O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
“Kalila va Dimna” asarining tarjimalari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
“Kalila va Dimna” asarining tarjimalari
XVIII asrda o„zbek tiliga qilingan eng katta, muhim badiiy tarji- malardan biri – “Kalila va Dimna” tarjimasidir. Asarning yozilishi va uning dunyo tillariga tarjima qilinishi uzoq tarixga borib taqaladi. Sharq va G„arb mamlakatlarining juda ko„p tillariga ag„darilgan, bino- barin, dunyoda eng ko„p tillarga tarjima qilingan, ko„p tarqalgan va ommabop asarlardan biri “Kalila va Dimna”dir. Undagi hikoyalar, hikmat va pand-nasihatlar bir necha avlodlar osha og„izdan-og„iz-ga o„tib keladi. Sharqning ulug„ yozuvchilari ham “Kalila va Dimna”dagi qiziqarli syujetlarga murojaat qilganlar. 1 Ўзбекистон тарихи. 1-том, 1-китоб. –Б.458. 66 “Kalila va Dimna”ning tarjimalari haqida oktabr to„ntarishidan ilgari “Sho„ro” jurnalida (1913-yil, 5 va 6-sonlarida) “Ibn Muqaffa‟” nomli katta bir maqolada batafsil yozilgan. Bu maqolaning muallifi “Kalila va Dimna”ni arab tiliga tarjima qilgan ibn Muqaffa‟ haqida yozar ekan, shu asar tarjimasining tarixini beradi. Unda juda ko„p qimmatli fikrlar va materiallar bor. O„zbek xalqi ham “Kalila va Dimna”ni qadim zamonlardan beri biladi, bundan 700 yil ilgari asar o„zbek tiliga tarjima qilingan. Bu hakda filologiya fanlari doktori G„ulom Karimov o„zining “Hind va o„zbek adabiy munosabatlari tarixidan” degan maqolasida shunday yozadi: “Kalila va Dimna” o„zbek tiliga bir necha marta tarjima qilin- gan. Mavjud manbalarning ko„rsatishiga qaraganda, asarning o„zbek tiliga (chig„atoychaga – qadimgi o„zbekchaga) qilingan birinchi tarji- masi XIII asrga to„g„ri keladi. Bu tarjimaning yagona qo„lyozmasi Londondagi Indiya Offis kutubxonasida saqlanmoqda”. Bu tarjimaning tili, uslubi og„ir bo„lganidan, mashhur olim, adib va tarjimon mavlono Husayn bin Ali Voiz-ul Koshifiy (910/1505- yilda vafot etgan) uni qayta ishlab, to„g„risi, boshqatdan tarjima qilib, asarni Hirot sultoni Husayn mirzoning muhrdori Amir Nizomiddin Shayx Ahmad Suxayliyga bag„ishlagan. Mana shuning uchun kitob- ning nomi “Kalila va Dimna” deb atalmay, “Anvori Suxayliy” nomi bilan mashhur bo„lgan. Bu haqda Muhammad Temur shunday deb yozadi: Shunday qilib, “Kalila va Dimna” arab va fors tiliga tarjima qilingan bo„lib, keyinchalik “Anvori Suxayliy” turkiy tillarga, shu jumladan o„zbekchaga tarjima qilindi. “Anvori Suxayliy”ning fransuz- cha tarjimasi 1724 yilda Parijda bosildi. “Kalila va Dimna” o„n to„rt bobdan iborat bo„lib, ular tubandagi- lardir: bobi avval, suxani chin va yomonliqqa sa‟y qilg„uchilardan qochmoq bayonida; ikkinchi bob, yomonlar va badkorlarning oqibat jazolarin topg„onlarin bayonida; uchinchi, do„stlarning muvofiqlig„i va dastgirlik qilg„onlarin bayonida; to„rtinchi, dushman ahvolin mulo- haza qilmoq va alar makridan emin bo„lmaslik bayonida; beshinchi, matlubning qo„lidaya bermoq va g„ofil bo„lmoq va fahmlik qilmoq zararin bayonida; oltinchi, shitob va tezlik qilmoq va shosh-moqliq ofatin bayonida; yettinchi, tadbir va hiyla birlan dushman makridin qutulmoq; sakkizinchi, ahli hasaddin e‟tiroz qilmoq va olarning tam- miq tazrg„ig„a e‟timod qilmasliq bayonida; to„qdizinchi, afv fazilatla- rin bayon qilmoqkim, podshohlarning yaxshi sifatlari-dindir; o„ninchi, 67 a‟molg„a jazo va sazo topmoq va mukofot ko„rmoq bayonida; o„n birinchi, ko„p talab, o„z ishidin qolib zarar ko„rmoq bayonida; o„n ikkinchi, og„irliq va halim va sabot xususan podshoh-larg„a fazilati; o„n uchinchi, podshohlarning ahl xiyonat va yolg„on-chilar so„zidan ixtinob qilmoq xususida; o„n to„rtinchi bob, zamona hrdisotiga iltifot qilmaslik. Asarda asosiy personajlar qush va hayvonlar bo„lib, ular o„z xarakteriga ega va shu fe‟l-atvordan chiqib so„zlaydilar, badiiy tugun- ni yechish uchun har birining o„z roli bor. Asar sodda, jonli, obrazli, shirin-shakar tilda tarjima qilingan, ammo ba‟zan chalkash jumlalar ham uchrab qoladi, ayniqsa, qur‟on- dan keltirilgan suralar tarjimasi og„ir, ularga tushunish qiyin. Hatto forscha originalning o„zi ham arabcha iboralarni murakkab qilib tarji- ma qilgan. Asarning mulla Muhammad Temur va Almaiy tarjimalarini bir-biriga qiyos qilish uchun bu ikki o„zbekcha tarjima variantidan misol keltiramiz. Mulla Muhammad Temur tarjimasi: Hikoyat. Sichqon aytdi: kelturubdurlarkim, bir kishi tevaga minib safarga chiqib erdi, bir yerga yettikim, korvonlar anda tushub o„t qalob erdilar; ko„chkondin keyin cho„g„larini shamol olib borib chan- gol o„tg„a tutoshturub erdi, ul manzilning aksarig„a o„t olib ketti. Anda bir yilon bor erdikim, jo„rasini o„t olib, aroda qolib erdi va o„t arosi- dan chiqmoqqa yo„l topolmas edi. Ul holatg„a yettikim, kabobdek kuyub, zaharlik badanidin qatra-qatra qon tomg„oy va chun ul tevalik- ni ko„rdi, ersa anga zori birla aydi. Qit‟a: Na bo„lgaykim bu o„t ichra menga shafqat suyin sochsang, Tarahhum ilki birla bu girih bo„lg„on ishim ochsang. Ul kimarsa base rahmdil erdi va chun aning ul nav‟i nolasin eshi- tib, bechoraligin ko„rdi, ersa o„ziga aydi: “Agarchi yilon odamizodlar- ning dushmani erur, ammo holo bu darmondalik va hayronliqda hech andin yaxshi ermaski, anga lutf-ehson ko„rguzmoq birla dunyo saoda- tin va oxirat savobin topg„ayman”, deb nayza uchig„a tubrani birkitib sundi: yilon ani g„animat bilib, filhol tubra ichiga kirdi. Ul kimarsa ani toshqori olib soldi va aydi: “Endi balodin najot topding, qayon xo-hish etsang, anda borg„il. Ondin keyin kishining ozori qasdida bo„lmog„il- kim, kishiga ozor berguvchi ikki dunyoda la‟natga sazovordur, oxirat- da uqubatga giriftor. Bayt: Kishiga berma ozori, yiroq bo„l, Xalos o„lmog„likingg„a ushbudur yo„l”. 68 Yilon aydi: “Bu na so„zdurkim, men senga va tevaga zaxm urma- g„uncha hech sori ketmasman”. Va ul kishi aydi: “Man senga yaxshi- liq qilib, o„tdin olg„onimning jazosi bumudur? Qit‟a: Men senga ko„rguzdum oyini vafo, Bas, nedur sendin manga rasmi jafo?” Yilon aydi: “Oriy sen yaxshiliq qilding – vale o„runsuz yerga qilding. Bilurmusankim, men zararning mazhari va zahrning ma‟dani tururman va senkim yomonliq qilur kishiga yaxshilik qilding, senga sazovor uldurkim, alam va jafo ko„rgoysan, chunkim yomonlarg„a yaxshilik, yaxshilarg„a yomonliq hukmida durur. Misra: Chunonkim yaxshilar haqida kishi gar Ravo ermasdurur kilmoq yomonliq. Yomonlar haqida ham joyiz ermas Birov ko„rsa lutfu mehribonliq. Va digar ba‟zukum liba‟zin aduvun hukmi birla bizlar oramizda qadimiy adovat bor durur, ya‟ni tovus va yilon, va iblis, Odam va Havo Alayhissalom ba‟zilaringiz ba‟zilarg„a dushman erursizlar. Lozim bo„ldikim, sango zaxm urg„oyman, to o„zgalar mundin tanbeh olg„oylar”. Ul kishi aydi: “Ey yilon, insof hamisha qilg„ilkim, yaxshiliqg„a yomonliq qaysi mazhabdadur?” yilon aydi: “Sizlarning odatingizlar shundog„durur. Man bu rasmni sizlardin o„rgondim, o„zingizlardin olg„anni o„zungizlarg„a sotarman. Misra: Sotib olg„ondin, o„ziga andaki ham sotqoysan”. Hikoyatning boshlanishida bir kishining tuyaga minib kelayotga- nini mulla Muhammad Temur ravishdosh oborot bilan bersa (“bir ki- shi tevaga minib...”), Almaiy sifatdosh oborot bilan (“bir teva mingan kishi...”) ag„dargan. Biroq, ba‟zan shunday hollar ham uchraydiki, bular asarning badiiy qimmatiga ta‟sir qiladi. Masalan, mulla Muhammad Temur tarjimasida berilgan: Men senga ko„rguzdum oyini vafo, Bas, nedur sendin menga rasmi jafo? misralari Almaiy tarjimasida tashlab ketilgan. Ba‟zan har ikki tarjimada ham asl nusxada aytilgan baytlar aks ettirilgan bo„lsa-da, ammo ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Masalan, Almaiy ijrosida: Xudodin qo„rqg„il-u, ozor berma, Qutulmog„ni yo„li bu bo„ldi-yu, bas 69 deb berilgan misralar mulla Muhammad Temur tarjimasida misra- larning to„laligi va qofiyalanishiga e‟tibor qilgan holda ancha mukam- mal aks ettirilgan edi: Kishiga berma ozori, yiroq bo„l, Xalos o„lmog„liqingg„a ushbudur yo„l. Bu o„lmas asarning o„zbek tiliga tarjima qilinishi ikki xalqning – hind va o„zbek xalqining yuragini bir-biriga payvand qilishda katta rol o„ynagan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling