O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Komil  Xorazmiy.  Polvonniyoz  Mirzoboshi  bin  Abdullo  oxun 
(Komil  Xorazmiy)  kuchli  shoir,  xattot,  kompozitor,  davlat  arbobi 
ham  edi.  “Xorazm  notasi”ni  ijod  qilgan  kishi  Komil  Xorazmiy 
bo„lib, u mavlono Husayn Vo„iz Koshifiy “Latoifut-tavoif” (Toifalar 
haqida  latifalar)  kitobini  tarjima  qildi.  Bu  kitob  1300/1882-yilda 
ko„chirilgan,  145  varaqdan  iborat.  Shu  kitobning  boshqa  bir  nomi 
ham  bor,  u  “Latoif  va  zaroif”  bo„lib,  1303-yilda  tarjimon  Komil 
Xorazmiy tomonidan ko„chirilgan. Qo„lyozma 185 bet. Bu kitobning 
tarjimasi qiyin bo„lib, u aforizm, maqol, matal, hikmatli so„zlar to„p-
lamidan iborat. Komil Xorazmiy 1303/1888-1889-yilda vafot etdi.  
Bayoniy. Matbuotimizda Bayoniy haqida dastlab ilmiy axborot 
bergan  kishilardan  biri  O„zbekiston  Fanlar  akademiyasining  muxbir 
a‟zosi,  tarix  fanlari  doktori  M.Y.Yo„ldoshev  bo„ldi.  U  o„zining 
“Ценный источник по истории Хорезма” degan maqolasida Bayo-
niyning tarixiy kitoblari haqida qimmatli fikrlarni aytadi. 1960-yilda 


 
75 
“O„zbek  adabiyoti”  xrestomatiyasining  birinchi  kitobida  Bayoniy 
haqida  qisqacha  ma‟lumot  va  shoirning  g„azali  hamda  muhammas-
laridan namuna beriladi.  
Bayoniy tarjima qilgan asarlar tubandagilar: 
1.  “Tarjimai  tarixi  Tabariy”,  hijriy  1311-yilda  tarjima  qilingan, 
1331-yilda  kotib  Muhammad  Rasul  bin  Muhammad  Karimbek 
ko„chirgan, 685 bet (Har bir beti hozirgi uch betga to„g„ri keladi). 
2.  “Sahoiful-axbor”  (Xabar  sahifalari).  Muallifi  mavlono  Dar-
vesh,  1-  jild,  hijriy  1092-yilda  yozilgan.  1319-yilda  ko„chiril-gan, 
428 bet. 
3. “Sahoiful-axbor”, II jild, 1321-yilda ko„chirilgan, 355 bet.  
Bu ikki jild birga qo„shilib, uchinchi jildning tarjimasi bilan bir-
ga katta qo„lyozma holida Sayd Abdulla va domullo Qalandar ikkovi 
1323-1326-hijriyda, ko„chirganlar, qo„lyozma hajmi 711 bet.  
4.  “Ravzatul-ahbob”  (Do„stlar  bog„i),  Atoullo  bin  Fayzullo 
Husayniy  asari  bo„lib,  Bayoniy  hijriy  1322-yilda  tarjima  qilgan; 
1325-hijriyda ko„chirilgan, 290 varaq. 
5. “Shayboniynoma” Binoiyning asari bo„lib, uni Bayoniy 1333-
hijriyda tarjima qilgan, 106 bet. 
Bayoniyning  boshqa  tarjimalari  ham  bor
1
.  Yuqorida  keltirilgan 
asarlardan ko„rinib turibdiki, Bayoniy 250 bosma bet asarni tarjima 
qilgan. She‟riy devoni, tarixiy asarlarini ham qo„shsak, o„zi shaxsan 
chiroyli qilib ko„chirgan kitoblarni hisobga olsak, Bayoniy ijodining 
naqadar sermahsul ekanligiga iqror bo„lamiz.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling