O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Bu qissa tarjimasining boisi Ey xiradmandi donish ovarlar, Meni mahzung„a yoru yovarlar, Menki ogohlar mahidurmen, Ham laqab birla Ogahiydurmen. Garchi Ogahiy o„z tarjimasini shoh Muhammad Rahimxon nomi bilan bog„lasa-da, aslda bu o„sha muhit taqozosi bo„lib, asl muddao boshqa tomonda edi. Ogahiy tarixiy-badiiy va axloqiy-falsafiy asarlar- ni tarjima qilar ekan, har doim bir o„y, bir maqsad uning oldida ko„n- dalang turar, u ham bo„lsa, o„zbek xalqiga xizmat qilish edi. 74 Ogahiy o„z asarlarining litografiyada bosilganini ko„rmay, 65 yoshida, ya‟ni 1874-yilda vafot etdi. Shoirning adabiy asarlari haqida hozir bir qancha olimlar ilmiy ish olib bormoqda. Bizda hozirga qadar Ogahiy lirikasi, uning ijodiy faoliyati hamda tarixiy asarlari haqida uchta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Ammo bu ajoyib shoir va tarixshunos olim ijodiy faoliyatining teng yarmini tashkil qiluvchi ajoyib tarjimalari haqida birorta ham ilmiy-tadqiqot ishi olib borilgani yo„q. Holbuki, Ogahiy-shoir va Ogahiy-tarixshunosni ham uning fun- damental tarjimalaridan ajratib qarash mumkin emas. Ogahiy Shayx Sa‟diyning “Guliston” asarini tarjima qilar ekan, o„zidan besh asr ilgari Sayf Saroyi tomonidan tarjima qilingan “Gulis- ton”ning qo„lyozmasini ko„rmagan, buning asosiy sababi ham bor: u tarjimaning qo„lyozmasi Xorazmda yo„q edi. Biz Sayf Saroyidan “Bir kurashchi pahlavon” haqidagi hikoyat tarjimasini yuqorida keltirgan edik (inv. № 899, 40-bob, 43-a varaqqa qarang). Nodir namunalarni tarjima qilish bilan Ogahiy o„zbek adabiy tili va uslubini boyitadi. O„zbek adabiy tilining boyligini yana bir bor ko„rsatadi. O„z xalqiga ajoyib madaniy boyliklar baxsh etadi, uning yuksak estetik zavqini oshirishda, uni o„z davriga ko„ra ilg„or g„oya va intilishlar ruhida tarbiya qilishda ishtirok etadi. Ogahiy o„zining tarjimalari bilan xalqlar do„stligi va hamkorligini rivojlantirishga o„zi- ning munosib hissasini qo„shdi”. Darhaqiqat, Ogahiy tarjimalari badiiy san‟atning yuksak namunasidir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling