76
ning musulmon qonunshunosligiga oid asarining tarjimasidir. Bu
asarning Xorazmda qilingan tarjimasi ham bor
93
.
Shoir
Xiromiy hind shoiri Xisrav Dehlviyning “Chor darvesh”
nomli asarini she‟riy yo„l bilan erkin tarjima qilgan. Bu qo„lyozma
“Chahor darveshi” Xiromiy degan nom bilan 1272/1855-yilda ko„chi-
rilgan, hajmi 270 bet. “Chor darvesh”ni shoir Siddiq ham nasr va
nazm aralash tarjima qilgan. Bu tarjimadan ba‟zi bir parchalar va Bu
variantda hikoyalar she‟riy parchalar bilan qo„shib beriladi. Asar
o„zbekchaga
ham tarjima qilingan, ammo tarjimon nomi noma‟lum.
O„zbek xalqi “Ming bir kecha” asari chiqmasdan ilgari undagi
ertaklarni og„zaki aytib yurar edi. Asarning qayerda va kim tomonidan
yozilgani ma‟lum emas, hatto, uning dastlabki asl nusxasi arabchami
yoki forscha ekanligi ham munozara mavzusi bo„lgan
1
. 60-yillarda
“Ming bir kecha”ning 8 tomlik to„la nashri Misrdagi originaldan
birinchi marta tarjima qilingan. S.Mutallibov asarning 1- va 8-tomla-
rini tarjima qilgan. “Ming bir kecha” asarining olti tomi bosmadan
chiqqan. Sidqiy Xandayliqiy tarjima qilgan “Alf layla va layla” fors
tilidan qisqartib ag„darilgan edi. Keyin u
Ahror mahzum tomonidan
arab tilidan o„zbek tiliga to„la tarjima qilingan. (Tarjimon Ahror
mahzum).
Do'stlaringiz bilan baham: