55
Qutbning bu tarjima asari X asrdan XI asrgacha bo„lgan badiiy tarjima
asarlari ichida eng fundamental va eng yuksak badiiy mahorat bilan
tarjima qilingan birdan-bir asardir. Bu badiiy tarjima davrida juda
katta ijobiy rol o„ynadi va o„zbek xalqining badiiy tarjima sohasidagi
durdona asari sifatida mashhur bo„ldi. Tarjima tarixi yozilar ekan,
Qutb Xorazmiy nomi alohida tilga olinib, zo„r faxr bilan eslanadi. U
ulug„ shoir Nizomiy Ganjaviyning asarini o„zbek tiliga tarjima qilar
ekan, o„zbek tilining qudratini ko„rsata oldi.
“Xisrav va Shirin” tarjimasining qo„lyozmasi Parijda Milliy
kutubxonada saqlanadi. Bu asarning fotokopiyasi Navoiy qo„mitasi
tashabbusi bilan Parijdan keltirilgan. 1940-yilda uni Navoiy qo„mita-
sining xodimi, taniqli adabiyotshunos olim Hodi Zarifov nashrga tay-
yorlagan va tahrir qilgan, ammo asar urush boshlanishi bilan nashrga
chiqmasdan qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: