O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
XIX asrning birinchi yarmida tarjima qilingan asarlar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
5.7. XIX asrning birinchi yarmida tarjima qilingan asarlar XIX asrda yaratilgan tarjimalar haqida yozar ekanmiz, bu asrning birinchi yarmida qilingan tarjimalar haqida alohida to„xtashga va ikkinchi yarmida tarjima qilingan asarlarni mustaqil o„rganishga to„g„- ri keladi, chunki bu asrda Turkistonda, shu jumladan hozirgi O„zbe- kiston hududida juda ko„p muhim tarixiy voqealar ro„y bergan va tar- jima asarlarining soni va salmog„i ham ancha oshgan. XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda bir qancha badiiy-tarixiy asarlar tarjima qilindi. Bu faxrli ishni shoir Munis boshlab berdi. Munis. Shoir Munisning asli ismi Shermuhammad bo„lib, Avaz- bey mirobning o„g„li edi. Munis 1878-yilda Xivadan 8 kilometr, ma- sofada joylashgan Qiyot qishlog„ida tug„ilgan. Yoshlik chog„laridayoq u tarix va adabiyotga qiziqib, tez orada o„z iste‟dodini namoyon qildi. Shoir, tarixchi, tarjimon bo„lib yetishdi. Muhammad Rahimxon I ning (1806-1825) topshirig„i bilan u Xorazm tarixini yoza boshladi. Intiho- siga yetkazilgan bu kitobga “Firdavsul iqbol” degan nom berilib, unda 1812-yilgacha Xorazmda bo„lib o„tgan tarixiy voqealar qamrab olin- gan. Bu asar katta tarixiy kitoblar majmuasining qaldirg„ochi edi. Munis bundan tashqari, ulug„ bir ishni – Mirxondning bir necha tomli tarixiy kitobi – “Ravzatus-safo”ni fors tilidan o„zbek tiliga tarjima qilish ishini boshlab yubordi. Muhammad Rahimxon I hayot vaqtida- yoq (1825-yilgacha) Munis bu kitobning birinchi jildini o„zbekchaga o„girib bo„lgan edi. Ikkinchi jild esa Olloqulixon vaqtida (1825-1842) tarjima qilish ishiga kirishildi. XIX asrning birinchi yarmida qilingan tarjimalardan biri “Chor darvesh” asaridir. Bu haqda “O„zbek adabiyoti” kitobida qisqagina ma‟lumot berilgan: “Farg„onalik Siddiq degan kishi XIX asrning bi- 70 rinchi yarmilarida qilingan forscha “Chor darvesh” kitobini o„zbek- chaga tarjima qildi” 1 . XIX asrning birinchi yarmida tarjima qilingan asarlar tubandagilardir: 1. “Nasihatnoma”, Farididdin Attorning “Pandnoma” asarining tarjimasi bo„lib, 1255-hijriyda ko„chirilgan. 2. “Do„rrul-majolisi” asarini mulla Rahmonquli qori tarjima qilgan. 1238-yilda ko„chirilgan; 251 varaq. 3. “Maqomati xo„ja Zayniddin”. Tarjimoni Abulxalil, 1260- hijriyda ko„chirilgan. 4. “Bahori donish”. Muallifi Shayx Inoyatulla, buni Muhammad Qosim bin mulla Nurmuhammad Buxoriy tarjima qilgan. 1263-yili ko„chirilgan. Bu asar Xorazmda hijriy 1309-yilda ham tarjima qilin- gan, 245 bet. (inv. №1790-1, 8188). 5. “Tarixi Amir Temur tarjimasi”. “Zafarnoma”dan tarjima bo„- lib, tarjimoni Xudoyberdi bin Qo„shmuhammad so„fi Xivaqiydir. 1238-yilda ko„chirilgan. 212 bet. Shu kitobning 64-varag„ida tarjima Munis topshirig„i bilan bo„lganligi aytilgan. 6. “Jahonnamo tarjimasi”. Muallifi mulla Kotib Chalabiy bo„lib, mutarjimi Mir Abulqosim xo„ja bin Mirbadal Boysuniydir. 1259- hijriyda turk tilidan fors-tojik tiliga tarjima qilingan. 7. “Hikoyatus-solihin tarjimasi”, tarjimon Tolibxo„ja, Said Abdullo Xorazmiy ko„chirgan. Tarjima qilingan yili aniq emas. 8. “Qissasul-anbiyo”. Xorazmlik mashhur yozuvchi Rabg„uziy- ning o„zbek tilida yozilgan “Qissasul-anbiyo” kitobi (1309-1310) fors- tojik tiliga ham o„girilgan bo„lib, tarjimoni ma‟lum emas. 9. “Qissai mirza Hamdam”. Bu asar har ikki tilda (tojikcha va o„zbekcha) hijriy 1469-yilda ko„chirilgan. * * * O„zbekistonda XX asrning 20-yillariga qadar eng ko„p tarjima qilingan davr XIX asrning ikkinchi yarmi hisoblanadi. Bu vaqtda Xorazmda ham ilmiy, ham badiiy, ham tarixiy kitoblar tom-tomlab tarjima qilinadiki, o„tgan asrlardagiga qaraganda ham son jihatdan, ham tarjima turlari jihatidan ko„p va ulardan tamom ajralib turadi. 1 Ўзбек адабиѐти. IV том, II китоб. –Б. 230. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling