O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-MA‟RUZA  XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

7-MA‟RUZA 
XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA 
TOSHBOSMADA NASHR QILINGAN TARJIMA 
ASARLARI VA TARJIMONLAR HAQIDA 
 
Reja: 
1. XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo va O„zbekis-
tonda ilg„or, demokratik adabiyotning vujudga kelishi. 
2.  XX  asrning  20-yillariga  qadar  tosh  bosma-litografiyalarda 
bosilgan  tarix,  jo„g„rofiya,  falsafa,  axloq  va  tibbiyotga  doir  ilmiy 
kitoblar, darsliklarning o„zbek tiliga tarjimasi. 
3. Tibbiyotga oid “Xazinatul-hikmat” va “Tibbi Yusufiy” asarlari 
 
Tayanch  so„z  va  iboralar:  demokratik  adabiyot,  tosh  bosma-
litografiya, “Xazinatul-hikmat” va “Tibbi Yusufiy” asarlari.   
 
7.1. XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo va 
O„zbekistonda ilg„or, demokratik adabiyotning vujudga kelishi 
O„rta Osiyo Rossiyaga qo„shib olinganidan keyin Buxoro va Xiva 
xonliklarida hamda Turkiston General gubernatorligiga qarashli oblast 
va uyezdlarda bosmaxona va toshbosma  (litografiya)lar tashkil etilib, 
ularda  original  va  tarjima  asarlari  nashr  etila  boshlandi.  Kitob  chiqa-
rish ishi bilan bir qancha xususiy noshirlar mashg„ul bo„ldi. Toshkent, 
Qo„qon,  Samarqand,  Buxoroda  ham  gazeta-jurnallar  chiqa  boshladi. 
Endi asarlarni qo„lda ikki-uch nusxa ko„chirishdan ko„ra, bosmaxona 
va  litografiyada  bosib,  ko„p  nusxalarda  tarqatish  imkoni  tug„ildi. 
Kitob  sotuvchilar,  kitob  chiqaruvchilar,  shirkat  va  jamiyatlar  tashkil 
bo„ldi. Chunonchi, Buxoroda noshir Solih xo„ja Buxoriy, Toshkentda 
G„ulomiya  (Orifjonovlar  matbaasi)  va  shirkati  “Xayriya”  Qo„qonda 
noshir  Oqaev,  Samarqandda  noshir  qori  Abduraufov  va  “Turkiston 
kutubxonasi”  shirkati,  Xivada  Muhammad  Rahimxon  shirkati  va  b. 
Bulardan  tashqari,  rus  matbaalarida  ham  o„zbekcha  kitob,  gazeta-
jurnallar nashr etildi. 
XX  asr  boshlarida  Samarqand,  Toshkent,  Buxoro,  Farg„ona  sha-
harlarida  tarjimalarning  qo„lyozmalari  kamdan-kam  uchraydi,  lekin 
Xorazmda litografiyada, ko„pincha, original asarlar (bayozlar, she‟riy 
to„plamlar, devonlar) bosilsa ham, tarjima asarlari kamdan-kam bosi-
lar, shuning uchun qo„lyozma  holida  ko„chirib  tarqatilardi.  


 
88 
XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo, jumladan O„zbe-
kistonda  ilg„or,  demokratik  adabiyot  vujudga  keldi.  Mehnatkash  xalq 
orasidan  o„sib  chiqqan  Muqimiy,  Furqat,  Avaz,  Zavqiy,  Hamza  kabi 
shoirlar o„z ijodlari bilan ezilgan xalqqa xizmat qildilar. Bu ilg„or, de-
mokratik  reaksion  g„oyalarga  qarshi  chiqib,  kambag„al  dehqonlar, 
bechora hunarmandlar, mehnatkashlar manfaatini ko„zlardi. Demokrat 
shoirlar,  bir  tomondan,  mehnatkashlarni  ezib  kelayotgan  boy,  savdo-
gar,  ulamo-sipohilarga  qarshi  hajviy  she‟rlar  yozib,  ularni  savalasa, 
ikkinchi tomondan, chor amaldorlari, mustamlakachi to„ralar qilmish-
larini fosh qilar edilar.  
Almaiy (asl ismi qori Fozzullo) o„z zamonasining kuchli shoirla-
ridan  bo„lib,  o„sha  vaqtlarda  gazeta-jurnallarda  va  she‟riy  to„plam-
bayozlarda she‟rlari chiqib turar edi. Toshkentda toshbosmada “Kalila 
va Dimna” asari 1898-yilda Almaiy tarjimasida nashr etildi
1
. Almaiy-
ning bu arjimasi Toshkentda toshbosmada uch martaba bosilib chiqdi. 
Chunonchi,  1898-yilgi  nashridan  keyin  1905-  va  1913-yillarda  qayta 
bosildi. (“Kalila va Dimna” asarining fors tilidan qilingan tarjimasidan 
boshqa  Almaiyning  yana  qanday  tarjima  asarlari  borligi  hozirgacha 
(XX asrning 60-yillarigacha) ma‟lum emas). 
Biz  yuqorida  Shavkat  Sidqiy  Xandayliqiy  tomonidan  qilingan 
“Ming bir kecha” “Alf layla va layla” arab ertaklari to„plamining tarji-
masi haqida ma‟lumot berib o„tgan edik. Bu asar 1912-yilda toshbos-
mada  nashr  qilinadi.  Shu  asarning  ikkinchi  qayta  nashri  haqida 
“Oyna”  jurnalining  1914-yil,  27-son,  523-betida  “Yangi  tarjima”  de-
gan  xabar  bosilgan.  Sidqiy  Xandayliqiy  “Ming  bir  kecha”ni  forscha-
dan qisqartib tarjima qilgani uchun Sayd Ahror mahzum uni arabcha-
dan to„la qayta tarjima qilgan deb tushunmaslik kerak. Haqiqatda esa, 
1912-yilning  o„zidayoq  har  ikki  tarjima  baravar  bosilib  chiqdi.  (Buni 
aniqlash uchun Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar fondida saqlana-
yotgan  10551-raqamli  (Sidqiy  Xandayliqiy  tarjimasi)  va  8938  yoki 
75-raqamli (Said Ahror  mahzum tarjimasi) kitoblarga  qarang: ikkala-
sining chiqqan yili 1912 deb ko„rsatilgan).    
“Qissasi  Ibrohim  bin  Adham”  asarining  tarjimasi  Toshkentda 
Abdulla  hoji  nashrida  1906,  1911,  1913  va  1914-yillarda  to„rt  marta 
qayta  nashr  qilindi.  Ushbu  asar  Samarqandda  1910-yilda  Demurov 
                                                 
1
  Yuqorida  biz  “Kalila  va  Dimna”  asarining  dastlabki  o„zbekcha  tarjimalari 
xususida maxsus to„xtab o„tgan edik.  


 
89 
bosmaxonasida  va  Kogonda  ikki  marta  bosildi.  Asar  Lohurda  urdu 
tilida ham bosilib chiqqan edi. 
“Dostoni  Said  Battol  G„oziy”  asari  “Said  Battol  G„oziy”  degan 
nom  bilan  usmonli  turkchadan  tarjima  qilinib,  toshbosmada  bosilib 
chiqdi. Tarjimoni noma‟lum. Asar qozoq, tatar tillarida ham bosilgan. 
“Said Battol G„oziy” haqida keksa adabiyotshunos,  Tojikistonlik 
olim  Vadud Mahmudiy 1926-yilda “Navoiygacha turk adabiyoti” de-
gan  maqolasida  shunday  deb  yozgan  edi:  “El  adabiyotining  eskidan 
yozilganlari orasida (211-hijriyda) forschadan arabchaga tarjima qilin-
gan  “O„g„uznoma”  atalgan  milliy  doston  borkim,  asosan  turkchadan 
o„zgartirilgandir.  Bu  dostonning  muhim  bir  qismi  bo„lg„on  “Dada 
Qo„rqut” yoki “Qitobi Qo„rqut” kabi “Said Battol G„oziy” dostonida 
el adabiyotidandur. Bu “O„g„uznoma” islomiyatdan burun tasbit etil-
ganiga  hukm  etish  mumkindir.  Chunki  211-hijriyda  forschadan  arab-
chaga  tarjima  qiling„on  bu  dostonning  forschaga  tarjima  qiling„oni 
bilan  arabchalanish  orasida  har  holda  anchagina  vaqt  o„tishi  ehtimoli 
bo„lg„oni  kabi,  forscha  tarjimasi  uchunda,  avvalan  turkcha  yozilgan 
(tasnif etilgan) bo„lishi lozimdir”. 
Firdavsiyning  “Shohnoma”  dostonining  bir  qismi  1908-yilda 
“Shirkati  xayriya”  nashrida  (hajmi  642  bet)  Xomushiy  tarjimasida 
bosilib  chiqdi.  O„sha  yilning  o„zidayoq  noshir  Saidakbar  shu  kitob-
ning  birinchi  jildini  (hajmi  567  bet)  rasmli  qilib  G„ulomiya  (Orifjo-
nov) bosmaxonasida nashr qildirdi. Toshbosmalarda nashr etishda eski 
tarjima  qilingan  qo„lyozmalardan  foydalanish  faqat  Xomushiyning 
tarjimasida o„z aksini topdi. Boshqa tarjimalarning qo„lyozma nusxa-
laridan negadir kam foydalandilar. Bizga buning sabablari ayon emas, 
balki  noshir  va  bosmaxona,  litografiya  egalari  Farg„ona,  Buxoro, 
Xorazmdagi  qo„lyozmalarni  ko„rmagandirlar.  Masalan,  Xorazmda 
“Guliston”ning  Ogahiy  tarjima  qilgan,  badiiy  jihatdan  yuksak  nodir 
nusxasi  bo„lgani  holda,  Toshkentdagi  noshir  boshqa  bir  tarjimani 
bosib chiqardi. Toshkentdagi noshir Xiva xonligida qilingan tarjimani 
bilmaganligi bunga sabab bo„lishi ehtimol. Shuning uchun Toshkentda 
Shayx  Sa‟diyning  “Guliston”  dostoni  Murodxo„ja  domla  tarjimasida 
“Shavqi Guliston” nomi bilan bosilib chiqqan. Murodxo„ja domlaning 
tarjimasi  ham  muvaffaqiyatli  chiqqan.  Bu  tarjimada  asarning  forscha 
matnda ham berilib, hoshiyasida ayrim so„zlarning izohi bor. 
Xisrav Dehlaviyning “Chor darvesh” nomli asari har  xil variant-
larda: goh nasr-nazm bilan naql qilinib, goh qisqartirilgan holda, goh 


 
90 
rasm-bezaklar  bilan  chiryli  jihozlanib,  Tehron,  Bombay  va  boshqa 
shaharlardagi turli-tuman tipografiyalarda fors tilida chop etildi. 
“Chor  darvesh”  o„zbek  tiliga  uch  marta  tarjima  qilingan  qilinib, 
Toshkent, Kogon va boshqa shaharlarda bosilib chiqdi. 
20-yillarga  qadar  qilingan  “Chor  darvesh”ning  tarjimalaridan 
ba‟zilari keyinroq ham qayta bosildi. Masalan Xiromiy tarjima qilgan 
asar  alohida  1960-yilda  nashr  etildi.  (Til  va  adabiyot  institutining 
ilmiy  xodimi  shoir  Anisiy  nasrga  tayyorlangan).  Ulug„  fors-tojik 
shoiri  Shayx  Sa‟diyning  mashhur  “Guliston”  dostonidan  boshqa 
“Karimo” nomli kitobi “Rahimo tarjimai Karimo” nomi bilan o„zbek 
tiliga tarjima qilildi. Bu pand-nasixat to„la maqol, aforizmlardan iborat 
asardir”  Karimo  asarining  Faqat  bir  tarjimasi  bo„lib,  u  ham  toshbos-
mada bosilgan. Kitobda mana shunday deb yozilgan: 
“Bu  risolai  majma‟i  pandki,  tasnifkardai  allomai  qutbi  baland 
martaba shayx Muslihiddin Sa‟diy Sheroziy erdi, Madrasa va maktab-
larimizdagi  yosh  talabalarning  foydalanmoqlari  uchun  tarjima  qilindi 
va nomi “Rahimo tarjimai Karimo” deb qo„yuldi va mullo Kamolxon 
bin mullo G„ulomxon qori Shoshiy Qarotoshiyning yoriylari birlan va 
faqir  Sirojiddin  mahzum  Shavkatning  tarjimasi  va  o„z  qalami  birla 
orosta bo„ldi”. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling