O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
4.2. Nasriy tarjima She‟riyat tarjimasini qamrab olgan muammolarni mushohada qilingan ishlar ko„p bo„lishiga qaramay, nasrning badiiy tarjimasidagi ma‟lum bir muammolarni o„rganishga ancha kam vaqt sarflangan. Misol uchun, tarjimon butun boshli tuzilish sifatida mazmunga urg„u beradi. Quyidagi parchani ko„ramiz: “Sehrli tog„lar”ning mu- qaddimasida kamtar yosh yigit yozning qoq o„rtasida uch oylik tash- rifi bilan tog„ga, u ona shahri Gamburgdan Grinsonning Kantonidagi Davoz-Platzga sayohat qiladi. Gamburgdan Davosgacha o„ta uzoq bo„lgan sayohat, haqiqatdan yashashga juda qisqa muddat. Bunda bar- cha turdagi mamlakatni kesib o„tadi, vodiylarga tushadi, tepaliklarga 42 chiqadi. Janubiy Germaniya yassi tog„idan Konstansiya ko„ligacha tushadi. Chegarasiz chuqurlilar va poyonsiz to„lqinlarni kesib o„tadi (tarjimon H.T.Lov-Porter). Bu tezkor, serg„ayrat qator to„rtta fe‟lli uchta gapdan iborat hara- kat va holat o„quvchini hikoya ichiga tortadi. Ish yuzasidan uyush- tirilgan sayohat va yosh yigitning sayohati davomidagi qisqagina tash- rif. Qisqa qilib aytganda, kuchli tasviriy kirish, kuchli mualliflik ishtiroki. Bu tarjima muammosi uni nemis matni bilan qarama-qarshi qo„yilganda va manba tili va tarjima tili versiyasi o„rtasidagi farq o„lchovini taqqoslaganda yuzaga keladi. Ein einfacher junger Mensch reiste im Hochsommer von Hamburg, seiner Vaterstadt, nach Davos-Platz im Graubündischen. Er fuhr auf Besuch für drei Wochen. Von Hamburg bis dorthinauf, das ist aber eine weite Reise; zu weit eigentlich im Verhältnis zu einem so kurzen Aufenthalt. Es geht durch mehrerer Herren Länder, bergauf and bergab, von der süddeutschen Hochebene hinunter zum Gestade des Schwäbischen Meeres und zu Schiff über seine springende Wellen hin, dahin über Schlünde, die früher für unergründlich galten. Bu kirish qismining tarjimasida kitobxonga asarda keng ishlatil- gan ko„plab kalit so„zlar berilgan. Bu, albatta, chegaralar bilan chek- lanmagan, realistik dunyo tomonidan yuklangan, sog„lik va xastalik, hayot va o„lim, demokratiya va reaksiya, dramatik qarama-qarshiliklar o„rtasidagi ideologik janglarni tasvirlagan. Ketti Aleksandrning “Ishchi arilar muhabbati” nomli tarjimasida quyiagi so„zlar bor (eslatma): Ruslarda birinchi nom (ism), patronim (sharif) va familiya bo„ladi. Umimiy qabul qilingan usul – ism+otasi- ning ismi, shunday qilib, Vasilitsa Dementyevna, Mariya Semenovna. Ismlarning mayinlik (nafislik), hurmat yoki do„stona xarakterga ega bo„lgan qiqartmalari mavjud. Masalan Vasilisa – Vasya, Vasyuk; Vladimir – Volodya, Volodka, Volodechka, Volya. Shunday qilib, tar- jimon iloji boricha Rossiyaning belgilangan tizimini tushuntirib bera- di, ammo bu eslatma aniq hisoblash jarayoni vaqtida juda katta yor- dam beradi. Keti Porger nomlarning tarjima tili variantidagi o„zgarish- larni saqlaydi va ingliz kitobxoni vaqt o„tgan sayin hayratlanarli nom- lar-ga duch keladi. Manba tili tizimi tarjima tili tizimiini o„zgartiradi 43 bu esa natijada faqatgina tartibsizlik hamda o„qish jarayonini qiyinla- shishiga olib keladi. Bundan tashqari, Boris Uspenskiy ham o„zining qimmatli “tarkib poetikasi” kitobida rus tilidagi nomlarning tasavvur bilan bog„liq belgilarini ko„rsatib bergan. Tarjima vaqtida, tarjimon uchun tizim emas, balki belgilash tizi- mining vazifasi juda muhim. Bu esa ingliz kitobxoni uchun unchalik foyda bermaydi. Inglizcha belgilash tizimi butunlay boshqacha, tarji- mon juda e‟tiborli bo„lishi kerak. Robert Adams 1 aytganidek, Parij London yoki Nyu-York bo„lolmaydi, Parij bo„lishi shart. Bizning qah- ramonimiz ham Piter emas, Pirr bo„lishi shart; u kokteyl emas aperativ ichishi kerak va Kents emas, Galoyzes chekishi kerak. Boshqa taraf- dan, agar Lediga maftun bo„lib, Madam deb murojaat qilsang, nodon- liging shundoqqina bilinib qoladi. Ekvivalentlik muhokamasida o„x- shashlik tushunchasi manba tili va tarjima tili o„rtasida o„z qiymatini yo„qotgan bo„lishi mumkin. Shuning uchun tarjimon avval manba tili tizimining vazifasini aniqlab olib, keyin aynan o„sha vazifani bajara- digan tarjima tili tizimini topishi kerak. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling