O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
3.2. XVII asr XVII asr o„rtalarida mutlaq monarxiya va rivojlanayotgan parla- ment tizimi orasidagi konflikt, shuningdek, nasroniylik gumanizmi va ilm-fan orasida nifoqning kengayishiga olib keldi. Adabiyot nazariya- sida ro„y bergan tub o„zgarishlar esa tarjimachilikka ham ta‟sir etmay qolmadi. Dekart (1596-1650) induktiv idrok etish metodini ta‟riflashga urinadi. Adabiy tanqid vakillari estetikani qayta yaratish qoidalarini shakllantirdilar. Aniq modelni ishlab chiqishga harakat qilgan mualliflar qadimgi mualliflarning asarlariga murojaat qildilar. 1 Bassnett S. Translation Studies. Taylor & Francis Group. – London and New York, 2002. 2 Steiner G. After Babel. – London: Oxford University Press, 1975. – pp. 236ff. 28 Mumtoz adabiyot namunalari Fransiyada 1625-, 1660-yillarda keng miqyosda tarjima qilindi. Bu davr fransuz klassisizmi va fransuz teatrining “Aristotel birligi”ga asoslangan gullagan davri – buyuk asr hisoblanadi. Fransuz adiblari va adabiyot nazariyotchilari, o„z navba- tida, fransuzcha asarlarni ingliz tiliga o„girishda fidokorlik ko„rsat- ganlar. Angliyada qoida va modellarga urg„u berilganligi ko„p narsani belgilamaydi, biroq san‟atning immitatsion mahorat sifatida idrok etilganligini ko„rsatadi. San‟at tabiatni bir muvozanatda, uyg„unlikda aks ettirishda namoyon bo„ldi. Ser Jon Denning (1615-69) tarjimaga doir nazariyasi “Ser Richard Fanshawe” (Pastor Fido tarjmasida) (1648) she‟rida o„z iodasini top- gan, tarjimaga yozilgan so„zboshida Troyaning vayron etilishi (1656) xususida to„xtaladi (quyida qarang). Bu yerda muallif she‟riy tarjima- da so„zma-so„z tarjima usulining qo„llanilishidan ehtiyot bo„lish kerakligini ta‟kidlaydi. Zero, bir tildan boshqasiga tarjima qilish so„z- ma-so„z tarjima orqali amalga oshiriladigan faoliyat emas. Tadqiqotchi Denxem tarjima konsepsiyasini yoqlab o„z fikrlarini bildirib o„tadi. U tarjimon shaxsida asliyat muallifi, ya‟ni yozuvchi bilan teng sur‟atda, o„z vazifasini ham ijtimoiy, ham zamon nuqtayi nazaridan aniq taqsimlab olgan shaxsni ko„radi. U tarjimonning vazi- fasi deganda asliyat matni asosida yotgan asar yadrosini tarjima tiliga bir butun yaxlitlikda qayta yaratilishini ko„zda tutadi. Abraxam Kouli (1618-67) o„zining “Kirish”ida (Pindarique Odes (1656) ishonch bilan tasdiqlashicha, tarjimon tarjima qilingan asarni o„quvchi kitobxon asliyat muallifi aytmoqchi bo„lgan fikrni tarjima orqali aniq bilib olishi kerak. Kouli (Drayden kabi) tarjimani asliyat matnining immitatsiya sifatida ko„radi. Stayner Koulining so„zboshi- sini so„nggi o„n yetti yil yakuni manifesti sifatida ta‟kidlaydi. Jon Drayden (1631-1700) Ovidiy (1680)ning nomasiga yozilgan so„zboshida tarjima muammolarini quyidagi uch yo„lni ishlab chiqish orqali hal etish kerakligini aytadi. Bular: 1) metafraza yoki so„zma-so„z tarjima, yoki asliyat muallifini so„zma-so„z, satrma-satr bir tildan ikkinchi til sari ta‟qib qilish; 2) parafraza yoki erkin tarjima ko„rinishi; 3) imitatsiya (taqlid), tarjimon o„ziga ma‟qul joylarini qoldirib, qolganlarini tushirib qoldirish, asliyatni o„ziga moslashtirish. 29 Mazkur uch tarjima usulidan Drayden ikkinchi, eng maqbul usul sifatida tanlaydi va tarjimonga mazkur kriteriyalarni taklif qiladi: she‟riy asarlarni tarjima qilish, uning ta‟kidlashicha, tarjimon shoir bo„lishi shart, ikki tilni mukammal bilimdoni bo„lishi va muallifning o„ziga xos jihatlari va asar ruhini anglash, bundan tashqari, uning yoshi estetik qoidalariga mos kelishi kerak. U tarjimonning metafo- rasini qo„llaydi, XVIII asrda tez-tez ko„rinib turadigan portretchi rassom, portretni asliyatga mos tarzda yaratadi deb ta‟kidlaydi. Misol tariqasida “Virgiliy”ning Drayden tarjimasi, asar zamo- naviy qahramoni Didoning madaniyatli tilda so„zlagan nutqini yoritib berishga, uning Aena haqidagi fikrlarini tasvirlashga e‟tibor qaratil- gan: My dearest Anna! What new dreams affright My labouring soul! What visions of the night Disturb my quiet, and distract my breast With strange ideas of our Trojan guest. Draydenning tarjima haqidagi qarashlariga Aleksandr Pop (1688- 1744) ergashgan. U Drayden bilan hamfikr bo„lib, o„rta pog„ona taraf- dori edi, u asliyatni anglash shakl va mazmunni saqlagan holda asar “joni (olov)”ni to„g„ri yetkazib berilishiga urg„u beradi 1 . Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling