O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Tarixiy-adabiy asarlar tarjimasi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
6.1. Tarixiy-adabiy asarlar tarjimasi
Barcha fanlar ichida eng ko„p tarjima qilingan asarlar tarixga oid bo„lib, Sharqshunoslik instituti fondida 60 ga yaqin tarixiy kitoblarning o„zbekcha tarjimasi bor. Eng qadimiy kitoblardan biri Abulhasan Ali bin Abulkaram Asiruddin Muhammad bin Muham- mad Abulkarim Iz-zuddin bin al asir-al Jazariyning “Tarixi komil” nomli butun dunyo tarixiga oid asaridir (hijriy 628-yil). “Tarixi komil” o„n ikki jilddan iborat fundamental asar bo„lib, XIX asr boshlarida Xorazmda tarjima qilingan. Asarning birinchi jildini Nurullo mufti Eshon va mulla Muham-mad Sharif oxun, ikkinchi jildini Muhammad Rafi‟ ibn Nurullo mahzum, uchinchi jildini mulla Ibodullo mahzum, to„rtinchi jildini domla Xudoybergan 79 oxun, beshinchi jildini Muhammad Sharif xo„ja valadi Abdurahmon xo„ja, oltinchi jildini mulla Otaniyoz ibn Xo„janiyoz, yettinchi jildini Ibodullo xo„ja oxun valadi Bobo xo„ja va domla Muhammad Odil valadi Ortiq Niyoz, sakkizinchi jildini Ju-maniyoz oxun bin Omon- niyoz so„fi bin Nurmahammad so„fi, to„qqiz-inchi jildini Saidniyoz valadi Muhammad Ya‟qub, o„ninchi jildini domla Jumaniyoz, o„n birinchi jildini Saidniyoz valadi mulla Muham-mad Ya‟qub, o„n ikkinchi jildini domla Otajon valadi Qalandar oxunlar tarjima qil- ganlar. Bu o„n ikki tomli ijodiy ishni katta tarjimonlar jamoasi atigi 5-6 yil ichida o„zbek tiliga tarjima qilib ulgurdilar. XIV asrning oxiri, XV asr boshida yozilgan “Tuzuki Temuriy” asari o„zbek tilidan forschaga tarjima qilingan. “Tarjimai Tuzuk Temuriy” – Amir Temurning tarjimai holi bo„lib, u “Tuzuk Temuriy” yoki “Malfuzoti Amir Temur” deb atalgan kitoblarning tarjimasidir. Bunda Amir Temurning yoshligidan tortib to jahongir bo„lganiga qadar o„tgan voqealar yozilgan, dahshatli jang manzara- lari tasvirlangan va Temurning aytgan fikrlari bayon etilgan. Asarni Abu Tolib al Husayniy o„zbek tilidan forschaga o„girgan. U hijriy 1258-yilda ko„chirilgan. “Tuzuk Temuriy” kitobi 1894-yilda Qozonda rus tilida bosilib chiqdi. Toshkentda ham “Temur noma” (книги Темура) degan nom bilan asarning birinchi qismi nashr qilindi. Alisher Navoiyning “Majolisun-nafois” nomli ajoyib asari fors- tojik va boshqa tillarga bir necha marta tarjima qilindi 1 . Navoiy zamondoshi Mirxondning “Ravzatus-safo” (Safo bog„i) nomli 7 tomlik tarixiy kitobi o„zbek tiliga to„la tarjima qilingan. Sayid Muhammad bin Burhoniddin Xondshoh – laqabi Mirxond XV asrning eng kuchli tarixchilaridandir (1494-yil 24 fevralda vafot 1 “Majolisun-nafois” va uning tarjimalari to„g„risida sharqshunos olimlar V.V.Bartold, Ye.E.Bertels, A.K.Borovkov, A.N.Boldirevlar ko„pgina qimmatli fikrlarni aytganlar. Shu asarning forscha tarjimalari haqida A.K.Borovkovning “Маджалисун нафаис” va A.N.Boldirevning “Персидские переводы “Мад- жалис-ан-нафаис” Алишера Навои” nomli asarlarida qimmatli ma‟lumotlar bor. Bu tarjimalar to„g„risida S.G„aniyevaning “Majolisun-nafois” asarining ilmiy-tanqidiy matniga yozgan so„zboshida ham ancha mufassal ma‟lumot berilgan. Qarang: “Мажолисун-нафоис”, Тошкент, Ўзбекистон ФА нашриѐти, 1961, 13-бет. 80 etgan). U ko„p tomlik “Ravzatus-safo” asarini A.Navoiy iltimosiga binoan yozdi va unga bag„ishladi. Mirxondning “Ravzatus-safo” asari mazmunan keng va chuqur bo„lib, haliga qadar o„z qimmatini yo„qotmagan. Bu asar dunyoning kelib chiqishidan to muallifning o„z zamonasigacha, ya‟ni Husayn Boyqaro davrigacha bo„lgan tarixni o„z ichiga olgan. Mirxond o„zining shu asari bilan butun dunyoga mashhur bo„ldi. “Ravzatus- safo”ning birinchi jildi bilan ikkinchi jildining yarmini Munis, ikkinchi jildining qolgan qismi va uchinchi jildni Ogahiy, beshinchi- oltinchi jildlarini Rojiy, oltinchi jildning bir qismini Muhammad Nazar, yettinchi jildini Ogahiy tarjima qilgan 1 . Yettinchi jild o„z ichi- ga “Xotima” qismini ham oladi. “Ravzatus-safo”ning ko„p qismlari usmonli turk tiliga va Yevropa tillariga tarjima qilingan. 1905-yilda uning bir qismi rus tiliga o„girilgan. Alisher Navoiy yashagan davrda yaratilgan muhim tarixiy asar 2 “Tazkirai Davlatshohiy” (Shoirlarning tarjimai holi) yoki “Tazkira- tush-shuaro” fors tilidan o„zbek tiliga xivalik Muhammad Rafi‟ tomonidan tarjima qilindi. “Tazkiratush-shuaro” asarining muallifi Davlatshoh bin Alouddavla Baxtishoh al-G„ozi as-Samarqandiy (1495-yilda vafot etgan) o„z asarida faqat shoirlarning tarjimai holini yozish bilan cheklanmasdan, o„sha davrdagi voqealar va muhim tari- xiy hodisalarni ham bayon qiladi. Navoiy o„zining “Majolisun-nafois” asarida Davlatshoh haqida shunday yozgan: “...Amir Davlatshoh xushtab‟ va darveshvash va ko„p salohiyatlik yigitdur. Obo va ajdodi tariqidinkim, amorat va zohir azamat va tajammuli bo„lg„ay, kechiyeb go„shi ixtiyor qilib, faqr dahqanat bila qanoat qildi, va fazoil, kamolot iktisobi bila umr o„tkardi. Ushbu maz- mundakim, bu muxtasar bitiladur, Majmuatush-shuaro tasnif qilibdur- kim, har kishi oni mutolaa qilsa musannifining iste‟dod va kamolin ma‟lum qilur. Ammo bu yaqinda xabar keldikim, foni olamdin rixlat qilibdur. Voqe‟ bo„lsa tangri anga rahmat qilg„ay. Bu matla‟ aning dururkim: 1 Шарқшунослик институти қўлѐзмалар фонди, инв. № 7305 (1 жилд), инв. № 7108 (II жилд), инв. № 7414 (III жилд), инв.№1813 (IV-V жилд), инв. № 6789 (VI жилд), инв. № 7108 (VII жилд). 2 Алишер Навоий. Танланган асарлар. III том. –Тошкент: Ўздавнашр, 1948. –Б.13-бет. Нашрга тайѐрловчилар: Ойбек ва П. Шамсиев. 81 Zahi az oftobi orazat chashmi chahon ravshan, Zi chashmon ravshani karda dilamro xonumon ravshan” 1 . Bayoniy tarixiy kitoblarning o„zbekcha tarjimasining sifat jihat- dan yaxshi chiqishiga katta e‟tibor berar edi. Alisher Navoiyga atalgan “Ravzatul-ahbob” kitobining tarjima qilingan variantlarini ko„rib, bu tarjimaning sifatidan qanoat hosil qilmagani uchun, uni qaytadan tarjima qilib chiqdi. Usmonli turk tilidan tarjima qilingan katta asarlardan biri Ibrohim Haqqiyning “Tarixi umumiy” asaridir. Bu asar Istanbulda 1889-yilda bosilgan, uni 1908-yilda domla Ro„zmuhammad Xorazmiy Firuzning topshirig„i bilan tarjima qilgan. Buxoro tarixiga oid bo„lmish “Abdullonoma” ba‟zan “Sharifnomai shohiy” deb ham ataladi] nomli kitob ham o„zbek tiliga ag„darilgan (tarjimon nomi ko„rsatilmagan). Fors-tojik adabiyotining ulug„ namoyandasi Jomiyning “Nafa- hotul-uns min hazarotil-quds” nomli asarini Navoiydan boshqa yana bir tarjimon – xorazmli oxun Rahmonquli qori ham o„zbekchaga ag„- dargan. Hajmi 566 betdan iborat bo„lgan bu asar hijriy 1304-yilda ko„- chirilgan. XVI asrda “Nafahotul-uns”ni Muharram afandi (1591-yilda vafot etgan) arabchaga tarjima qilgan (Bu tarjima Sharqshunoslik institutining qo„lyozmalar fondida mavjud. Qarang: inv. №2441). O„zbek tilidan arab, fors-tojik tillariga ham bir qancha tarixiy asar tarjima qilingan. Masalan, “Boburnoma” “Voqioti Zahiriddin Muham- mad Bobur podsho” degan nom bilan o„zbekchadan tojik tiliga To- g„aymurod Qarluqi Xotlani al Baljuoniy (taxallusi Oxund) tomonidan 1328/1910-yilda Baljuvon hokimi Jahongirbekning buyrug„i bilan tarjima qilingan, hajmi 270 bet. Ashtarxoniylarning shahzodasi Iskan- dar Sulton topshirig„i bilan “Tarixi G„ozoniy” kitobini Amir Abdullo o„zbek tilidan tojikchaga tarjima qilgan va o„sha shahzodaga bag„ish- lab, nomini “Iskandarnoma” deb atagan. Asar o„zbeklar tarixiga oid va 1533-1535-yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan shahzoda Ubaydullogacha bo„lgan tarixiy voqealar haqida qimmatli ma‟lumot- lar beradi. O„zbek tilidan arab, fors-tojik, hind va boshqa tillarga tarjima qilingan tarixiy kitoblar hali chuqur o„rganilmagan. Bu galdagi muhim vazifalardan biri bo„lib qolmoqda. 1 Bayoniyning tarjimachilik sohasidagi xizmatlari ushbu kitobning “Bayoniy" qismida yoritilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling