O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Musulmon huquqshunosligiga oid kitoblar tarjimasi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

6.4. Musulmon huquqshunosligiga oid kitoblar tarjimasi 
Shariat qonunlarini sharhlagan va shariat ahllariga qo„llanma bo„l-
gan huquqshunoslikka oid “Muxtasarul-viqoya” nomli asarning mual-
lifi  Ubaydullo  al  Mahbubiydir.  Bu  kitobning  tarjimoni  noma‟lum.  U 
“Muxtasar  ul  viqoya”  tarjimasi  degan  nom  bilan  1906-yilda  ko„chi-
rilgan. Asar Xorazmda o„zbek tiliga o„girilgan. Uning bundan boshqa 
ham tarjimasi bor; bu domla Muhammad Salah tarjimasi bo„lib, qo„l-
yozmani Muhammad Sharif oxun bin domla oxun 1905-yilda ko„chir-
gan. Bu tarjima ham Xorazmda qilingan (inv. №7282). 
Islom  va  shariat  huquqshunosi  Abu  Hafs  Umar  bin  Muhammad 
bin  Ahmad  bin  Ismoil  Nasafiyning  (537/1142-yilda  vafot  qilgan) 
“Tarjimai  aqoid”  nomli  asari  islom  aqidasiga  oiddir.  Asar  bir  necha 


 
84 
marotaba  ko„chirilgan.  Dunyoning  mashhur  kutubxonalarida  ham 
uning  qo„lyozmasi  bor.  Bu  asar  ashtarxoniylar  davrida  (1680-1702) 
tojik tiliga ham tarjima bo„lgan, lekin tarjimoni ma‟lum emas. 
“Durrul-ajoyib” (Ajoyib durlar) asari musulmonlarning diniy e‟ti-
qod va urf-odatlari haqida muhokama yuritadi; muallifi ma‟lum emas. 
U O„rta Osiyo va Volga bo„ylarida keng tarqalgan edi. O„zbek tiliga 
ham  ag„darilgan,  tarjimoni  ma‟lum  emas;  kotib  mulla  Muhammad-
shoh bin Xizr so„fi 1253/1837-yilda ko„chirgan. 
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling