O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Arab, fors-tojik tillaridan qilingan tarjimalar orqali o„zbek


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

9.2. Arab, fors-tojik tillaridan qilingan tarjimalar orqali o„zbek 
tiliga kirgan so„z va terminlar 
VII asrda O„rta Osiyoni zabt qilgan arab istilochilari o„z dini, o„z 
madaniyati  va  tilini  O„rta  Osiyo  xalqlariga  zo„rlab  qabul  qildirishga 
urindilar.  Islom  dini  –  hukmron  din,  “Qur‟on”  –  xudo  osmondan  tu-
shirgan  kitob,  arab  tili  esa  muqaddas  til  deb  da‟vat  qilindi.  Ko„p 
asrlargacha  arab  tili  O„rta  Osiyoda,  jumladan  hozirgi  O„zbekiston 
Respublikasi hududida ham mahkama tili, ham adabiy til bo„lib qoldi.  
Qadim  zamonlardan  beri  o„zbek  xalqi  qo„shni  xalqlar,  ayniqsa 
forslar  va  tojik  xalqi  bilan  o„zaro  munosabatlarda  bo„lib  keldi.  Ular-
ning  juda  ko„p  sozlari  o„zbek  tiliga  kirib  keldi.  Buning  ustiga,  IX-X 
asrlarda  O„rta  Osiyoning  arab  hukmroligidan  chiqishi  va  somoniylar 
davrida fors tilining adabiy til bo„lib qolishi bu jarayonni tezlashtirdi. 
Arab va fors so„zlarining o„zbek tiliga kirib kelishida tarjimonlar 
ham  katta  hissa  qo„shdilar.  Bundan  olti  asr  ilgari  Qutb  Xorazmiy 
tarjima  qilgan  “Xusrav  va  Shirin”  dostonida  arabcha,  forscha  so„zlar 
juda ko„p ishlatilganki, ularning aksariyati hozir o„z so„zlarimiz bo„lib 
                                                 
1
 Юсуф ва Зулайхо, инв, № 809-1, 144-варақ. 


 
101 
ketgan.  Masalan,  “nazm”,  “asr”,  “kitob”,  “farmon”,  “jahon”,  “xur-
ram”,  “ishq”,  “doston”,  “san‟at”,  “ta‟lim”,  “munavvar”,  “jamol”, 
“haq”,  “xushnud”,  “maqsud”,  “dil”  va  boshqalar.  Shoir  Qutb  yuksak 
badiiy nafosat va musiqiy lavhalar yaratishda bu so„zlarni o„z o„rnida, 
ustalik bilan ishlatgan. Sulton, farmon: 
Bo„yum shahring„a ko„nglum erdi sulton
Jonim andin qabul qildi bu farmon. 
Jahon, xurram, ishq, bo„ston: 
Jahon bo„stoni qayda bo„ldi xurram
Bor ersa ishqing emdi so„zla san ham. 
San‟at, ta‟lim: 
Qilib ko„rgazdi ul tosh uzra san‟at, 
Ta‟lim emgandi qildi ko„rkli surat. 
Sabr, jahl, dil: 
Ayitti: Sabrsizluq jahl erur, bil, 
Aytti: Sabr qilmoqqa kerak dil. 
XIV  asrda  yashab  ijod  etgan  Sayf  Saroyi  “Guliston”  asarini  tar-
jima qilarkan, u ham “ash‟or”, “ta‟rif”, “qanoat”, “tarbiya”, “suhbat”, 
“odob”, “sohib jamol”, “ustod”, “tasvir”, “ne‟mat”, “quvvat”, “zafar”, 
“vafo”,  “oqibat”  va  boshqa  shu  kabi  arabcha,  forscha  so„zlardan 
barakali foydalandi. Ash‟or: 
Kimi o„zganing ash‟orin menim der, 
Kim hayvon kibi shalg„am cho„pin yer. 
Ma‟ni, lafz, vazn, san‟at: 
Kimi ma‟ni ko„rub, lafzin tuzotur, 
Kimi vaznin buzub, san‟at kuzotur. 
Adab:  “Luqmoni  hakimdan  so„rdilar:  “Adabni  kimdan  o„rgan-
ding?” Aytti: “Adabsizlardan”. 
Qutb Xorazmiy, Sayf Saroyi, Haydar Xorazmiylar arab, fors so„z-
larini o„rinsiz ishlatmadilar, ular ma‟lum bir me‟yorda, ko„p hollarda 
ayni  so„zning  ekvivalenti  o„zbek  tilida  bo„lmagan  taqdirda,  xalqqa 
qanchalik  tushunarli  bo„lishini  hisobga  olgan  holda,  o„z  tarjimalarida 
ishlatdilar. Masalan, Haydar Xorazmiy o„z tarjimasida ishlatgan arab-
cha,  forscha  so„zlarning  hozirgi  zamonimizda  ham,  aynan  o„sha 
ma‟noda  qo„llanayotganini  ko„ramiz.  Masalan  “oqil”,  “gavhar”, 
“ganj”, “ranj”, “meros”, “ayol”, “pisand”, “ma‟ni” va b. 
Guhar: Ulki bilur so„z guhari qiymatin, 
So„zda topar so„zlaguchining otin. 


 
102 
Qalam, qadam: 
Men bitgan xat bila yo„ng„il qalam
Men yurgan yo„l bilaqo„yg„il qadam
Ma‟ni, yorliq, farmon: 
Shayx Nizomiy damidin jon topib, 
Ma‟nisidin yorliqu farmon topib. 
Alisher Navoiy arab tiliga juda katta baho berib, shunday deb yoz-
gan edi: “Barchasidin arab tili fasohat oyini  bila  mumtoz va balog„at 
taz‟yini  bila  mo„jiza  tirozdurkim,  hech  takallum  ahlining  munda 
da‟vosi  yo„qtur”
1
  (“Bu  tillarning  barchasidan  arab  tili  nafislik  bilan 
ajralgan  va  badiiylik  bezagi  bilan  mo„jiza  ko„rsatuvchandirki,  bunda 
hech bir til ahllarining da‟vosi yo„q”)
2

Navoiy  o„zining  prozaik  asarlarida  arabcha,  forscha  ayrim  so„z-
larnigina emas, balki iboralarni ham keng qo„llaydi. Masalan: “Yana 
bu  faqirning  piri  va  ustozi  va  tariqat  ahlining  sohibi  irshodi,  jami‟ 
ahlulloning  muqtado  va  shayxul-islomi  hazrati  mahdumiy  nurul-
millati  vad-din  Mavlono  Abdurahmon  Jomiy  qaddasa  sirrahuning 
ruhparvar  latoyifi  va  ruh  gustar  zaroyifikim,  andin  har  g„azal  kal-
vahyil munzal va har risola kal-ahodisin nabiyil mursal oliy shon va 
rafi‟ makondur kim, alardin har lafz qiymatda durri samindin  abdor-
roq  va  hirqatda  la‟li  otashindin  barq  kirdorroq.  Va  ikkalasi  mazkur 
bo„lg„on  aziz  kalomi  mo„jiz  nizomidin  anda  chashni  va  nasib  va  o„z 
ishq  va  kamoloti  va  nihoti  holati  munga  izofaki,  hozo  shay‟un  ajib! 
Barchasig„a ko„p qatla o„tubmen, balki ko„pin yod tutubmen, va qaso-
yid  va  g„azaliyotlarining  g„arib  va  latofatin  bilibmen,  balki  g„aribroq 
va latifroqlarig„a tatabbu„dag„i qilibmen”
3
 (“Yana bu faqirning piri va 
ustozi, tariqat ahlining to„g„ri yo„l ko„rsatuvchisi, xudoga yaqinlarning 
yo„l  boshlovchisi  va  Shayxul-islomi  hazrati  mahdum-din  va  millat-
ning  nuri  Mavlono  Abdurahmon  Jomiyning  ruhparvar  latifalarini  va 
jon  bag„ishlovchi  asarlarini  o„qig„anman,  u  kishining  har  bir  g„azali 
xudodan  kelgan  vahiydek  va  har  bir  risolasi  payg„ambarning  hadisi-
dek yuqori darajali va yuksak o„rinlidir. Har so„zi qiymatda asl marva-
                                                 
1
  Alisher  Navoiy.  Muhokamatul-luqatain.  O„z,  Goslitizdat.  –Toshkent,  1940.  –
B.16. 
2
Misollar  “Muhokamat  ul-lug„atayn”ning  Porso  Shamsiyev  tomonidan 
soddalashtirilgan matnidan olingan. 
3
 Alisher Navoiy. Muhokamatul-luqatain. –B.31-32. 


 
103 
riddan yuksakroq va toblanishida o„tli la‟ldan ko„ra yonuvchanroqdir, 
bunda yuqorida mazkur bo„lgan ikki azizning mo„jizali so„zidan ta‟m 
va bahra bor, bunga o„zining ishq yetukligi hamda yetishgan kayfiyati 
qo„shiladiki,  bu  juda  qiziq  narsa!  Mana  shularning  barchasini  ko„p 
qatla o„qib o„tganman, balki ko„pini yodlaganman, qasida va g„azalla-
rining nozik nuqtalari bilganman. Balki qiziqroq va nozikroqlari usti-
da tekshirishlar qilganman”). 
Shuni aytish kerakki, arab, fors so„zlarining oz yoki ko„p ishlatili-
shi o„sha asarning xarakteriga va janriga ham bog„liq bo„lgan. 
Ayrim olimlar arab, fors, rus va boshqa tillardan kirgan so„zlarni 
tilimiz  tarkibidan  chiqarish,  faqat  turkiy  leksikani  qoldirish  va  shu 
bilan til “sof”ligini saqlash kabi puristik g„oyani targ„ib qildilar. 
Hoji  Mo„in  “Oina”  jurnalida  “Til  birlashtirmoq  haqida”  degan 
maqolasida:  “Mumkin  qadar  ajnabiy  so„zlardan  tilni  soflandurmoq 
ham  til  birlashdurarga  xeyli  yordam  beradur”,  –  deb  yozgan  edi. 
Ayrimlar  iste‟moldan  allaqachon  chiqib  ketgan  eski  turkiy  so„zlarni 
adabiy  tilga  kiritishga  urindilar  va  xalq  tiliga  singib,  fuqarolik  huqu-
qini  olgan  arab,  fors  so„zlarini  chiqarib  tashlamoqchi  bo„lganlar. 
Masalan,  “dunyo”  so„zi  o„rniga  “ochun”,  “kitob”  o„rniga  “bitik”, 
“mushkul” o„rniga “chetin” so„zini olishni va shu tariqa boshqa so„z-
larni ham qadimiy “chig„atoy tili”dagi so„zlar bilan almashtirishni tar-
g„ib  qildilar.  Ular  arab,  fors  so„zlarigagina  qarshi  bo„lib  qolmay,  rus 
va internasional so„zlarga ham qarshi kurash ochdilar. Ular “samovar” 
o„rniga  “o„zi  qaynar”,  “samolyot”  –  “o„zi  uchar”,  “poezd”  –  “otash 
arava”,  “velosiped”  –  “shayton  arava”  va  hokazolarni  taklif  qildilar. 
Albatta, har bir tilning o„ziga yarasha normalari bor.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling