O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 XII-XIV asrlarda yaratilgan tarjima asarlari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
5.3. XII-XIV asrlarda yaratilgan tarjima asarlari 
Somoniylar  hokimiyati  qancha  kuchli  bo„lmasin,  ularning  hukm-
ronligi  Yettisuv  hududidagi  turk  qabilalariga  yetmas  edi.  O„sha  za-
minda,  Qashqardan  tortib  Isfijob  (hozirgi  Chimkent  shahri)ga  qadar 
bo„lgan hududda Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Qoraxoniylarning 
birinchi  xoni  Bug„roxon  992-yilda  yurish  qilib,  Shosh  (Toshkent), 
Farg„ona,  Buxoro  va  Movarounnahrning  boshqa  yerlarini  bosib  oldi. 
Janglardan  talofat  ko„rgan  somoniylar  davlati  yemirilib,  1001-yilga 
borib  uning  o„rnida  ikki  davlat  tashkil  topdi:  “Biri  –  Qashqardan 
Amudaryogacha cho„zilgan Sharqiy  Turkistonning bir qismini, Yetti-
suv,  Shosh,  Farg„ona  va  Qadimgi  So„g„d  hududini  ham  o„z  ichiga 
olgan  qoraxoniylar  davlati  bo„lsa,  ikkinchisi  –  Shimoliy  Hindiston 
chegarasidan  Kaspiy  dengizining  janubiy  qirg„oqlarigacha  cho„zilgan 
hozirgi  Afg„oniston  va  Shimoliy-Sharqiy  Eron  viloyatlarini  ham  o„z 
ichiga  olgan  G„aznaviylar  davlati  edi”
1
.  Qoraxoniylar  davlati  davrida 
yaratilgan  eng  katta  ilmiy  yodgorliklardan  biri  Yusuf  Xos  Hojibning 
“Qutadg„u  bilig”  (“Baxtli  bo„lish  to„g„risida  bilim”)  asari  bo„lib,  u 
1069-yilda  yozilgan.  “Qutadg„u  bilig”  didaktiv  tipdagi  asar  bo„lib, 
ham lingvistik, ham tarixiy jihatdan katta ahamiyatga ega. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling