O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 “Sho„ro” jurnalida rus tilidan tarjima qilingan asarlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
8.2. “Sho„ro” jurnalida rus tilidan tarjima qilingan asarlar 
XX  asrning  20-yillariga  qadar  tatar  ziyolilari  o„rtasida  rus  tilini 
bilgan kishilar Rossiyaning boshqa chekka o„lkalariga (masalan, Tur-
kistonga)  qaraganda  ko„pchilikni  tashkil  qilar  edi.  Buning  tarixiy 
sabablari  bor,  albatta.  Gazeta  va  jurnal  sahifalarida  rus  tilini  o„qitish 
va  o„rganishga  bag„ishlab  chiqqan  maqolalar  ko„p,  rus  tilidan  badiiy 
asarlarni  tarjima  qiluvchi  shoir,  adiblar  ham  yetarli  edi.  “Ruslar  ila 
yaqinlashdiruv uchun onlarning (yerli xalqlarning – J. Sh.) o„z tillari-
na ruschadan kitoblar tarjima qiluv bik foydalidir”
13
, – deb yozgan edi 
mashhur adib va tarjimon Fotih Karimiy.  
Bu vaqtlarda yangi chiqqan gazeta, jurnal va yangi tashkil etilgan 
nashriyotlarda  rus  klassik  adabiyotining  namoyandalari  Jukovskiy, 
Pushkin,  Gogol,  Lermontov,  Goncharov,  Chexov,  Pisarev,  Gorkiy  va 
boshqa shoir, adiblarning asarlari tatarcha tarjimada alohida kitob yoki 
maqola  tarzida  bosilib  chiqdi.  Bu  tarjima  asarlari  Boku,  Ashxobod, 
Xorazm, Buxoro va boshqa joylarga ham tarqatilar edi. 


 
96 
L.N.Tolstoyning tatar tiliga tarjima qilingan asarlari faqat Tataris-
tonda  emas,  balki  O„rta  Osiyo,  jumladan,  O„zbekistonda  ham  keng 
tarqaldi. Masalan, “Hoji Murod”, “Kavkaz asiri” Toshkent, Farg„ona, 
Samarqandda  ham  mashhur  edi.  “Sho„ro”  jurnali  sahifalarida 
Jukovskiy  (1914-yil,  10,17-sonlarida),  A.P.Chexov  kabi  yozuvchilar-
ning asarlari tarjimasiga ham o„rin berilgan. 
Tabiiyot, tibbiyot, ta‟lim-tarbiyaga hamda tarix va musiqashunos-
likka  doir  asarlar  ham  “Sho„ro”  jurnali  sahifalarida  muntazam  berib 
borilar edi. Masalan, “O„pka og„rig„i” (chaxotqa), “Sutdagi mikroblar 
va onlarning sovliqg„a foydasi” (Mechnikov maqolasi), “Qartliq ham 
o„lim” (Mechnikov asari) va hokazo (jurnalning 1910-yil, 1-,3-sonlari; 
1911-yil, 6-9-sonlari hamda 1912-yil, 21-soniga qarang). 
Rus olimi M.Kovalevskiy va sharqshunos V.V.Radlovlarning ham 
qator asarlari tatar tiliga ag„darilib, ular haqida maqolalar yozilgan.  
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling