima” terminini matn va tillar orasidagi ish deb emas, balki bir joydan boshqasiga olib o„tiladigan etimologik “hissiyot” deb ta‟rif- lagan. U hozirgi dunyoning shart-sharoitlarini, millionlab odamlar yer sharining bir nuqtasidan boshqasiga tinimsiz ko„chib yuradigan, ya- shash joylarini har kuni o„zgartiradigan dunyoni tavsiflash uchun majoziy ma‟noda tarjimadan foydalanadi. Yevropalik bo„lmagan yozuvchilar tomonidan ilgari surilgan, tar- jima bir qator nazariyalarining markazida uchta qaytariluvchi “ayyor- 1 Bhabha H. The Location of Culture. - London and New York: Routledge, 1994 - p. 38. 12 lik” kuzatiladi: muqobillik va sodiqlik terminologiyasining takroran ta‟riflanishi, tarjimon obrazi yorqinligining muhimligi, tarjimani qay- tadan ijodkorona yozish faoliyati sifatida ko„rsatadigan emfazaning o„zgarishi. Tarjimon “xaloskor”, manba matnga unchalik tobe bo„lmagan asliyat shaklining o„zgarmas ramzlaridan ozod qiluvchi, asliyat muallifi va matn hamda imkoniy tarjima tili kitobxonlari doirasi o„rtasidagi jarlikka ko„prik o„rnatishga aniq harakat qiluvchi shaxs sifatida namoyon bo„ladi Bu keyingi aytilgan va qayta ko„rilgan mulohaza tarjimaning ijokorligiga urg„u beradi. Avvalgi tarjimonni yorqin obrazlarda “o„z- lashtiruvchi”, “bostirib kiruvchi” va yoki “bosib oluvchi” sifatida tav- siflagan modellarga qarganda do„stona munosabat bilan qabul qilish ko„rinadi. Tarjimaga post mustamlaka tarzida yondashish lisoniy fikr almashinuvlarni ma‟noli suhbat tarzida, na manba va na asliyatga to„laligicha tegishli bo„lmagan makonda ro„y berayotgan jarayon sifa- tida ko„rishdan iborat. Vanamala Visvanata va Shery Simonlarning 1 ta‟kidlashicha, tarjimalar muskamlaka va post-kolonial kontekstida madaniy shakllanishining dinamikasini fosh etuvchi birlamchi nuqtayi nazarni ta‟minlab beradi. 1980-yillarning oxirlarigacha tarjimashunoslik Itamar Even-Zohar va Gideon Touriy tomonidan birinchi bo„lib ilgari surilgan tizimli yondashuvga asoslangan. Polisistem nazariya radikal rivojlanishda bo„ldi, chunki u diqqat e‟tiborni muqobillik va matnga sodiqlik haqi- dagi quruq muhokamalardan tarjima qilingan matnning yangi kon- tekstdagi rolini o„rganishga e‟tibor qaratadi. Ahamiyatli jihati shunda- ki, bu narsa tarjimaning tarixi bo„yicha kelgusida tarjimaning ahami- yatini qayta baholashni adabiyot tarixidagi o„zgarishlar va innovatsi- yalarni amalga oshiruvchi kuch sifatida yo„naltiruvchi tadqiqotlar uchun yo„l ochdi. 1995-yilda Gideon Touriy “Descriptive Translation Studies and Beyond” kitobini nashr ettirdi. Polisistem yondashuvni qayta ko„tarib chiqqan bu kitob tarjima tizimiga ortiqcha urg„u berilganligi uchun 1 Viswanatha V., Simon Sh. „Shifting Grounds of Exchange‟: B.M.Srikantaiah and Kannada Translation, in Susan Bassnettand Harish Trivedi eds. Postcolonial Translation: Theory and Practice. - London and New York: Routledge, 1999. - p. 162. 13 ayrim olimlar tomonidan ijobiy baholanmadi. Touriyning tarjima avvalboshda birlamchi o„rinda “nishon” bo„lgan madaniyatning ehti- yojlarini qondirishga mo„ljallangan bo„lib, tadqiqotning obyekti sifati- da ushbu tizimni olish mantiqqa to„g„ri keladi, degan qarashni qo„llab quvvatlaydi. U, shunigdek, tarjima me‟yorlarini shakllantiruvchi va ularning qanday qo„llanilishini ko„rsatuvchi yo„llarni o„rganish uchun tarjimaga xos bo„lgan xatti-harakatlar qonuniyatlari namunalarini aniqlash zarurligini ko„rsatib o„tadi. U tarjima nazariyasining obyekti tarjima sifatini ko„tarish degan har qanday firkga qarshi chiqadi: ama- liyotchilar turli javobgarliklarni zimmalariga olgan paytda, nazariyot- chilar bitta dastur, rejaga ega bo„lishadi, deb fikrini dalillaydi u. Gar- chi Touriyning qarashlari umum tomonidan qabul qilinmagan bo„lsa- da, bu fikrlari keng omma tomonidan hurmat bilan qaralgan. 1990- yillar davomida, tarjima me‟yorlari borasida juda ulkan ilmiy tadqiqot hisoblandi va tarjimani o„rganish yuzasidan buyuk ilmiy da‟vat bo„ldi. Hozirgi XX asrda siyosiy, geografik va madaniy chegaralar ancha o„zgaruvchanki, yaqin tarixning istalgan paytida insonlarning bu che- garalardan o„tishi kuchayadi. Shu tariqa dunyo, tarjimon roli yanada katta ahamiyat kasb etadi. Bu holat tarjimaning nima uchun bu qadar ko„p muhokama qilinishi va nima uchun tarjimaga talabning yuqorili- gi sababidir. Biz faqat World Wide Web kengayishi bilan tarjima potensialini tasavvur qila boshlaymiz. Elektron tarjima ancha soxta- lasha borgan paytda tarjimashunoslik taraqqiyotga muhtoj. Bu oldin- dan aytish mumkin bo„lgan kelajakda amalga oshiriladigan vazifa ko„rinadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling