O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
2.3. Injil tarjimasi 
Nasroniylik  tarqalishi  bilan  tarjimaning  vazifasi  o„zgardi,  ya‟ni 
Xudoning  kalomini  yoyish  bo„ldi.  Din  matniga  nasroniylik  sifatida 
ham tarjimon estetik va xushxabar mezonlarini o„rab bir vazifa bilan 
taqdim etdi. Injil  kitobining tarjima tarixi g„arb madaniyati tarixining 
bir qismi hisoblanadi. Yangi da‟vatning tarjimalari ancha oldin o„giril-
gan. 384-yilda Papa Damasus tomonidan St.Jeromega ishonib topshi-
rilgan edi.  
Sitseronga asoslangan St.Jorema tarjimani so„zma-so„z shaklidan 
ko„ra, ma‟noviy tarjimani afzal ko„radi. 
Injilni lotin tiliga o„girgan Iyeronim Sitseronning so„zma-so„z tar-
jimaga qarshi deb hisoblashiga qaramasdan, Ksenafonning bizga yetib 
kelmagan asarining tarjimasi so„zma-so„z tarjima etilganini ta‟kidlay-
di va bu borada tarjimadagi til uslublari va til kamchiliklarini ko„rsatib 
o„tadi. 
Injil tarjimasi XVII asrning muhim bir masalalaridan bo„lib qoldi 
va  muammolar,  milliy  madaniyatlar  va  islohot  kelishi  bilan  tushun-
chalar o„sishini kuchaytirdi. Cherkov markazlashtirish natijasida umu-
miy til sifatida lotin tili qabul qilindi.  
Ingliz  tiliga  Injilning  to„liq  1-tarjimasi  1380-  va  1384-yillarda 
tarjima  qilingan.  Ushbu  davr  Injilning  inglizcha  tarjima  qilishning 
gullagan davri hisoblandi. 
Oksford  teologi  Jon  Uiyklif  (1330–84),  “odam  Xudoning  va 
Xudoning  qonuniga  so„zsiz  itoat  etadi”  nazariyasini  ilgari  surdi 
(Uiyklifning  bu  nazariyasi  muqaddas  kitob  qonunlari  asosida  emas, 
balki  Injil  yo„riqnomasiga  asoslangan).  Uiyklifning  nazariyasiga 
ko„ra, Injil butun inson hayoti uchun qo„llaniladigan muqaddas kitob-
dir,  shuning  uchun  har  bir  odam  bu  kitobni  tushunushi  va  o„z  ona 


 
20 
tilida o„qishi kerak, deb ergashdi. Uikylifning qarashlari, bid‟at sifati-
da qoralanadi. Uning tarafdorlari “Lollardlar” deb e'lon qilinadi, lekin 
uning  o„limidan  keyin  uning  shogirdi  Jon  Pyurvey  ustozining  ishini 
1408-yilda birinchi nashrini chop ettiradi.  
Ikkinchi  Uyklift  Injili  umumiy  muqaddimani  tashkil  etadi.  1395-
1396 yillar oralig„ida yoziladi va Muqaddimaning o„n beshinchi bobi 
tarjima jarayonining to„rt bosqichini tasvirlaydi:  
1)  eski  Injilni  yig„ish  va  Sahih  Lotin  manbasi  matnini 
hamkorlikda tiklash harakati
2) nusxalarni qiyoslash
3) eski grammatika va muqaddas tushunchalarni, qattiq so„zlar va 
murakkab ma'nolarni to„g„ri qo„llashni o„rgatish;  
4) guruh bo„lib, hamkorlikda imkon qadar jumlani (ya'ni, ma'nosi) 
aniq tarjima qilish. 
Injil  150  nusxada  asosiy  qismi  1408-yilning  iyul  oyida  nashrdan 
chiqadi, taqiqlarga qaramay ushbu ish davom ettirilgan. 
XVI  asrda  Injil  tarjima  tarixi  yangi  yo„nalishlarini  taqdim  etdi. 
Wycliffitening  versiyalaridan  keyin  ingliz  tilidagi  tarjimasi  Vilyam 
Tindalning  (1494-1536)  “Yangi  nasihat”i  ham  rohib  bo„lmagan  kishi 
uchun iloji boricha aniq bir versiyani taqdim etdi, tarjima 1525-nashr 
qilingan.  1536-yilda  yangi  Ahdni  yunon  va  ibroniylarning  qadimgi 
ahdlaridan tarjima qilgan. 
XVI asr ikkala protestant va katolik versiyalarida Yevropa  tillari-
da ko„p sonli Injil tarjimalari dunyo yuzini ko„rdi. 1482-yilda ibroniy 
Tavroti  Bolonyada  bosilgan  edi  va  bu  to„liq  ibroniy  Injil  edi.  Ushbu 
versiya Martin Lyuterning 1522-yildagi nemis nashri uchun asos bo„-
lib xizmat qilishi kerak edi. Erasmus 1516-yilda Bazel birinchi yunon 
Yangi  Ahd  nashrini  e‟lon  qilgan.  Tugallangan  Herbyuv  Injili  1488-
yilda  Bolganada  nashr  qilingan.  Tarjimalar  va  mavjud  tarjima  qayta 
ko„rilib,  versiyalari  ingliz,  golland,  nemis  va  fransuz  tillarida  paydo 
bo„ldi.  
Vilyam  Tindal,  Erasmus,  cherkov  xizmatchilari  tomonidan  taqib 
etildi, negaki ular Muqaddas kitobni faqat bir tilda o„qish kerakligini 
talab qilishgan, o„z ona tilida o„qishni taqiqlashgan.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling