O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Leksikografiya tarixidan kuzatishlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

6.5. Leksikografiya tarixidan kuzatishlar 
Tarjima tarixini o„rganar ekanmiz, lug„at tuzish tarixi va bu soha-
dagi  tajriba  va  urinishlarni  chetlab  o„tish  mumkin  emas.  Chunki  bu 
ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog„liqdir. Lugatchilik ishi katta 
tarixga  ega.  O„zbek  va  fors  tillarini  muhoyasa  qilib  tekshirgan  ulug„ 
Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug„atayn” asari uning qariyb ya-
rim  asr  mobaynida  olib  borgan  kuzatishlarining  ajoyib  samarasi  sifa-
tida  yuzaga  chiqdi.  Bu  asarini  Navoiy  umrining  oxirida,  1419-yilda 
yaratgan. “Muhokamatul-lug„atayn” bir necha marotaba nashr etilgan. 
Chunonchi,  Parijda  (1844-yil),  Qrimda  (1895-yil),  Istanbulda  (1895-
yil)  va  Qo„qonda  (1917-yil)  bosilib  chiqqan.  O„zbekistonda  bu  asar 
1917-1965-yillar orasida uch marta nashr qilingan. 
Navoiy asarlarining leksikasini talqin qiluvchi lug„atlar ham yara-
tilgan.  Shunday  lug„atlardan  biri  “Al-lug„otun-Navoiya  va  al  istish 
hodatul chig„atoiya” (Navoiy lug„ati va chig„atoy tili dalillari) asarini 
Aloyi  binni  Muhibiy  1560-yilda  tuzgan.  Bu  asarni  ko„pincha  lug„at-
ning  birinchi  bobi  “Harful-alfi  maftuha”  boshida  kelgan  so„zdan  oli-
nib, qisqartirilgan holda “Abushqa” ham deydilar. Ilmiy jamoatchilik 
o„rtasida bu lug„at shu nom bilan mashhurdir. 
“Abushqa”ni  1869-yilda  rus  olimi  Velyaminov-Zernov  Sankt-
Peterburgda  nashr  qilgan  va  unga  fransuz  tilida  so„z  boshi  yozgan. 
Qozon va Boku shaharlarida ham “Abushqa” lug„ati bosilgan. 
Lug„at muallifi Navoiyning barcha (badiiy, ilmiy, tarixiy va bosh-
qa) asarlaridagi so„zlarning lug„aviy ma‟nolarini beradi, hamda uning 
she‟r, g„azal va dostonlaridan misollar keltiradi. 
O„zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo„l-
yozmalar fondida saqlanayotgan “Arabcha-o„zbekcha-tojikcha lug„at” 
“Muntaxabul-lug„ot”  (Tanlangan  so„zlar  lug„ati)  bilan  shu  nomdagi 
“O„zbekcha-tojikcha  lug„at”  alohida  diqqatga  sazovordir.  Har  ikki 


 
85 
lug„atning muallifi Muhammad Rizo bo„lib, biri 1798-yilda, ikkinchisi 
1799-yilda yozilgan. Bu asarlar Xivada tuzilgan bo„lib, “Abushqa”ga 
o„xshash, asosan Navoiy asarlaridagi so„zlarni izohlaydi va arab, fors 
so„zlarini  tarjima  qilib  beradi.  Muallifning  bu  lug„atga  yozgan  bosh 
so„zida lug„at tarixiga oid va ba‟zi bir terminlarni izoh qilish masala-
sida  qimmatli  fikrlar  bor.  Muallifning  bu  lug„atni  tuzishdan  maqsadi 
uning bosh so„zida aytilgan. Chunonchi, u yozadi:  
“...Xotiri  fotirg„a  muqarrar  qilindiki,  risolai  lug„ot  fanida  jam‟i 
qilg„oy to ahbobg„a boisi yod ovarliq va ashobg„a sababi madh gustar-
liq bo„lg„oy, bar vajhiki, atnob va askordin mubarro, ajoz va ixtisordin 
muarro bo„lg„oy, agarchandiki bu bobda kitoblar tasnif qilmishlar va 
mujalladilar tartib bermishlar,.. ...“Navodirush-shabob” va “Badoyeul-
vasat”  bo„lg„oy,  biror  bayt  az  jihati  istishhod  tariqasida  kelturdim. 
Muxotab ko„ngliga izola i shak va izdiyodi yaqin bo„lg„oy deb va agar 
fors bo„lsa majmaul forsdin jam‟ va intihob qildim...” 
Muallif  Navoiy  va  Fuzuliy  asarlarida  uchragan  so„z  va  iboralar-
ning  to„g„ri  va  majoziy  ma‟nolarini  bir-biriga  qiyos  qilib  tushuntirib 
beradi. Bitta misol: “Mil – sulsi farsah buvad, amir “Xayratul abror”da 
buyururlar. Masnaviy: 
O„q kabi turlar  bori endin zalil
Kishidin ixroj bo„lub mil-mil. 
Va  yana  mil  ulkim,  podshohlar  g„azab  qilg„on  odamini  ko„ziga 
qizutub chekorlar, no bino bo„lur ermish, bu ma‟nig„a mavlono Fuzu-
liy buyururlar. Masnaviy:  
Ey Fuzuliy boxmayam to g„ayra har hunin mija,  
Otashin bir mildurkim, chashmai g„ayrat chekar. 
Biz Alisher  Navoiy  yashagan davrga qadar va undan keyin chiq-
qan ikki tilli va ko„p tilli lug„atlar haqida qisqacha  ma‟lumot berdik. 
Lug„at  tuzish  tajribasining  katta  tarixi  bor.  Lug„at  tuzish  prinsiplari 
ham xilma-xil. Bularni qunt bilan o„rganish, lug„at tuzish tarixi ustida 
ilmiy  tekshirish  ishi  olib  borish  lug„atshunoslarimizning  muhim 
vazifasidir. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling