O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 XV asrda tarjima qilingan asarlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
5.4. XV asrda tarjima qilingan asarlar 
XV asr adabiyot tarixida ham, shuningdek, badiiy tarjima tarixida 
ham alohida o„rinni ishg„ol qiladi. Bu davrning madaniy hayoti o„zbek 
xalqining iftixori Alisher Navoiy nomi bilan bog„liq bo„lib, uning ya-


 
58 
ratgan  asarlari  o„zbek  adabiyoti  xazinasining  durdonalari  bo„libgina 
qolmay, dunyo adabiyotining ham bebaho boyligidir. Navoiy ko„p ori-
ginal asarlar yaratish bilan birga, bir qancha asarni tarjima qilgan. 
Haydar  Xorazmiy.  XV  asrning  boshlarida  (1409-yilda),  ajoyib 
shoir-tarjimon  Haydar  Xorazmiy  Nizomiyning  “Maxzanul-asror” 
nomli  asarini  tarjima  qila  boshlagan  va  uni  1414-yillar  o„rtasida  ta-
momlagan. Bu she‟riy, falsafiy asarning har tomonlama murakkabligi 
tarjima qilish uchun juda katta qiyinchiliklar tug„dirgan. Shunga qara-
may,  qiyinchiliklarni  yenga  olgan  Haydar  Xorazmiy  o„zbek  xalqi 
uchun  katta  va  ajoyib  madaniy  yodgorlik  qoldirdi.  Uning  qachon  tu-
g„ilgani  va  vafot  etgani  haqida  ma‟lumot  yo„q.  Xorazmiyning  ijodi 
to„g„risida yozilgan biron ilmiy asarni uchratmadik. Uning nomi bilan 
bog„liq  bo„lgan,  bizgacha  yetib  kelgan  birdan-bir  asar  “Maxzanul-
asror”ning tarjimasidir. Bu asarning asl qo„lyozma nusxasi Britaniya-
da  saqlanadi;  qo„lyozma  1508-1509-yilda  ko„chirilgan;  Britaniyada 
saqlanayotgan qo„lyozmaning foto nusxasi hozir Til va adabiyot ilmiy 
tekshirish instituti fondida mavjud.  
“Maxzanul-asror”ning o„zbekcha tarjimasi nodir asar bo„lib qoldi-
ki, uning tanqidiy matnini nashr qilish maqsadga muvofiqdir. 
Haydar  Xorazmiy  haqidag„i  ilk  ma‟lumotni  Navoiy  o„zining 
“Majolisun-nafois” asarida bergan. U shunday deb yozadi: “Mavlono 
Haydar  turkigo„y,  aning  (Sulton  Iskandar  Sheroziyning  –  J.Sh.) 
maddohi ekandurkim, bu aning masnaviysidindurkim: 
“Himmat elidur Yadi  bayzo degan
 
Er  nafasidur dami Iso degan”
1
 
Alisher  Navoiy  Haydar  Xorazmiyni  Atoiy,  Sakkokiy  kabi  zabar-
dast  shoirlar  bilan  tenglashtiradi  va  u  haqda  “Muhokamatul-lug„a-
tayn”da shunday yozadi: “To mulk, arab va sart salotinidin turk xonla-
rig„a  intiqol  topti,  Hulokuxon  zamonidan  sultoni  sohibqiron  Temur 
Ko„ragon  zamonidin  farzandi  xalafi  Shohruh  sultonning  zamonining 
oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bo„ldilar. Va ul hazratning avlod 
va ahfodidin ham xushtab‟ salotin zuhurg„a keldi: shuaro Sakkokiy va 
Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Ga-
                                                 
1
Алишер  Навоий.  Мажолисун  нафоис  (Нафис  мажлислар).  С.Ғаниева 
нашрга  тайѐрлаган  илмий-танқидий  матн.  –  Тошкент,  Ўз  ФА  нашриѐти, 
1961. –Б. 198.  


 
59 
doyideklar”
1
. Bas ma‟lum bo„ladiki, Haydar Xorazmiy o„zbek adabiy 
tilini yuksaltiruvchi “xushtab‟” shoirlardan biri bo„lgan. 
Haydar Xorazmiy Nizomiyning “Maxzanul-asror” asarini tarjima 
qilgani  haqida  so„z  yuritar  ekan,  o„zini  Qutb  Xorazmiy  kabi  kamtar 
tutadi va ulug„ shoirga hurmat bilan qarab shuni bayon etadi: 
Tashna sifat bo„ldum ayog„ida past,  
Jur‟asidin qildi dimog„imni mast   (10-bet). 
Haydar  Xorazmiy  noyob  asarni  tarjima  qilar  ekan,  ozarbayjon 
xalqining dilini o„zbek xalqi dili bilan payvand qildi. 
Mavlono  Lutfiy  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  tarixiy  dalillarga 
asoslanib  yozilgan  va  Amir  Temur  tarixini  o„rganishda  birdan-bir 
qimmatli  asar  bo„lgan  “Zafarnoma”ning  juda  ko„p  baytlarini  fors 
tilidan  tarjima  qilgan  (“Zafarnoma”  muallifi  Sharafiddin  Ali  Yazdiy 
ham  tarixchi,  ham  olim,  ham  shoir  bo„lgan.  Uning  haqida  Alisher 
Navoiy  o„zining  “Majolisun-nafois”  asarida  qiziq  ma‟lumotlar  bera-
di). “Zafarnoma”  asarining baytlarini Lutfiy tarjima qilganligi haqida 
Navoiy  shunday  deb  yozadi:  “Va  mavlono  (Lutfiy  –  J.Sh.)ning 
“Zafarnoma” tarjimasida o„n ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor”. 
Suyima  G„aniyev nashrga  tayyorlagan “Majolisun-nafois”ning ilmiy-
tanqidiy matnida Lutfiy tarjima qilgan baytlar soni ikki ming deb xato 
ko„rsatilgan (O„sha kitob, 34-bet). 
Alisher Navoiy. O„zbek xalqining buyuk shoiri, dunyo adabiyoti-
ning ulug„ siymosi Alisher Navoiy qadim o„zbek adabiy tilining yara-
tuvchisi, har ikki tilda she‟r yozuvchi – ikki til egasi “zullisonayn” no-
mini olgan genial mutafakkir edi. Navoiy o„zining juda kup olamshu-
mul  asarlari  bilan  mashhur.  Bular:  “Xazoyinul-maoniy”  (Asar  to„rt 
devonni  o„z  ichiga  olgan),  “Xamsa”  (besh  doston:  “Hayratul-abror”, 
“Farhod  va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun”,  “Sab‟ai  sayyor”,  “Saddi 
Iskandariy”),  “Mahbubul  qulub”,  “Majolisun-nafois”,  “Mezonul-

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling