O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Nizomiy  Ganjaviy  (1141-1203)  ozarboyjon  xalqining  ulug„ 
shoiri  bo„libgina  qolmay,  dunyo  adabiyoti  xazinasiga  kirgan  ulug„ 
siymolardan biri edi. U kuchli iste‟dodga ega bo„lib, o„z zamonasining 
ilg„or fikrlarini talqin qilgan mutafakkir, donishmand va muarrix edi. 
Nizomiy  Ganjaviy  (Ozarboyjonning  Ganja  shahrida  tug„ilganligi 
uchun  Ganjaviy  nomi  bilan  mashhur  bo„lgan)  devon  tartib  berdi  va 
“Xamsa”ni yozdi. “Xamsa”ning ichiga besh doston: “Maxzanul-asror” 
(Sirlar  xazinasi),  “Xisrav  va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun”,  “Haft  pay-
kar”  (Yetti  go„zal)  va  “Iskandarnoma”,  ya‟ni  besh  xazina  kiradi. 
Uning  ijodi  fors-tojik  adabiyotiga,  turkiy  xalqlarning,  jumladan  o„z-
bek  xalqining  adabiyotiga  va  hatto hind  adabiyotiga  katta  ta‟sir  ko„r-
satgan.  U  yaratgan  “Xamsa”  xalqlar  dilidan  joy  oldi.  Shunday  qilib, 
Nizomiy “Xamsa” yaratish an‟anasini boshlab berdi. 
XX asrning 20-yillariga qadar Nizomiyning uch dostoni o„zbek ti-
liga  tarjima  qilingan:  “Xisrav  va  Shirin”  (Qutb  Xorazmiy  tarjimasi), 
“Maxzanul-asror”  (Haydar  Xorazmiy  tarjimasi)  va  “Haft  paykar” 
(Ogahiy  tarjimasi).  Uchala  shoir-tarjimon  ham  Xorazmdan  chiqqan. 
Ularning  har  biri  o„zbek  xalqiga  ozarboyjon  xalqining  o„lmas  adabiy 
yodgorligini  tuhfa  qilib  qoldirdi  va  bu  bilan  buyuk  shoirga  bo„lgan 
samimiy hurmatni izhor qildi. 
Uchala shoir-tarjimon ham Nizomiy Ganjaviy asarlarini o„zbek ti-
liga o„girar ekan, har qaysisi dostonga kirish so„zi yozadi. Unda genial 
shoirga  bo„lgan  muhabbat,  hurmatlar  izhor  qilinib,  orzu-umidlari  ba-
yon qiladi, doston nima uchun tarjima qilinayotgani sababi aytiladi.  


 
56 
Qutb  Xorazmiy  Nizomiyning  “Xisrav  va  Shirin”  asarini  qaysi 
qo„lyozmadan tarjima qilganini yozmaydi. Ma‟lumki, Nizomiy “Xis-
rav va Shirin” asarini 1180-yilda yozgan, Qutb esa 1340-yilda tarjima 
qilgan. Demak, u 160 yildan keyin Nizomiy asarini tarjima qila bosh-
lagan.  Bu  yillar  ichida  Nizomiyning  asarini  bir  qancha  kotiblar  ko„-
chirgan,  har  qaysi  qo„lyozmaga  ma‟lum  o„zgarishlar  kiritilgan.  (Bu 
hol Navoiy asarlarida ham mavjud ekanini bilamiz). 
Qutb  Xorazmiy  tarjimasining  naqadar  aniq  va  to„g„riligi  haqida 
tasavvur hosil qilish uchun dostonning «Munozarai Xisrav bo Farhod» 
bobidan bir parcha olib, chog„ishtiramiz.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling