O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 XX asrning 20-yillariga qadar tosh bosma-litografiyalarda


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
7.2. XX asrning 20-yillariga qadar tosh bosma-litografiyalarda 
bosilgan tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir ilmiy 
kitoblar, darsliklarning o„zbek tiliga tarjimasi 
XX  asrning  20-yillariga  qadar  chorak  asr  davomida  tosh  bosma-
litografiyalarda tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir bir 
qancha  ilmiy  kitoblar,  darsliklar  o„zbek  tiliga  tarjima  qilindi.  Bular 
orasida  tibbiyotga  oid  “Xazinatul-hikmat”  va  “Tibbi  Yusufiy”  nomli 
muhim asarlar bor. Abu Ali ibn Sino haqida yozilgan afsonaviy hiko-
yalardan  iborat  “Xazinatul  hikmat”ni  tatarchadan  Abdul  Rojiy  mulla 
Karim  qori  Ho„qondiy  tarjima  qilib,  Toshkentda  1912-yilda  bosib 
chiqardi.  “Tibbi  Yusufiy”  asarini  Muhammadshoh  bin  Shohfayzullo 
tarjima qilib, 1898- yilda Toshkentda bostirdi (207- bet). 
Axloqqa oid “Majmaul-odob” (Odob majmuasi) nomli asar 1917-
yilda  Maqsud  xo„ja  bin  Mansur  xo„ja  tarjimasida  chop  qilindi. 
Sharqshunoslik  institutining  qo„lyozmalar  fondida  shu  kitobning 
usmonli  turk  tiliga  qilingan  tarjimasi  (inv.  №  11006)  va  tatarcha 
tarjimasi (inv. № 3947, 10246 va 11979) dan bir necha nusxalar bor. 


 
91 
“Maxzanul-maqsud” (Maqsadlar xazinasi) nomli asarni Maqsud xo„ja 
bin Mansur xo„ja fors tilidan tarjima qilgan va bu 1909-yilda Yakov-
lev matbaasida nashr qilingan. 
“Temurnoma” asari Amir Temur haqida yozilgan forsi kitobning 
tarjimasi  bo„lib,  mutarjim  Salohiddin  xo„ja  Alovuddin  o„gli  1910-
yilda Toshkentda nashr qildirgan. Toshbosmalarda bosilgan tarjimalar 
ichida  diniy  kitoblar  ko„p  qismni  tashkil  qiladi.  Ularning  ba‟zilari 
payg„ambarlar haqida “Durrul-majolis” (Majlislar duri), ba‟zilari ibo-
dat, duo, radnoma, aqidalar haqida “Durrul-masoil” (Masalalar duri), 
“Duoi  ismi  a‟zam”,  “Radnoma”,  “Ibodati  islomiya”,  “Iqdu-durar" 
(Durlar shodasi), ba‟zilari tush ta‟birlari haqida (Ta‟birnoma) yozilgan 
asarlar bo„lib, bularda aslga to„g„ri kelmaydigan, hayoliy, diniy, reak-
sion  fikrlar  talqin  qilinadi.  Chunonchi,  tush  ta‟birlari  haqida  tarjima 
qilingan kitobdan bitta misol keltiramiz: 
“Asb, aytibdurlarkim, har kim tushida xushjilov otga minsa, izzat 
va davlat va obro„ tobg„oy; va agar otni ba‟zi asbobi kam bulsa, o„shal 
miqdor  obro„si  ham  kam  bo„lg„oy;  va  agar  otni  dumi  va  yoli  ko„b 
bo„lsa, xizmatkorlari  ham ko„b bo„lg„oy; va agar bo„lmasa - bo„lmas; 
va agar otg„a yalang„och minsa, musibatga qolg„oy... 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling