O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Tayanch  so„z  va  iboralar:  tarjima  tarixi,  so„g„d  yozuvi,  arab 
yozuvi,  qo„lyozma,  shayboniylar,  ashtarxoniylar,  tarjima  maktabi, 
“Shohnoma” dostoni, “Kalila va Dimna”, fors-tojik tili   
 
5.1. Arab va fors-tojik tillaridan tarjima qilingan asarlar 
Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. O„sha davrlar-
dan buyon turli tillarda so„zlashuvchi xalqlar bir-birlari bilan muomala 
qilganlarida tarjimon (tilmoch) orqali ish bitirganlar. Savdo-sotiq ish-
larida,  diplomatik  munosabatlar  va  madaniy  aloqalarda  hamma  vaqt 
tarjimaga zarurat tug„ilgan. Xalqlar o„z tarjimonlariga katta hurmat bi-
lan qaraganlar. Ularning nomlari tarix sahifalarida yozilib qolgan.  
O„rta  Osiyo  xalqlarining  madaniyati  ham  qadimdan  boshlanadi. 
Arablar istilosiga qadar ham O„rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va 
yozuvchilar o„zlaridan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar. 
Ular orasida ko„pgina tarjima asarlarining mavjud bo„lganligi haqiqat. 
Ammo  mamlakat  arablar  istilosi  ostida  ekan,  bu  asarlar  islom  diniga 
qarshi deb yondirib yuborilgan. VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eron-
ni  bosib  olgan  arab  istilochilari  Marv,  Xorazm,  Buxoro  va  Samar-
qandni  qo„lga  kiritadilar.  Dastlab  islom  dini  O„rta  Osiyo  xalqlariga 
qabul qildiriladi. Qadimgi Xorazm,  so„g„d yozuvlari o„rniga arab yo-
zuvi  joriy  qilinadi.  Madrasalarda  arab  tilini  o„rganish  majburiy  qilib 


 
47 
qo„yiladi. Arab istilochilari turk va fors tillarini bilgan tarjimonlardan 
turkiy xalqlar bilan arablarni bir-biriga bog„lovchi vosita sifatida foy-
dalanadilar. Islom dini mamlakatda hukmron din, arab yozuvi yagona 
yozuv, arab tili esa adabiy til bo„lib qoldi. Olim va shoirlar arab tilida 
kitoblar  yoza  boshlaydilar.  Arablar  istilosi  davrida  eng  ko„p  tarjima 
qilingan asarlar tarixiy-badiiy janrda yaratilgan kitoblar bo„lib, ularni 
ko„pincha adib, shoirlar tarjima qilar edilar. Bir necha asrlar davomida 
O„rta  Osiyoda  arab  xalifaligi  hukmronligi  hakm  suradi.  IX  asrning 
boshlaridayoq O„rta Osiyoda  mustaqil feodal davlatlar tuziladi. Tohi-
riylar  sulolasi  boshlanadi.  Bu  sulola  873-yilda  yakson  etilgan  edi. 
Uning  o„rniga  Somoniylar  sulolasi  boshlanadi.  874-yilda  Ismoil 
Somoniy  hukmron  bo„ladi.  U  tarqoq  feodal  hukumatlar  qarshiligini 
bostiradi va ularni birlashtirib, yirik davlat tuzadi. Somoniylar davrida 
adabiyot,  san‟at,  madaniy  hayot  rivoj  topadi.  Katta-katta  olimlar, 
tarixchilar  yetishib  chiqadi.  Forobiy,  ibn  Sino,  Beruniy  kabi  olimlar 
o„z  asarlarini  arab  tilida  yozadilar.  359-yilda  vafot  etgan  olim  Abu 
Bakr  Muhammad  bin  Ja‟fariy  Narshaxiy  Buxoro  tarixiga  “Tahqiqul-
viloyat”  (O„lkani  o„rganish)  asarini  yozdi.  Asar  fors  tiliga,  keyingi 
davrlarda rus tiliga ham tarjima qilingan. 
Eng qadimiy asarlardan biri 922-yilda vafot etgan Abu Ja‟far Mu-
hammad bin Jarir Tabariyning “Tarixi Tabariy” nomli bir necha tomli 
asari bo„lib, 963-yilda Buxoroda somoniy amirlari saroyida vazir bo„l-
gan Mir Abu Ali  bin Muhammad Bal‟amiy asarni  tojikchaga qisqar-
tirib tarjima qilgan. Keyinchalik asar boshqa tillarga tarjima qilingan. 
“O„zbekiston tarixi”da Tabariy va Bal‟amiy haqida shunday so„zlarni 
o„qiymiz: “Somoniylar saroyida tarix va geografiyaga katta e‟tibor qa-
ratilgan. Movarounnahrda tarix va geografiyaga oid ko„p sonli asarlar 
qiziqib o„qilgan. Ma‟daniy, Balozuriy, Tabariy, ibn Miskaviy va bosh-
qalar o„sha davrning mashhur tarixchilari edi.  
Tabariyning asari XVIII asrda o„zbek tilining qashg„ariy lahjasida 
tarjima qilingan. Tarjimonning shaxsi noma‟lum, ammo uning aytishi-
cha, asar Yorkand hokimi Mirza Muhammad Husayn Hakimbek amri 
bilan  tarjima  qilingan  (inv.  №2470.  SVRning  V  tom,  18-b.  qarang). 
Bal‟amiy tarjimasini Xiva xoni Muhammadrahim II (Feruz)ning amri 
bilan  mashhur  tarixchi  va  shoir  Muhammad  Yusuf  Bobojon  o„g„li 
Bayoniy  1882-yilda  o„zbekchaga  tarjima  qila  boshlagan.  Bu  tarjima-
ning  qo„lyozmasi  Sharqshunoslik  instituti  fondida  saqlanmoqda  (inv. 
№ 1229). Tabariy asari Bal‟amiy tarjimasi orqali bir necha tilga tarji-


 
48 
ma  qilinganligi  bu  kitobning  naqadar  mashhur  ekanligini  ko„rsatadi. 
Tarjima jarayonida asarga bir qancha qo„shimcha kiritilib, hajmi ham 
ancha  kengaytirilgan. 
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling