110
9.5. She‟riy tarjimaning ba‟zi xususiyatlari
Har qaysi janrdagi asar tarjimasining o„ziga xos xususiyati, yo„li,
uslubi va usullari mavjud. Chunonchi, she‟r bilan tarjima qilish nasriy
asarlar tarjimasidan tamomila farq qiladi. Nasriy asarlarni tarjima
qilish qanchalik qiyin bo„lsa, she‟riy kitoblarni tarjima qilish undan
ham qiyinroqdir. She‟riy asarni ag„daruvchi tarjimon, albatta, shoir
bo„lishi kerak. Unda shoirlik mahorati bilan birga tarjimonlik iste‟dodi
ham mujassam bo„lishi zarur. Har qanday shoir ham she‟riy asarlarni
tarjima qila olmaydi, ayniqsa, mumtoz adabiyot namunalarini tarjima
qilish juda ham murakkab ish. Tarjimon-shoir she‟riy asarning maz-
muni, uslubi, obrazlarini to„g„ri aks ettirish bilan birga, undagi vazn,
qofiyalarni ham aniq bera olishi kerak. Bu she‟riy asar tarjimasining
asosiy shartlaridan biridir.
Ma‟lumki, she‟r o„zining vazni, ritmi, qofiyasi bilan nasrdan ajra-
lib turadi. She‟rning cheklangan shakli (ramkasi) tarjimon-shoirni har
tomonlama qiynab qo„yadi. Agar tarjimon she‟rning mazmunini tarji-
ma qilib, vaznini bera olmasa, bu mukammal tarjima hisoblanmaydi,
basharti, vazn, qofiyani beraman deb mazmunni qurbon qilsa, bu for-
malizmga olib boradi. Tarjimon ham mazmun, ham vaznni durust bera
bilishi kerak. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tarjima san‟atining
o„sishiga bir qancha sabablar bor. O„rta Osiyoning Rossiyaga qo„shili-
shining progressiv samarasi, rus xalqining boy madaniyatidan bahra-
mand bo„lish, Turkistonda toshbosmalarning vujudga kelishi, Rossiya-
ning milliy o„lkalari va shaharlari (Qozon, Ufa, Boku, Boqchasaroy,
Orenburg va boshqa shaharlar) bilan yaqindan aloqa qilish va bosh-
qalar tarjima ishlarining rivojida juda katta rol o„ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: