O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmud Zamaxshariy
- “Muqaddimatul- adab”
lug„oti-t turk” (“Turkiy so„zlar devoni”) Mahmud Qoshg„ariyning
ulug„ iste‟dodidan dalolat beradi. Bunday ajoyib asarni bino qilar ekan, u juda ko„p turkiy so„zlarni arabchaga o„girib, ularning nozik tomonlarini ustalik bilan talqin qilib berdi. Har bir leksikograf olim, o„z yo„li bilan, kuchli tarjimon hamdir. Zotan, lug„at tuzuvchi kishi bir necha tilni mukammal bilgan bo„lishi kerak. Turkiy so„zlar devonini arab tilida yozgan M.Qoshgariy siymosida buni yaqqol ko„ramiz. “Men, – deb yozadi Mahmud Qoshg„ariy – turklar, turkmanlar, o„g„uzlar, chigillar, yag„molar, qirqqizlar (qirg„izlar)ning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko„p yillar davomida kezib chiqdim, lug„atla- rini to„pladim, turli xil so„z xususiyatlarini o„rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har 52 bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim, bo„lmasa, men tilda ularning eng yetuklaridan, eng katta mutaxassislari, xushfahmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o„g„uzlar, chigillar, yag„- molar va qirg„iz qabilalarining tillari butunlay tilimga jo bo„ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim” 1 . Bundan to„qqiz yuz yil ilgarigi turkiy so„zlarni, maqol, matal, she‟r parchalarini birinchi marta arabchaga o„girib, ularni keng izohlab bergan olim Mahmud Qoshg„ariy fors tilini ham juda yaxshi bilar edi. “Devonu lug„otit turk” asarini turkshunos olim S.M.Mutallibov arab tilidan o„zbek tili- ga tarjima qilib nashrga tayyorlagan. U Mahmud Qoshg„ariyning o„z davrining eng yuksak ma‟naviyatli olimi va fozil kishisi bo„lganligi, arab tili va adabiyoti bilan birga fors adabiyotini ham mukammal bil- ganligi haqida xabar beradi (“Devonu lug„oti-t turk” asarining o„zbek- cha tarjimasidagi S.Mutallibov so„zboshisi). XII asrda yashab ijod etgan, Xorazmning Zamaxshar qish-log„ida tug„ilgan buyuk olim Mahmud Zamaxshariy O„rta Osiyo xalqlari ichida o„z zamonida birinchi bo„lib arabcha-forscha lug„at tuzgan ki- shidir. Bu olimning to„la ismi Abulqosim Mahmud bin Umar Zamax- shariy bo„lib, o„z zamonasida “faxri Xorazm” (Xorazmning faxri, shon-shuhrati) degan nom chiqargan. Zamaxshariy “Muqaddimatul- adab” (Nafis so„zlarga muqaddima) degan arabcha va forscha lug„at tuzdi. Bu lug„at hozir O„zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 429). Zamaxshariy kitobida arab so„zlarini forschaga tarjima qilib, ularga sharh va izohlar beradi, arab tili grammatikasining asoslarini tushuntirib, tahlil qiladi. “Muqaddimatul-adab” kitobi bir necha tillarga tarjima qilinib, muallifi mashhur olim sifatida jahonga mashhur bo„ldi. Qizig„i shundaki, bu kitob XIII asrdayoq o„zbek tiliga tarjima qilinib, arabcha-tojikcha- o„zbekcha lug„at tarzida maydonga chiqdi (inv. № 2699). Zamaxshariy haqida o„zbek kitobxonlariga to„la ma‟lumot bergan kishi prof. Fitrat bo„ldi. U “Maorif va o„qituvchi” jurnalining 1926-yil 7-8-sonlarida bosilib chiqqan “Muqaddimatul-adab” degan maqolasi- da shunday deb yozadi: “Muqaddimatul-adab” Zamaxshariy (Abul- qosim Maxmud bin Umar az-Zamaxshariy, hijriy 538-yilda vafot et- 1 Кошғарий М. Девону луғоти-т турк. 1-том –Тошкент: Ўз ФА нашриѐти, 1960. –Б.44. 53 gan) tomonidan yozilgan arab lug„ati bo„lib, arab olimlari orasida juda katta e‟tibor topgan bir kitobdir. Zamaxshariyning o„zi kitobning bosh qismida shunday yozgan: “Abul Muzaffar Otsiz ibn Xorazmshohning amri bilan, uning boy kutubxonasi uchun shu kitobni yozib, uning oti bilan atadim” deydi. Demak, bu kitobning asl oti “Lug„oti Xorazmshohiy” bo„lsa ham ilm egalari orasida “Muqaddimatul-adab” deb shuhrat chiqargan”. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling