O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
“Shohnoma” dostonining tarjimalari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
“Shohnoma” dostonining tarjimalari. XVII asrning oxirida
madaniyatimiz tarixida katta hodisa ro„y berdi. Shoir-tarjimon Xomu- shiy jahon adabiyotining so„nmas yulduzi Firdavsiyning “Shohnoma” asarini tarjima qildi. Firdavsiyning tabarruk nomi ming yildan beri xalqlar o„rtasida tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o„tib kelmoqda. Uning “Shohnoma” epopeyasi jahon adabiyotining eng nodir asarlari- dan biri bo„lib, dunyo xalqlarining juda ko„p tillariga tarjima qilingan- dir. 1934-yilda shoir tavalludiga ming yil to„lishi munosabati bilan o„tkazilgan yubiley butun bashariyatning bayramiga aylandi. Firdav- siy Xuroson viloyatining Tus shahriga yaqin Taboron qishlog„ida tug„ilgan. Tug„ilgan qishlog„ining nomini ba‟zan “Shjhzab”, ba‟zan “Boj” ham deb yuritadilar. Hozir ulug„ shoir nomiga atalib, “Firdavs” deb qo„yilgan. Firdavsiyning tug„ilgan yili aniq emas, ba‟zi olimlar uni 934- bilan 941-yillar o„rtasida tug„ilgan bo„lsa kerak deb yozisha- di. Prof. N.M.Mallaevning darsligida shoir 940/41-yillarda tug„ilgan deb ko„rsatilgan. Firdavsiyning ijod qila boshlagan yillari somoniylar sulolasi hukm surgan davrga to„g„ri keladi. U “Shohnoma” ustida jami bo„lib 30-35 yilcha ishlagan. Firdavsiy bir necha ming yillik tarixni, sonsiz-hisobsiz tarixiy voqealarni, asrlar bo„yi xalq og„zida aytilib kelayotgan afsonalarni nazm bilan tasvir etgan. Firdavsiyga qadar “Shohnoma” janri ustida ishlagan shoirlar ham bo„lgan. Masalan, o„z davrining mohir shoirlaridan Daqiqiy ham “Shohnoma” yozgan, lekin ming bayt to„qigan-u, o„z qulining qo„lidan halok bo„lgan. 64 Firdavsiy “Shohnoma”ni uch marta qaytadan tahrir qilib, yozib chiqdi, birinchi redaksiyasini 994-yilda tamom qildi. Shoir uni somo- niy hukmdoriga taqdim etmoqchi edi, lekin bu davrda qoraxoniylar somoniylar sulolasini barbod etgan, mamlakat ikkiga bo„lingan edi (yuqorida bu haqda aytib o„tildi). Amudaryoning janubi-sharqiy to- monlari Mahmud G„aznaviy qo„liga o„tgan edi. Firdavsiy o„z asarini unga olib borib taqdim etishni loyiq ko„rmaydi va safarga chiqib keta- di. Bag„dodga borib, Bahoud Davla Deylaminning noibi Muvaffaq- ning istagi bilan “Yusuf va Zulayxo” dostonini yozib tamom qiladi, so„ngra Isfahonga kelib, u yerning hokimi Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr Xonlanjonning xohishi bilan 389/1000-yilda “Shohno- ma”ning ikkinchi tahririni bitkazgan. Uchinchisini esa 400/1010 – 1011-yillarda tamomlab, yetti jild kitobni Abu Duvlafning qistovi bilan u bilan birga G„aznaga – sulton Mahmudning oldiga ketadi va “Shohnoma”ning oxirgi tahririni unga taqdim etadi. Adabiyot va san‟atning qadriga yetmagan sulton Mahmud G„aznaviy shoirni go„yo yaxshi qarshi olgan bo„ladi va unga 20.000 kumush pul beradi (ba‟zi kitoblarda 100.000 kumush pul bergan deb yozilgan). Bu “siylov” dan juda xafa bo„lgan Firdavsiy sultondan olgan pulni hammomchi bilan nonvoyga ulashib beradi va kechasi G„aznadan chiqib, Hirotga yo„l oladi. Bir necha yilgacha har qayerda yashirinib yuradi. Otashin asari “Sulton Mahmud haqida hajv”ni yozadi. Firdavsiy umrining oxirgi yillarigacha muhtojlikda, qiyinchilik, azob-uqubatda yashaydi, og„ir kunlarni boshidan kechiradi va saksondan oshgan keksa shoir 1020- (ba‟zi ma‟lumotlarga ko„ra 1026) yilda armon bilan dunyodan o„tadi. Firdavsiyning jasadini qabristonda ko„mishga ruxsat bo„lmaydi (uni dinsiz, islom dinigacha bo„lgan voqealarni tasvirlagan dahriy deb ayblaydilar), shu sababli jasadi o„z bog„iga dafn etilgan. “Shohnoma” arabchaga hijriy 620-624-yillarda tarjima qilindi 1 . “Shohnoma” yozish an‟anasini boshlab bergan Firdavsiy shoirlarning ustozi bo„lib qoldi. 1 Yevropada “Shohnoma”ning birinchi tarjimalari yuz yillar ilgari nashr etilgan. Sharqshunos F.Rukkert “Shohnoma”ni nemis tiliga, sharqshunos Yulis Mol fransuz tiliga, sharqshunos Torner Meken ingliz tiliga, sharqshunos Itado Pizi italyan tiliga tarjima qilgan. Mashhur rus shoiri, Pushkinning ta‟biri bilan aytganda, “genial tarjimon” Jukovskiy bu ajoyib dostonni bundan bir yarim asr avval tarjima qilib rus xalqiga manzur qilgan edi. Buyuk nemis shoiri Genrix Geyne Firdavsiyga bag„ishlab she‟r yozgan. 65 Ulug„ Navoiy Firdavsiyni “ustodi fan” deb atab, katta hurmat bilan tilga olgan edi. U o„zining asari “Saddi Iskandariy”ni “Shohno- ma” vazni – “mutaqorib”da yozdi. “Shohnoma”ning turk, tatar, ozar- boyjon, o„zbek, qozoq va boshqa tillarga bo„lgan bir qancha tarjima- lari bor. Turk shoirlaridan Sho„hiddin “Shohnoma”dan 4 ming baytni, Mehdin hijriy 1020-yilda nasriy yo„l bilan uni tarjima qilgan. Tatar shoiri Ali Afandi hijriy 916-yilda “Shohnoma”ni nazm bilan tarjima qilib, tatar xalqining muhabbatiga sazovor bo„lgan. * * * XVIII asrning boshlarida ashtarxoniylar davlati yemirila boshla- gan va Ubaydulla II xonlik qilgan paytda esa (1702-1711) to„la inqi- rozga yuz tutgan edi. U o„lgandan so„ng ashtarxoniylar davlati butun- lay mayda bo„laklarga bo„linib ketdi. 1711-1747-yillargacha xonlik qilgan Abulfayzxonning nufuzi yo„q darajada edi. “U tez orada amir- lar qo„lida qo„g„irchoq bo„lib qoldi” 1 . Eron shohi Nodirshoh bilan bo„lgan janglardan so„ng Abulfayz- xon yengilib, unga itoat qilishga majbur bo„ldi, Buxoro Eron shohi- ning vassaliga aylangan edi. Bu paytda ko„p yerlarda isyonlar chiqdi, mustabid xonlardan, shohlardan norozi bo„lgan, jabr-jafo tortgan xalq bosh ko„tardi. Nodirshoh 1747-yilda o„ldirilgach, ko„p o„tmay Buxo- roda mang„itlar sulolasi boshlandi. Bu sulolaning birinchi amiri Abul- fayz Muhammad Rahim edi. Keyingi amirlar shu sulolaga mansub bo„lib, to Buxoro inqilobiga qadar (1920-yilgacha) hukmronlik qildilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling